Texnik yozuv quyidagi hujjatlami o‘z ichiga oladi:
1)
modelning texnik ta'rifi (yozuvi), model eskizi;
2)
modelning badiiy bezalishining ta'rifi;
3)
buyumga qo’yiladigan texnik talablar;
4)
materiallar spetsifikatsiyasi, konfektsion xarita;
5)
detallar va andazalar spetsifikatsiyasi;
6)
texnologik ishlov berish haqida jadvallar;
7)
texnik darajasi xaritasi;
8)
andazalar va tayyor kiyim namunasining o'lchamlari jadvali;
9)
qabul etish, sortirovkalash, markirovkalash va hokazo;
10)
normativ-texnik hujjatlar ro‘yxati.
Bu hujjatlarga kiyim modelining etalon-namunasi ham qo’shiladi.
Andazalar konstruktsiyasini tuzish.
Andazalarni tayyorlashda chok haqlari GOST 12807-79 “Tikuv mahsulotlari,
qaviqlar, choklar, baxyaqatorlar” ga asosan beriladi. Kiyim detallari andaza
bo’yicha bichiladi. Andaza tayyorlashdan oldin kiyim detallarining chizmasida
vitochkalar, yon chiziqlar, eng, shim va boshqa detallar chiziqlarining barcha o’tmas
burchaklari ularning uchiga mumkin qadar yaqinroqdan dumaloqlanadi. So’ngra
kiyim orqasi va oldi detallarining, yengining usti va osti yarmining, shimning old
yarmi bilan orqa yarmi juftlashtirilib bir-biriga ulanadigan ziqlarining o‘zaro mos
kelishi tekshiriladi; bunda konstruktsiya chiziqlaridan arzimagan darajadagina
chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Shu tarzda aniqlangan chizmalarda choklarga
hamda kiyim etagini, yeng uchi va shim pochasini bukish uchun qabul qilingan
texnologik va texnik shartlarga muvofiq chok haqi belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: