3-§. Pul tizimining baqarorligi va milliy valyutaning konvertabelligini
ta’minlash yo’llari
«Milliy valyuta – milliy iftihor,
davlat mustaqillikning ramzi, suveren
davlatga xos belgidir. Bu respublikaga
tegishli umumiy boylik va mulkdir»
1
Yoar bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi
iqtisodiy va sotsial o’sishni rag’batlantiradi, pul qadrining tushishi esa tartibsizlikka,
jamiyat rivojlanishida boshqa to’skinliklar bo’lishiga esa olib kelishi mumkin.
Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o’zgarmasligi va
valyuta doimiyligi tushuniladi.
Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluvchi tovar va
xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish qobiliyatini
ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va hizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va
hizmatlar bahosi barqaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo’ladi.
Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo’lsa, bu hol pulning
sotib olish qobiliyatining tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar
bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatining oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional -
narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi.
Qadrsizlangan pul birligi o’z funktsiyalarini to’liq bajara olmaydi. Pulning
barqarorligi uning barcha funktsiyalarini to’laqonli bajarishi, hisob-kitoblarni olib
borish, nazorat, moddiy rag’batlantirish, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish
uchun zarurdir.
Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi
muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq
yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish
tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin.
1
I. Karimov «O’zbekiston iqtisodiy islohtlarini chuqurlashtirish yo’lida» T.: «O’zbekiston» 1995, 217 bet.
102
Pulga bo’lgan talab mamlakat pul oboroti asosida aniqlanadi. Pul talabi
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd
pullik va naqd pulsiz oborot uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga
bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
o’rtasidagi bo’ladigan pullik jarayonlarining qo’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni
qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga
bo’ladigan talab, shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez
bajarilsa pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi va demak muomalaga kam pul
chiqarish kerak bo’ladi.
Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga
bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish
mumkin, aksincha pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi.
Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa
bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet
taxchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib
ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan
ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada
ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning
salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak.
Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin, zaxira va
valyuta rezervlarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta
zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti - inflyatsiyaga qarshi puxta
o’ylangan siyosat yurgizishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan
miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni
tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
103
|