Yer zag‘ora nonini, topsa otin qand qo‘yub,
Jazi yo‘q sho‘rva kadu yeydugan oshida suyub,
Ajiriq ildizini mayda kelilarda tuyub,
Qaynatib, kunda ichib, otini derlar sumalak.
Otlari log‘ar-u qoqi-yu xarobi-yu xarish,
Rahm qilmay minadur, ikki qadam javr minish,
Ochilur og‘zi desangiz-da vuz-u g‘o‘sl qilish,
Cho‘l, yo‘q qatrai suv, katta-kichik, yoz-u qish,
Qo‘lini qumga yuvib (ortiga) surtar guvalak.
68
Ko‘rpacha tagda qomish, boshlarida bolish uvot,
N
ar-u moda aralash, bilmas alar ayb-u uyot,
Soqov-u gung so‘fi, yo‘qtur imomida savod,
Masjidi yerto‘la, bir eski qorong‘i zulumot,
Ko‘r qilur ko‘zga urub kirsa kishi ko‘rshapalak.
Ko‘chti xalqi yopinib ko‘hna, uvoda to‘nini,
Charxdin o‘tkarishib oh-u fig‘on-u unini,
Solmasun dushmana ham boshiga kelgan kunini,
Kecha nogah eshitib shuhrati tillo pulini,
Hapalak qo‘rqishidin uchti misoli kapalak.
Bo‘lsa ul xisravi Jam joh karamdin ne ajab,
Fuqaro holidin ogoh, karamdin ne ajab,
Ham Muqimin so‘rasa, goh karamdin ne ajab,
Kecha Maxmuri uchun shoh karamdin ne ajab,
Hapalak yurtig‘a tushgan pul agarchi lak-lak.
69
DARIG‘0 , MULKIMIZ..
Darig‘o, mulkimizning sohibi ahli sharor o‘lmish,
Shariat hukmi qozilar qo‘lida pur g‘ubor o‘lmish,
Ba joyi amri ma’ruf, kori munkar oshkor o ‘lmish,
Hakim-u olim-u sohib fasohat xor-u zor o‘lmish,
Bu kunda kimki imonin sotar ul e’tbor o‘lmish.
Zamona ahlini bir xayli bordur hayf insonliq,
Shul insofi bilan ul aylagay da’vo musulmonliq,
Dostları ilə paylaş: |