Mashinasozlik materiallari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Engineering materials - lecture 8

polimer bo'yoq
bilan qoplanadi. 
Mis va uning qotishmalari

Latunlar, ularning markalanishi, xossalari va 
qo‘llanilishi. 
Umuman olganda, 
mis
ning issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi, plastikligi
korroziyabardoshliligi uning eng muhim xususiyatlari hisoblanadi. Toza misning 


texnologik xususiyatlari (quyish xususiyatlari, kesib ishlanish xossalari) va 
mustahkamligi yaxshi emas. Shu kamchiliklarni yo'qotish va misning maxsus 
xossalarini hosil qilish maqsadida mis, 
rux, qalay, qo'rg'oshin
va shunga o'xshash 
boshqa elementlar bilan 
legirlanadi
. Mis qotishmalaridan eng muhimi 
latun
va 
bronzalardir
. Ayniqsa, tompak latunlari va maxsus bronzalar- melxiorlar
reyzilberlar, kuniallar, kopellar muhim ahamiyatga ega. Latun va bronzalar 
korroziyabardoshligi yuqori bo'lgan mashina vositalari hamda ishqalanish juftlarini 
tayyorlashda muhim mashinasozlik materiali hisoblanadi. 
Toza mis va o’zga qo’shimchalarning ta’siri
. Misning suyuqlanish harorati 
1083
0
C ga teng. Uning kristall katakchasi yoqlari markazlashgan kub shakliga ega 
bo'lib, uning yoqlari o'lchami 0,36074 nm ni tashkil qiladi. Mis og'ir metall bo'lib, 
zichligi 8,94 g/sm
3
ga teng. Misning elektr o'tkazuvchanligi 100% (solishtirma 
namuna) deb qabul qilinib, bu qiymat boshqa metallar uchun etalon hisoblanadi. 
Toza mis tarkibidagi qo'shimchalarning miqdoriga qarab, mis MOO (99,99%Cu), 
MЛ(99,95% Cu), M0 (99,9% Cu), M2 (99,7% Cu), M3(99,5%Cui) va M4 
(99,0%Cu) 
deb 
tamg'alanadi 
(markalanadi). 
Mis 
tarkibidagi 
o'zga 
qo'shimchalarning miqdori misning elektr xossalariga katta ta'sir ko'rsatadi. 
Shuning uchun ham qo'shimchalarning miqdori tamg'alash prinsipining asosini 
tashkil qiladi. 
Mis va uning asosidagi qotishmalar muhim texnik ahamiyatga ega bo'lgan 
materiallardir. Oltingugurtli ruda, mis kolchedani va boshqa rudalar toza misning 
tabiiy manbai hisoblanadi. Misning xususiyatlari o'zga tabiiy qo'shimchalarning 
turi va miqdoriga bog'liq. Misdagi o'zga qo'shimchalar uning sovuq va issiq holda 
deformasiyalanishi va kesib ishlash xususiyatlarini yaxshilashi, mustahkamligini 
oshirib, korroziyaga qarshiligini kamaytirish mumkin. 
Inson yaratgan birinchi metall qotishma. Bronza, jez va asosiy legirlovchi 
elementlar nikel bolgan misnikel qotishmalari Mis qotishmalari jumlasiga kiradi. 
Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga bo’linadi. 
Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boladi, qotganda uncha 
kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin 
bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon 
materillar jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari antifriksion, issiqbardosh, 
konstruksion, korroziyabardosh, prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida 
keng qollanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-
bug armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va boshqa sohalarda 
ishlatiladi.
O'zga qo'shimchalarning mis xossalariga ta'sirini hisobga olgan holda ikki sinfga 
ajratish mumkin: 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin