5. Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar
aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi
maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki
biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga
maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit
shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit
shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda
kredit
muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga,
246
tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga
beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud
bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida
keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi
tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat
kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit
yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha
samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan
kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar
loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish uchun
yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz
bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni
moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona,
tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi
hisob-kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara
beradigan bo’lsagina, shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi.
Yoar bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning samaradorligiga
alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki samaradorlik kreditning zaruriy
shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va realizatsiya
hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Samaradorlik tamoyilining bo’lishi va unga rioya
qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Shunga
asoslangan holda kreditning samaradorligini sodda qilib quyidagicha ifodalash
mumkin:
Realizatsiya qilingan tovar
mahsuloti hajmi
Samaradorlik =
Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i
247
Bu ko’rsatkich kredit qo’yilmalar o’rtacha qoldig’ining 1 so’miga to’g’ri
keladigan realizatsiya qilingan tovar mahsulotining hajmini ko’rsatadi. Kreditni jalb
qilish yordamida ishlab chiqarish suratlarining o’sishi, tovarlarni sotish hajmining
oshishi kreditning samaradorligini belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar
hisobiga ko’p mahsulot sotuviga erishadigan bo’lsa, kreditning samaradorligi
shuncha yuqori bo’ladi.
Kreditlashning yuqori samaradorligi minimal mehnat xarajatlari orqali
maksimal foydacha erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir.
Agar kredit samaradorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarni ham hisobga
oladigan bo’lsak, kreditning samaradorligini kengroq olgan holda quyidagi formula
orqali ifoda qilish mumkin.
RR
S
kr
=
-
O
k
r
OF
k
= K
OF
k
= K x O
of
S
kr
- kredit qo’yilmalarininrg samaradorligi;
R - to’la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti;
OF
k
- kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag’larini hisobga olmagan
holdagi aylanma fondlarining o’rtacha qoldig’i;
K - qisqa muddatli kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i;
O
kr
- hisobot davridagi qisqa muddatli kreditning aylanish soni;
O
of
- hisobot davridagi aylanma fondlarining aylanish soni;
Formuladan ko’rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi asosan ikki
omil: realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi va kredit resurslarining aylanish
davriga bog’liq. Realizatsiya hajmi qanchalik katta bo’lsa va kredit resurslarining
aylanish davri qanchalik qisqa bo’lsa, kredit qo’yilmalarining samaradorligi
shunchalik yuqori bo’ladi. Bank tomonidan berilgan mablag’lar xo’jalik oborotida,
ishlab chiqarishga tezroq joriy qilinsa va kredit mablag’lar ishlab chiqarish va
muomala jarayonini tezroq bosib o’tsa, ular keltiradigan samaradorlik shunchalik
yuqori bo’ladi. Bank krediti mablag’lar doiraviy aylanishining biror bosqichida
248
ushlanib qoladigan bo’lsa, bu hol kreditni to’lash muddatining kechiktirilishiga olib
keladi. Bu, albatta kreditning samaradorligi tushganligidan dalolat berishi mumkin.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari
amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo’llaniladi. Bu qoida
kreditlashda «5 «G»lar qoidasi» deb yuritiladi.
«5 «S» lar qoidasi»ga asosan har bir «S» bo’yicha korxonaning faoliyati tahlil
qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi.
Qoidaga asosan «S» harflari korxonalarning xo’jalik faoliyatininrg quyidagi
jihatlarini ifodalaydi.
Gharakter - qarz oluvchining xarakterini baholash, uning avvalgi qarzlari;
qarzni to’lay olish qobiliyati, hamda bozordagi obro’si;
Gapfgity - bu qarz oluvchining boshlagan ishni oxiriga etkaza olish, tegishli
daromad olish hamda bank kreditlarini qaytara bilish qobiliyati;
Gapital - qarz oluvchining sarmoyasining etarliligi;
Gonditions - shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesning
rivojlanishi nazarda tutiladi;
Golateral - garov (kafolat, kafillik, sug’urta polisi, tovar-moddiy boyliklar) va
boshqalar.
Sotsialistik xo’jalik yuritish shakli davrida kreditlashning bu tamoyillaridan
tashqari yana bir necha boshqa tamoyillar qo’shimcha ravishda amal qilar edi.
Sotsialistik xo’jalik davrida yuqoridagi tamoyillar ikkinchi darajali hisoblanar edi.
Quyidagi tamoyillar esa asosiy, birinchi darajali tamoyillar bo’lib, kreditlash
jarayonida banklar ko’proq shu tamoyillarning bajarilishiga e’tibor berar edi.
Dostları ilə paylaş: |