Olur edim awal pulimni o‘zim».
Yo‘liqti bu o‘tib, kelib Rudnik,
Debon: «
N
u, davay idras» olib ilik.
Musajonga «Aqchang, — dedi, — qancha bor?»
Dedi: «Bir ming uch yuz va olti hazor».
Bu so‘z ham, deyin, qolmag‘ay to nihon,
Kelib Qosimi suyidin Andijon.
Dedikim: «Qani uch mingimni bering,
Va garna shariat desangiz yuring!»
Iki mingchani oldi, bir mingini,
Tushib o‘rtasig‘a og‘o-yu ini;
Otang yaxshi deb yelkasiga qoqib,
Xalos ettilar otka zo‘rlab toqib.
Bu ham borki, o‘gii edi chitfurush,
Do‘konini berkitdi, deb, «qildi kush».
Xo‘qand oldurub keldikim mol olib,
Beray yig‘lamay borib, o‘ltur solib;
Kishi bermadi va’daga molini,
Kafil nusrat oldi juhud sholini.
75
Qilib mehmon non-u choyi bilan,
Jo‘natti yahudini boyi bilan.
0 ‘tib so‘mi bir ming, yoqib jonni ham,
Ololmay baholab, olindi gilam.
Okosini o ‘g‘lin yana dam-badam,
Yubormoqchi Maskovga — yo‘q bir diram...
Putin olti tiyindan qaror ayladi,
Bo‘lush oqchasini shumor ayladi.
Giloba berib uzdi qiymat baho,
Olib surdilar ko‘zga aylab duo.
Kelib kimnikim oqchasi bor edi,
Unish bir so‘m o‘lguncha dushvor edi.
Agarchand narxi ziyod o‘Isa ham,
G ‘animat ko‘rib oldilar besh-u kam.
Agar qistasa qarzlar aqcha yo‘q,
Va lekin bu yanglig‘ toroqo-turuq;
Sonur o‘zlarin Xo‘ja Ahrori vaqt,
Piyoda jilovida iqbol-u baxt...
Agar xayrdin so‘zlasa har kishi,
Urarkim, sinar o‘ttuz ikki tishi.
Gado qo‘lida ko‘rsa nogoh non,
Dostları ilə paylaş: |