Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli o’laroq
kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini o’zida aks
ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi o’sadi va
aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi);
inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o’sish
sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin);
tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank orqali
davlat kreditini tartibga
solishning samaradorligi;
xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo’yicha
foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib
keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.);
jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi (ularning
hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi);
potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan
ehtiyojini aniqlab
beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi;
ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum
davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar);
davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan
davlatning ichki qarzlari
o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga o’sibboradi).
Dostları ilə paylaş: