15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
225
asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo
tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda.
Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va
axloqsizligiga,
insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr
talabidir.
Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy
madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va
mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik
jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun
baxsh etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: