Xalqaro va mintaqaviy valyuta tizimlarining asosi bo’lib xalqaro mehnat
taqsimoti, tashqi savdo hisoblanadi.
Jahon Valyuta tizimi o’z ichiga valyuta instrumentlari (vositalari)ning amal
qilishini ta’minlovchi xalqaro kredit - moliya muassasalari va xalqaro bitim va davlat
huquqiy normalari komplekslarni o’z ichiga oladi.
Mintaqaviy valyuta tizimi rivojlangan davlatlarning jahon valyuta tizimi
chegarasida tashkil etiladi. Masalan, Evropa valyuta tizimi
- EVT bir qator Evropa
davlatlarining valyuta sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari shakli sifatida
namoyon bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi.
Valyuta mexanizmi samaradorligi, davlatning va xalqaro valyuta-moliya
muassasalarining valyuta, pul va oltin bozorlariga aralashish darajasi iqtisodiy o’sish,
davlatning tashqi iqtisodiy strategiyasiga ta’sir etadi.
Valyuta tizimi ahamiyatining o’sishi rivojlangan
mamlakatlarning milliy va
mahalliy doirada valyuta sohasida davlat monopolistik boshqaruvining yangi usuli va
vositalarini izlashga majbur etmokda.
Dostları ilə paylaş: