ОЧаг qon bilan ichlaridan yiring. Qilib maxfi eldin pulin qistag‘ay: — Sango manda jon oshnosi, — degay. Chunonchi bu yil Andijon odami Hayon ayladi sandin o‘n ming kami. Olib baski yetti yarim paxtani, 0 ‘n ikki yarimg‘a itardi sani. Ba va’da ipak olibon sanga man, Bahosida bergan edim tan ba tan. Bo‘naklami bir so‘mig‘a o‘n baqar Berilganda ham shulki haqqing ketar. Kelib tushtilar boylari Andijon, Afandimni havlisida mehmon. Muqarrarki, hojim sanga uchragay, Alar oqchasi vajhidin so‘zlagay. 72
Kelib bo‘sh afandig‘a sen zinhor, Butun bermag‘il pullarin zinhor. Berib ko‘nduray bir so‘mig‘a yarim, Charokim o‘zimni tug‘ushkonlarim. Biri xolabachcham, birisi akam, Kichigi ukam, mo‘ysafidi dadam. Xatim ko‘zga surtib qilishgay tumor, Qabul aylagay manda deb ixtiyor. Degaylar: ishim bor, ketay, bormu may? Yomon diqqat o‘ldim bukun oz ichay. Ko‘tarilsa shoyad ko‘ngildin g‘ubor, Vale kimsag‘a qilmag‘il oshkor. Birov ichkanim bilsa yaxshi emas, Icharmanda bo‘lsang kishiga demas. Ko‘ngullar tilab sanga derman sirim, Degaylar meni barcha mardum: pirim. Shariatda mayki, bilurman, harom, Kishi bilmagay deb, budur iltijom. Qilib ichkilik du-badu yoshirin, Ketar chog‘da havlisig‘a kechqurun. Degaylar Karim oxunum mehmon, Borur bu kecha odaming bir zamon. Samovar qo‘ysun, deb olib ketib, Eshik, teshik-u darchani berkitib... Bir oqshom edi: «bor!» dedi, bormadi, Beri qildi Oxun boshin yormadi.