Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 227
ularni milliy tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash,
yoshlarni axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va
ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘lom va yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni
shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga
kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini
o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va
dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli
ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va
hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy
madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-
nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik
milliy qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
Ko‘p narsa internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga
bog‘liq. Shu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan
himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini
ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil
insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz
uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib,
ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon
etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta
tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr
shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya
topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z
ta’sirini o‘tkaza olmaydi.