Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Sudxo’rlik krediti. 
Kreditning o’ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng 
tarqalgan kredit bo’lib hisoblanadi. Amalda sudxo’rlik krediti Markaziy bank 
tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mablag’larni vaqtincha foydalanishga berish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. Sudxo’rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan 
xarakterlanadi (120-180%). Milliy kredit tizimi infrastrukturasi rivojlanishi va 
hamma turdagi potentsial qarz oluvchilarga kredit resurslardan foydalanish huquqini 
ta’minlash natijasida sudxo’rlik krediti ssuda kapitali bozoridan yo’qoladi.
179 


4-§. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi roli
Kreditning roli uning mohiyati va funkiyalari orqali aniqlanadi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag’batlantiruvchisi, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi 
sifatida aniqlashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab 
chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga 
bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom 
etishini ta’minlaydi.
Pul mablag’lariga ehtiyoj ishlab chiqarishnining nafaqat mavsumiy, 
shuningdek, boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda kreditni jalb etish 
asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish 
jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.
Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va 
muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni 
amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Yoozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni muammolari echilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni 
ishlab chiqarishga jalb etishdagi roli ortib bormoqda.
Ilmiy-texnika taraqqiyotga ijobiy ta’sir etish jahon talablariga mos mahsulot 
ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli 
darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish 
jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko’rinmoqda.
Yoozirgi kunda ko’pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar tufayli 
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi 
texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday 
sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Bundan 
ko’rinib turibdiki, kreditni paydo bo’lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo’lgan
180


ehtiyoj, shuningdek, bo’sh pul mablag’larini mavjudligi, ularni vaqtinchalik 
foydalanishga berish imkoniyatiga bog’liq.
Kredit 
texnologik 
jarayonlarni 
takomillashtirish, 
asbob-uskunlarni 
modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash 
asosida, minimal kapital xarajatlar hisobiga xalq xo’jaligiga kerak mahsulotni 
hajmini oshirishda korxonalarni samarali yo’llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki 
beruvchi vositadir.
Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi va 
kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini 
yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishga yordam 
beradi.
Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini 
oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligini qiymat shakllari o’sish su’ratlarini 
bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o’z navbatida, ishlab chiqarish fondlari 
samaradorligi darajasini xarakterlaydi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi 
kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatni fond bilan 
qurollanish darajalari oshsin.
Kreditning muhim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to’lashligini 
ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan 
darajada pul ko’rinishida jamg’arish kerak.
Kreditni rolini to’g’ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, 
umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak.
Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va 
proportsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasini 
oshishini ta’minlaydi.
Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv 
omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
181 


Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning 
rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo’li bilan ta’sir 
etadi.
Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni 
bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o’zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
ishtirok etmaydi.
Kreditning roli uni xalq xo’jaligiga ta’sir etish mexanizmi va yo’nalishida 
ifodalangan nazariy tushunchadir.
Kreditning iqtisodiyotni va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri uni 
xo’jalik hisobini mustahkamlanishdagi rolini oshiradi.
Xo’jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan 
kredit shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi:
• 
qarz maqsadli yo’nalishiga ega bo’ladi;
• 
qarzni qaytarib berish va muayyan to’lov to’lash majburiyati qarz oluvchini 
olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan 
foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo’lmagan 
zahiralar va xarajatlarga kreditlar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini 
iqtisod qilishda keng qo’plashni hisobga olishlari zarur.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning roli ortib bormoqda.
Yoozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bormoqda va bunda kredit ham muhim rol 
o’ynamoqda.
Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorliklarni amalga oshirishda, xususan, 
qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini taminlashda muhim rol 
o’ynaydi.
Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning roli yanada muhimroq 
bo’lib ko’rinadi.
182


Buni respublikamizning kredit tizimiga taalluqli qonunlar, qarorlar, me’yoriy 
hujjatlar orqali ko’rish mumkin.
Respublikamizning 
«Korxonalar 
to’g’risidagi 
qonun»ida, 
«Fermer 
xo’jaliklariga kredit berish va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari», «Banklar va 
bank faoliyati to’g’risida» gi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to’g’risida»gi qonuni va boshqa shunga oid qonunlar davlatimiz olib borayotgan pul-
kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat 
qilmoqda.
183 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin