Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Yaxshi kreditlar. 
Kreditning bunday sifatda baholanishi, mijozning aktivlari, 
ularning holati bo’yicha hech qanday gumon yo’qligidan dalolat beradi. Moliyaviy 
jihatdan barqaror, xo’jalik oboroti yuqori darajada o’z kapitali bilan ta’minlangan,
229


yuqori rentabellik ko’rsatkichlariga ega, debitor va kreditor qarzlarning aylanish 
muddati qisqa bo’lishi lozim. Bu kredit egalari moliyaviy barqaror xo’jalik sub’ekti 
bo’lib, u yuqori darajada ta’minotga ega bo’ladi. Bunda asosiy e’tiborni qarz 
oluvchining avvalgi faoliyatidagi majburiyatlariga munosabatiga, oson realizatsiya 
qilinuvchi aktivlar va yuqori likvidli mablag’lardan tashkil topgan ishonchli kredit 
ta’minotiga qaratish kerak. Ushbu toifadagi kreditlarda qaytarmaslik belgilari mavjud 
emas, banklar uchun zarar ko’rish imkoniyatlari minimal darajada bo’ladi, kreditning 
ta’minlanganligining (garov, kafolat va boshqalar) sifati, ta’minlanganlikka olingan 
mol-mulk, garov va boshqalarning tarkibida tez pulga aylanadigan aktivlar va yuqori 
likvid mablag’lar salmog’ining ko’pligi e’tiborga olinadi. Kredit bo’yicha olingan 
ta’minlanganlik (garov, mol-mulk va boshqalar) kredit summasi va u bo’yicha foiz 
stavkalarini to’lashga etarli bo’lgandagina kredit ta’minlangan deb baholanishi 
mumkin.
Kredit bo’yicha barcha hujjatlar qonun bo’yicha rasmiylashtirilishi va bank 
zarur bo’lganda kreditni undirib olish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur (kreditning 
qaytarilmaslik ehtimoli cheklangan bo’lsada) kreditning bu guruhida mijozning 
faoliyatidagi ikki asosiy omilga alohida e’tibor berish zarur. Bular,
-
mijozning oldingi faoliyatidagi o’z majburiyatlariga bo’lgan munosabati, 
-
kredit bo’yicha aniq ta’minganlikning (garov, kafolat, mulk va boshqalar) 
bo’lishi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin