Shubhali kreditlar.
Bu kreditlar yuqorida keltirilgan guruhlardagi
kreditlarning barcha salbiy tomonlarini o’zida ifoda qilishi bilan birgalikda to’liq
ta’minlanganlikka ega bo’lmagan, to’lanish ehtimoli kam bo’lgan kreditlar kiradi. Bu
kreditlar bo’yicha olingan kredit yaxshi ta’minlanganlikka ega bo’lganida asosiy qarz
bo’yicha foizlarni to’lash muddati 180 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan bo’lsa,
zarar ko’rish imkoniyati yuqori, biroq ushbu kreditlarning sifatiga ijobiy ta’sir
ko’rsatish mumkin bo’lgan omillar mavjudligi sababli ularni yo’qotilgan deb
tasniflanishi vaqtincha to’xtatiladi. Bu guruhga kiruvchi kreditlar bo’yicha 50
foizgacha rezerv tashkil qilinishi lozim.
Ishonchsiz kreditlar.
Bu kreditlar bo’yicha qarzlarning to’lanish ehtimoli
deyarli yo’q. Agar kredit to’liq ta’minlamagan bo’lsa, eng kamida bitta muammoli
tavsifga ega bo’lsa, to’lov muddati 360 kundan oshgan bo’lsa hamda kreditni
"shubhali" deb tasniflab bo’lmasa bunday aktivlar "ishonchsiz" deb hisoblanadi Bu
aktivlar juda past qiymatga ega bo’lib, ularni aktivlar sifatida hisobga olib borish
231
maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun banklar bu kreditlarni o’z balanslarida zarar
sifatida hisobga olishlari mumkin. Ishonchsiz kreditlar foyda hisobiga buning uchun
foyda etmagan hollarda esa bank sarmoyasi hisobiga balansdan chiqarilishi mumkin.
Bank uchun bu kreditlar zarar sifatida tasniflanishi mumkin.
Bir yil va undan ortiq muddatda harakatsiz bo’lgan aktivlar, muddati o’tgan va
foizlar bo’yicha qarzlar zarar sifatida tavsiflanishi mumkin. Shu sababli bu guruhga
kiruvchi kreditlar bo’yicha 100 foiz rezerv tashkil qilish lozim bo’ladi.
Tijorat banklarining kredit portfelini berilgan ssudalarning ta’minlanganlik
darajasiga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
-
birinchi darajada ta’minlangan,
-
boshqa ta’minotga ega bo’lgan,
-
to’liq ta’minlanmagan,
-
ta’minlanmagan ssudalarga bo’linadi.
Birinchi darajada ta’minlangan kreditlar guruhiga to’liq ta’minlangan kreditlar
kiradi. Ular quyidagilar bilan ta’minlanadi:
-
O’zbekiston Respublikasi hukumati kafolati,
-
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati,
- O’zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari
kafolati,
-
erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov,
-
O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari ko’rinishidagi garov
-
standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo’yilmalari ko’rinishidagi garov
Boshqa ta’minotga ega bo’lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan
ta’minlangan kreditlar kiradi:
-
mol-mulk garovi,
-
qimmatli qog’ozlar ko’rinishidagi garov,
-
boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to’la-to’kis olib borish ular
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog’liq.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat
232
banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodini tezroq rivojlantirishga yo’naltirilgan.
Yoozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda vositachilik
operatsiyalarini o’tkazish uchun ko’proq qisqa muddatli kreditlar bermoqdalar. Shu
bilan birga biz bilamizki, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga va
jamiyatlarga katta foyda berishi mumkin.
MDHga kiruvchi davlatlarning banklari uchun lizing operatsiyalari yangi
operatsiyalar turi hisoblanadi. Bu operatsiya turida banklar yoki lizing kompaniyalari
ijaraga berilgan mulkning egasi bo’lib qolaveradilar.
Lizing operatsiyalarini o’tkazishning bank uchun foydali tomoni shundaki,
odatda ijara uchun to’lov xuddi shu muddatga beriladigan uzoq muddatli kreditlar
foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo’ladi.
Bundan tashqari, bu erda mijozning to’lov qobiliyatiga ega emasligidan
yo’qotish riski bo’lmaydi. Bitimda ko’rsatilgan shartlarning buzilishi yuz bergan
hollarda bank ijaraga berilgan mulkni qaytarishni talab qilishi mumkin. Rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda lizing operatsiyalari keng tarqalgan. O’zbekiston va boshqa
MDH davlatlarida lizing operatsiyalari kam xajmda qo’llaniladi. Yoozirgi kunda
lizing operatsiyalariga sharoitlar yaratish sohasida ishlar olib borilmoqda.
233
|