Birovga hiyla-yu makr aylayur, af oli shaytonliq,
Bo‘lur xursand o‘z qilg‘on ishiga buyla nodonliq,
Berib qiz keksa boyga faxr ila xesh-u tabor oimish.
Наша
modar zinolar hamnishini qoziyul islom,
Rasolar bo‘ldilar tortib o‘zin har go‘shada gumnom,
Tun-u kun fisqning yo‘lig‘a nodon quydilar iqdom,
Buningdek qo‘rqaman, do‘stlarki, badtar bo‘lmag‘ay
ayyom,
N
echunkim maslahatdoni zamon ahli qimor o‘lmish.
Hazor afsuskim, ilm ahlig‘a bir zarra izzat yo‘q,
G‘aniylarda saxovatdin asar, xayr ila himmat yo‘q,
Xiradmand ahli donishlarda ham qadr ila qiymat yo‘q,
Faqr ahlig‘a mardumlarda ehson-u muruwat yo‘q,
Baxil-u ko‘r kabi el ko‘ngli ham torik-u tor o‘lmish.
Bo‘za, xamr-u musallas bo‘zagardan tark bo‘lmaydur,
Xaloyiqlar hujum aylab eshigidin uzulmaydur,
Xumini katta odamzodlar kelguncha buzmaydur,
Xaloyiq... o‘zgani manzur qilmaydur,
Mahalli fisqi mardumlar qadam joyi mazor oMmish.
70
Ketardim bosh olib gar bo‘lsa erdi, ro‘zgorim yo‘q,
N
etay, bezodi to‘sha yo‘lga yurmakka madorim yo‘q,
Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q,
0 ‘zingdin o‘zga, yo rab, rahbari layl-u nahorim yo‘q,
Hidoyat aylagaymu deb Muqiming intizor o‘lmish.
71
VOQIAI VIKTOR
Eshit, turfa so‘zlar hikoyat qilay,
Hikoyat agarchi shikoyat qilay.
Janobi o‘shal Hodi Xo‘ja eshon,
Olur o‘zlarin ag‘niyoi zamon.
Xayolida Xo‘qonda diydur: «qani,
0 ‘zumdan bo‘lak xo‘ja sayyid, g‘ani?»
Berib oqcha Viktorga o‘n yetti ming,
Dostları ilə paylaş: |