Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Bioetika: 
Bioetika Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot 
va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil 
qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan 
iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson 
hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab 
qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. 
Hozirgi zomon fanida Bioetika etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan 
munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli 
holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab 
chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, 
tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda Bioetika ilgari surayotgan 
muammolar juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika 
ko‘rib chiqib hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda 
transplantatsiya, reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach 
amaliyotining muayyan yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik 
bilimlar ham universaldir. Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy 
jihatlariga, evtanaziya va o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, homila 
tushirish (abort), klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik 
doiralarda «bioetika» tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi 
tushunchasi o‘rniga ko‘pincha deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi. Deontologiya etikaning 
burch va majburiyat muammolarini o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya 
Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan). Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab 
chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi 
mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin