Mashinasozlik materiallari


 Deformatsiyalanadigan qotishmalar



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Engineering materials - lecture 8

2. Deformatsiyalanadigan qotishmalar
: ulardan presslash, jo'valash, bolg'alash, 
shtamplash va boshqa bosim ostida ishlash usullari bilan buyumlar ishlab 
chiqariladi va «MA» rusum berilgan. 
Magniy qotishmalariga, alyuminiy qotishmalari kabi termik ishlov beriladi. 
Bunday termik ishlovlarga 
diffuzion
yumshatish (gomogenlash
), to'la 
yumshatish, toblash va eskirtirish kiradi. Yirik quymalar va shakldor buyumlar 
quyma usulida olinganda diffuzion yumshatish beriladi. Buning uchun quyma 
pechlarda 400...490
o
C atrofida qizdirilib, shu haroratda 10...24 soat ushlab turiladi, 
so'ng pech bilan birgalikda sovitiladi. 
Gomogenlashdan
asosiy maqsad, donachalarning ajralish yuzalarida to'planib 
qolgan ortiqcha fazalarning eritish hisobiga butun hajm bo'yicha tarkibni 
barqarorlashtirishdan iborat. Natijada mexanik xossalar, oshib, barqarorlashadi va 
kesib ishlash osonlashadi. Bosim ostida ishlashda hosil bo'ladigan pachoqlanish 
(naklyop) ni hamda mexanik xossalarining anizatropiyasini yo'qotish uchun 
magniy qotishmalariga 250...350
o
C da qizdirib, 
rekristallizatsion yumshatish
beriladi. 


Bir qator magniy qotishmalariga toblash va eskirtirish beriladi. Diffuzion 
jarayonlarning sekin borishi, magniy qotishmalariga xos bo'lganligi uchun ularda 
faza o'zgarishi sekin boradi. Shuning uchun ham toblash uchun (4...24 soat) va 
eskirtirish uchun qizdirilganda (15...20) soat ko'p vaqt sarf qilinadi va shu sababli 
ham havoda toblash mumkin bo’ladi. 
Magniy qotishmalarida olingan ko'pgina quymalarda yoki issiqlayin bosim ostida 
ishlanganda, havoda sovutilsa toblash jarayoni o'tadi, shuning uchun ham 
qo'shimcha qayta qizdirish talab etilmagan holda sun'iy eskirtirish o’tganday bo'lib, 
mustahkamlik ortadi. Gomogenlash va toblash o'tkazish uchun 380...540
o
C (T
4
) va 
so'ngra eskirtirish o'tkazish uchun 150...200
o
C (T6) ga qizdirish kerak bo’ladi. 
Eskirtirish natijasida magniy qotishmalarini mustahkamligini atigi 20...35 foizga 
oshirish mumkin. Plastikligi esa sezilarli darajada kamayadi, shuning uchun 
ba'zida faqat, mexanik xossalarini yaxshilaydigan gomogenlash va toblashning ozi 
bilan chegaralanadi. 8.1-jadvalda magniy qotishmalari tarkibi, mexanik xossalari 
hamda qo’llash sohasida misollar keltirilgan. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin