Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy
tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda
individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy
tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida
ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima
qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning
amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo,
ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini
qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash
joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan
moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy
tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan
eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya
yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab
yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri.
Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi
zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi,
maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan
o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola
1
I.A.Karimov .Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.O’zbekiston 1999 y. 77 bet