boshqalarga qarab ya’ni zamonaviy moda talabiga binoan o’zgardi. Kiyim
konstruksiya asosidan chizmasini hisoblash qulay bo’lishi
uchun maksimal zarur
qo’shim Ktex bilan minimal qo’shim K kd birga qo’shib olinadi. Bu umumlashgan
qo’shim kiyimni gavdada bemalol turish qo’shimi deb ataladi. Gavdada bemalol
turish qo’shimi quyidagilarga bo’linadi.
1. Kk- ko’krak chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi.
2. BlK- bel chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi
3. BkK – bo’ksa chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi
Yuqorida sanab o’tilgan qo’shimlardan qiymati kiyim siluetiga bog’liq
bo’ladi. Masalan gavdaga yopishib turadigan siluetli ko’ylak,
jaketlar uchun
gavdada bemalol turish qo’shimidan qiymati minimal bo’lishi harakterlidir. Lekin u
Ktex dan kam bo’lmasligi kerak. Gavdaga yopishib turadigan siluetli ko’ylaklar
belga yopishib turish darajasi ko’ylak ko’krak qismining va yubkaning turli
bichiqlari bilan harakterlanadi. Trapesiyaga o’xshash siluetli (etak
tomoni
kengaytirilgan) kiyimlarning yelka qismida qo’shimlar minimal bo’ladi. Etak
tomonining kengaytirilishiga texnik (konstruktiv) modellash yo’li bilan erishiladi.
Silueti boshqacha kiyim modellari ham yaratiladi. Lekin ularning konstruksiyalari
yuqorida sanab o’tilgan eng harakterli siluetlarning konstruksiyalar asosida ishlab
chiqiladi. 2- jadvalda kiyim silueti qandayligiga qarab ko’krak, bel, buksa chiziqlari
bo’ylab qo’shimlar taxminan qanchadan bo’lishi berilgan. Jadvaldan ko’rinib
turibdiki, bir xil siluet uchun qo’shim minimal va maksimal bo’lar ekan. Bu holda
qo’shimning qanchalik gazlama qalinligi va strukturasiga qarab olinadi. Masalan
qo’shim miqdori yupqa gazlamadan (ipak, shifon va x.k) tikiladigan ko’ylaklarda
minimal: nisbatan o’rtacha qalinlikdagi (ko’ylakli
jun gazlamalar, trikotaj va
boshqalar) gazlamalardan tikiladigan ko’ylaklar uchun o’rtacha,
qalin va zich
tukilgan (movut, triko va x.k) gazlamalardan tikiladigan ko’ylak va jaketlar uchun
maksimal darajada olinadi. Ba’zan bir modelning o’zi kichik razmerli bo’yi baland
ayollarga ham bo’yi past, lekin katta razmerli ayollarga ham tavsiya etilishi mumkin.
Bunda modelning tashqi ko’rinishini saqlab qolish va idrok qilish uchun shunday
model konstruksiyasini ishlab chiqishda katta razmerli bo’yi past ayollar uchun Kk-
qo’shim 0,5 sm ga kamaytiriladi, kichik razmerli baland buyli ayollar uchun esa,
aksincha 0,5 sm ga ko’paytiriladi. Old va ort bo’laklar bilan yaxlit bichiladigan va
reglan ko’ylaklarning konstruksiyasini ishlab chiqarishda Kk-qo’shimi 1+2 sm
ko’paytiriladi. Qanday siluetli bo’lmasin, yubkaning (shimning) bel chizig’i
gavdada bemalol turish qo’shimi 1 sm ga teng olinadi.
Dostları ilə paylaş: