15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
221
qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy
yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo'lsa, etiket muayyan
holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiketning qamrovi
keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z
ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h.k.
Etiketga rioya
qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko‘rib turamiz. Prezidentga
xorijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda
faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o'rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham,
elchilarning ham buzishga haqqi yo‘q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul
payti, pichoqni o‘ng qo‘lda sanchiqni chap qo‘lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik
etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi — uni buzish atrofdagilarda
hayrat va istehzo
uyg'otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish
ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko‘rinishlari bilan birga, shunday milliy-an’anaviy
shakllari ham
borki, ularsiz millat madaniy hayotini tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini olib
ko'raylik. Etiketning bu turiga ko‘ra, ko‘chadan o‘tib ketayotgan odam, ko‘cha bo'yida
o‘tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o‘ng qo‘l chap ko‘krakda,
yurakning ustida turishi, bosh esa yengil
ta ’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib salomlashish
ko‘rishayotgan
odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikm bildiradi - odobdan emas.
Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtayi nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim;
ayollar bilan ko‘rishganda ham erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog‘i talab
qilinadi.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To‘y marosimida, xususan,
qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap
tomonda tutib, to‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi lozim.
Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to’n va do‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan
holda, qo‘l
qovushtirib, boshni bir yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga
asoslanadi. Bular, bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat,
rasm-rusumlardan
farqi yo‘q ekan, degan taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on taassurot. Chunki udum,
odat, rasm-rusumlar muayyan darajada
erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda buning imkoni yo’q —
etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega. Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda
odob bilan go’zallikning uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli
xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i,
o‘zni tutish estetikasi talablariga javob beradi.
Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari
sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl
axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo ladi. etiket qoidalarini
bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bu
jihatdan u munofiqlikning bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib,
darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro‘parangizda tanishingiz yoki qo shningiz uchraydi. Siz
ko'rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib
Uni: «Qani
uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz.
Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini also istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda
ketgan vaqtingizni o‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o‘z istagingizga qarshi, etiket mulozamat
yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham nachora — munofiqlik qilasiz. Shunga
qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda
bo‘lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o ‘rgatishi bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: