Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Tijorat krediti. 
Iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining 
birinchi shakllaridan bo’lib, veksel mtsuomalasini vujudga keltirgan va naqd pulsiz 
hisob kitoblarining rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat kreditining sub’ektlari 
sifatida huquqiy shaxslar: mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar, 
kreditning ob’ekti sifatida sotilayotgan tovar ishtirok qiladi. Tijorat krediti o’zining 
amaliy ko’rinishini huquqiy shaxslar o’rtasida tovar va xizmatlarning to’lov 
muddatini cho’zish orqali sotish shaklidagi moliya xo’jalik munosabatlarida topadi. 
Bu kredit shaklining asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali 
foyda olishdan iborat.
Tijorat kreditning an’anaviy vositasi bo’lib, qarz oluvchining qarz beruvchiga 
nisbatan moliyaviy majburiyatlarini aks ettiruvchi veksel hisoblanadi. Veksel bu qarz 
majburiyati bo’lib, qarz oluvchi o’z zimmasiga qarzni ko’rsatilgan summada, 
ko’rsatilgan joyda, belgilangan muddatda to’lash majburiyatini oladi.
Amaliyotda vekselning ikki turi qo’llaniladi. Oddiy va o’tkazma veksel. Oddiy 
vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun unga to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
173 


O’tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar 
summasi uning topshirig’iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko’rsatuvchiga 
o’tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda ko’rsatilgan summani uchinchi shaxsga 
to’lash to’g’risidagi buyrug’ini ifodalovchi hujjat amaliyotda tratta deb ham 
yuritiladi.
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1.
Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kredit-moliya tashkilotlari emas
balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug’ullanuvchi turli 
huquqiy shaxslar ishtirok qiladi; 
2.
Tijorat krediti faqatgina tovar shaklida beriladi; 
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan 
integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitda turli 
ixtisosdagi va faoliyat yo’nalishdagi korxonalarni o’z ichiga oluvchi xolding, 
moliyaviy kompaniyalarning vujudga kelishida o’z amaliy aksini topadi;
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o’rtacha qiymati bank foizining 
o’rtacha stavkasidan doimo kichik bo’ladi;
5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi shartnoma huquqiy 
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo’yicha to’lov (foiz stavkasi) alohida 
aniqlanmaydi. Foiz to’lovi tovar bahosiga qo’shilgan holda rasmiylashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida tijorat krediti keng tarqalgan.
MDYo davlatlari amaliyotida tijorat krediti qo’llanilmaydi. Sobiq ittifoq 
davrida kredit munosabatlarining rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, 1930-32 
yillardagi kredit islohotigacha amaliyotda tijorat kreditidan foydalanilgan. Bu kredit 
tovarlar ishlab chiqarishning mo’l-ko’lchiligi sharoitida tovarlarni sotish jarayonini 
tezlashtirishda qulay hisoblanadi. 30-yillarda kreditning bu shaklidan foydalanishda 
malum kamchiliklarga yo’l qo’yilgani uchun kredit islohoti o’tkazish davomida bu 
kreditdan foydalanish bekor qilindi va xo’jaliklar to’g’ridan-to’g’ri bank tomonidan 
kreditlashga o’tkazilgan.
Hozirgi sharoitda jahon amaliyotida tijorat kreditning asosan 3 turi 
qo’llaniladi:
174


*qayd qilingan to’lov muddati bo’yicha kredit;
*tovarlarni sotgandan keyingina qarzni to’lash bo’yicha kredit;
*ochiq hisob bo’yicha kreditlash. Bunda tijorat krediti shartlari bo’yicha, 
keyingi tovar partiyasini jo’natish, oldingi jo’natilgan tovarlar bo’yicha qarzlarni 
to’lash muddatigacha amalga oshirilishi zarur.
Korxonalar tomonidan tijorat kreditidan foydalanish ular tomonidan bank 
kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi. Tijorat krediti bank kreditidan farq qilsa-da, 
ularning harakati bir biri bilan chambarchas bog’liq bo’lishi mumkin. Korxonalar 
tijorat kreditidan foydalanganda, bank krediti korxona faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri 
tasir qiladigan kredit sifatida namoyon bo’la olmaydi. Tijorat kreditida 
korxonalarning hisob-kitob schetida mablag’lari bo’lmagan sharoitda korxonalar 
tovarlarni kreditga sotib oladilar. Shuning uchun ist’emolchi korxonalar bank 
kreditiga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Ayni vaqtda mol sotuvchi korxona faoliyatida u 
tovarlarini kreditga sotganligi uchun mablag’ga muhtojlik sezilishi mumkin. Mana 
shu sharoitda mol etkazib beruvchi korxona pul mablag’larga bo’lgan ehtiyojini 
qoplash maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bu hol 30-
yillar amaliyotida bank tomonidan egri kreditlash deb yuritilgan. Egri kreditlash deb 
yuritilishining sababi shundaki, kreditni haqiqatda mablag’i etarli bo’lmagan 
korxona, mol sotib oluvchi korxona olishi zarur edi. Mol sotib oluvchining xo’jalik 
faoliyatidagi mablag’lar etishmovchiligi mol etkazib beruvchiga bank tomonidan 
kredit berish yo’li bilan qoplangan.
Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti 
tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini 
xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin