Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 224
qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar
axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha
tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng
qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy
shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik
va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan
tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va
nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila
va Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy
axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib
keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun
dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek,
ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta
’lim berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari
tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz
shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi
shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni
keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va
ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan
muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”,
“Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois
televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik
reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi
bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz
ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos
vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada
bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani
qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash
muhim.