Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

kategoriya, sujdenie, analiz, soznanie
(yunoncha, ruscha va b.).
47


B a’zan ayni bir m a’noda q o ‘llanadigan har ikki falsafaga oid 
terminlar sinonim tarzidakeladi. Albatta, bu o ‘quvchini chalg‘itadi. 
Adabiy tahrir qoidasiga ko'ra, qaysi termin birinchi boMib 
qoilanilgan bo‘lsa, asar oxirigacha bir xillik saqlanishi kerak. 
M abodo, o ’quvchi uchun ikkisidan biri notanish b o ‘lsa, unda tanish 
terminni notanish termindan so‘ng qavs ichida, birinchi o ‘rinda 
qayd ctib o ‘tish kerak b o ‘ladi: 
kategoriya
(hukm), 
analiz
(tahlil). 
Qolgan barcha o ‘rinlarda 
kategoriya, analiz
beriladi yoki aksincha.
Ayrim terminlar borki, garchi ularning o ‘z tilda muqobili 
b o isa-d a, lekin uni almashtirib b o ‘lmaydi. Masalan, 
predikat,
sub 'ekt
bular tilshunoslikda 
kesim, ega.
Agar 
predikat
o ‘mida 
kesim, subyekt
o ‘rnida 
ega
qo‘llanilsa, 
unda falsafiy m a’no anglashilmaydi. Shunga ko‘ra, falsafaga oid 
matnda soha terminlari qoldirishi kerak. Bu holat muharrirdan 
matnni maqsadga muvofiq tahlil qilishni, terminlami tushuntirish 
usulini, shuningdek, ulami matnga mantiqan to‘g ‘ri kiritishni talab 
qiladi. Vaholanki, m uallif ham, muharrir ham o ‘quvchiga terminni 
shunchaki tushuntiribgina qolmaydi, balki uni o ‘zi uchun notanish 
tushunarsiz b o ig a n termin bilan tanishtiradi, tadrijiy suratda uni 
ijtimoiy-siyosiy hayot bilan tanishtira boradi.
Masalan, 
e/cstremizm
so‘zi bugungi kunda o ‘quvchini o ‘ta 
xavfli, shafqatsiz qora kuchlar bilan xayolan to ‘qnashtiradi. 
0 ‘quvchi garchi shunday kuchlami amalda ko‘rmagan bo‘lsa-da, 
lekin termin orqali uni idrok etadi. Ammo uning tushunchasi termin 
ifoda etgan obyekt haqida umumiy, qaysidir darajada yuzaki 
b o ‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, ommaviy-siyosiy adabiyotda 
terminning o ‘zini taqdim etish bilan kifoyalanib qolmay, misollar, 
dalillar yordamida termin ifoda etgan obyekt bilan to iiq
tanishtirish lozim.
Agar 
m uallif matnda 
faqat 
terminni 
keltirish 
bilan 
kifoyalangan b o is a , y a’ni o ‘quvchi ilg‘ab olishi kerak b o ig a n
narsani dilda qoldirgan b o is a , uni oshkor etish muharrirning 
zimmasiga tushadi.
Bir asar miqyosida terminni turli m a’noda q o ilash g a zinhor 
y o i qo‘yib bo im avd i. Mabodo, m uallif tomonidan matnga fanning
48


o‘zida turli m a’noda qo‘llanayotgan term in kiritilgan b o ‘lsa, unda 
muharrir qanday y o ‘1 tutishi kerak? Bunday hollarda muharrir 
terminning izohini berishi yoki qaysi manbalarda, qaysi m a’noda 
qoilanishini ko‘rsatishi lozim.
Ommaviy-siyosiy asarlarda, odatda, mantiqan ta ’kidlash 
ko'proq uchraydi. Bunda termin yordamida yetkazilaj'otgan 
tushunchani yanada b o ‘rttirish, kuchaytirish maqsadida turli nutqiy 
usullar va til vositalaridan foydalaniladi (
vaholanki

zero, faqat,
shunga ко ‘ra, shunday qilib, aytish mumkinki, xususan).
So‘z va 
birikmalardan tashqari iboralardan ham foydalaniladi, hikmatlar 
keltiriladi. Masalan, biror-bir mamlakat yoki davlat rahbarimng 
xalqaro huquq va m e’yorlarga zid xatti-harakatiga baho berilganda 
ayni shunday usuldan foydalaniladi. Masalan, Rossiya prezidenti 
Putin 
Turkiya harbiy 
samolyoti 
Suriya 
hududida 
Su-24 
bombardimonchi samolyotini urib tushirganligiga munosabat 
bildirib, o ‘z chiqishlaridan birida Islom olamida mashhur iborani 
keltiradi: 


Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin