3-§. Banklarning funktsiyalari
Banklar
bajaradigan
funktsiyalar,
ularning
bajaradigan
vazifalariga
shug’ullanuvchilar (masalan, biz bu sohada Londonda
bank ishini ilk bor
rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytishimiz mumkin) va savdogarlardan kelib
chiqqaniga qarab turli xil bo’lishi mumkin. Bu bobda biz banklarga taalluqli bo’lgan
umumiy funktsiyalar to’g’risida gapirib o’tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohida-
alohida olingan holda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari to’g’risida
fikr yuritamiz.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, banklar
quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
•
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va kapitalga aylantirish;
•
kredit munosabatlarida
vositachilik qilish;
•
to’lov jarayonlarida vositachilik qilish;
•
muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni
kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu
funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan,
huquqiy va jismoniy
shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega
bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash qudratini tashkil
qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi.
Vaqtincha bo’sh pul mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq)
tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa,
bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga so’ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin
bo’lgan summa o’rtasida nomutanosiblik bo’lishi mumkin;
ikkinchidan, ortiqcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni
vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani
qoniqtirmasligi mumkin;
192
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashda
qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to’liq o’rgana olmasligi
mumkin. O’arz oluvchining to’lovga layoqatsiz bo’lishi
kreditor korxonaning ham
moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi
mumkin.
Xalq xo’jaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yig’ilishi
natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur
bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi.
Undan tashqari, bank korxonalarning to’lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil
qilishi ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini
kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish
va muomala jarayonining qisqa muddatli
ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq
muddatga kapitalga bo’lgan ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab
banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga
oshirish uchun banklar mablag’larni jalb qilish miqyosini, iste’mol
uchun kreditlar
berish ko’lamini kengaytirdi.
To’lovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirig’iga
asosan to’lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag’larni qabul
qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xarajatlarining
kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida
va boshqa mamlakat bilan
qiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orqali o’z hisob varaqasidan boshqa korxona
hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat
vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit
emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori
mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit
emissiyasini amalga
oshirishi mumkin.
193