Tayanch so’zlar
kupon; pul
tizimi; qog’oz
pullar; kredit
pullar; so’m-
kupon; rubl
zonasi;
pul islohoti;
milliy valyuta;
konvertatsiya;
milliy valyuta konvertatsiyasi;
pul barqarorligi.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Sobiq Ittifoq pul tizimi haqida nimalarni bilasiz?
2.
MDYo Davlatlarining Moskvada bo’lib o’tgan davlatlararo Majlisida qanday
misollar ko’rilgan edi (1992 yil 6 sentyabr)?
3.
Rossiya Youkumati MDYo davlatlarining rubl donasida qolish uchun qanday
shartlar qo’ygan?
4.
Nima uchun O’zbekiston o’z milliy pul tizimiga o’tishga qaror qildi?
5.
O’zbekistonda pul islohoti necha bosqichda amalga oshirildi.
6.
Rublni kuponga almashtirish qanday tartibda o’tkazilgan?
7.
So’m-kupon qachon muomalaga kiritilgan?
8.
O’zbekiston milliy valyutasi “So’m”qachon va qanday tartibda muomalaga
kiritilgan?
9.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimining asosiy elementlari nimadan iborat?
10. O’zbekiston milliy valyutasining ichki va tashqi konvertatsiyasiga qanday
erishish mumkin?
104
VIII BOB. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI
1-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar-valyuta munosabatlarining asosi sifatida
Xususiy shaxslar, firmalar, banklarning valyuta va pul bozoridagi xalqaro
hisob-kitoblar, kredit va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadidagi
kundalik aloqalarini o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlarining ba’zi bir elementlari
kadimiy Rimda veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir
mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan. Valyuta
munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi kadimiy Lionda va boshqa
G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tkaziladigan tratta operatsiyalarining rivojlanishi
hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo
bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo’jalik tizimining
rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining asosidir. Valyuta
munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir bo’lagi hisoblanib, uning holati
milliy va jahon iqtisodining rivojlanish darajasiga, siyosiy axvolga, mamlakatning
iqtisodiy potentsialiga, uning jahondagi mavqeiga va boshqa omillarga bog’liq
bo’ladi.
Xalqaro munosabatlar sharoitida kapitalning aylanish jarayonida pul
kapitalining milliy pul ko’rinishidan xorijiy valyuta ko’rinishiga o’tish jarayoni
yuzaga keladi.
105
|