Eshikingda qo‘ysang agar ot boqay, 0 ‘lumga buyursang boshim-la chopay. Borib qay kecha bo‘ldi korim tamom, Tomog‘imdan o ‘tmas hanuz ham taom... Javobimni berg‘il, agar bor desang, Yuray yoki qo‘y bormag‘il, bor desang». Eshitkach Oxun ushbu hangomani, Olib boshga qotti kulib jomani. 0 ‘tib buyla pinhon qiziq mojaro, Uruslarga bo‘ldi magar bir balo: Bu ham sindi nogoh Laxtin sabil, Berishtimu bilmamki bir-birg‘a til. Yig‘ildi tamomi puli borlar, Qilib jonlarig‘a bu g‘am korlar. Demang ushbu so‘zlami siz o‘truk, 0 ‘tuz ikki oyg‘a olishti suruk. Xabar do‘g‘ma berdi puldor kelib, Olur eski veksilni yangi qilib. Bo‘shon bist hazor oqchag‘a begumon, 0 ‘n ikkiga veksilni yangilogon; Sakiz mingig‘a o‘zi maxfi borib, Bo‘nak yangilab keldi charchab-horib. Bu ishga jamii tijoratchilar, Dedilarki, devona — Majnun magar. Bu asnoda topdi Musajon shikast, Qilib gardi nakbat yuzig‘a nishast. Puli bor edi ming so‘m munda ham, Urusdin yomon muncha chekdi alam. 74
0 ‘shal oqshomi uyqusi kelmadi, N ihon dard-u so‘zi kishi bilmadi. Dedi uchrab o‘tkanda Mavlon aka: «Siza iltimosim bu kim: jon aka, Olib bersangiz oqchami olti ming, Boring besh yuzini o‘zingiz oling!» Dedi boyki: «Andin pul olmoq qiyin, Busotida anqo erur bir tiyin. Agar yetsa edi unarga ko‘zim,