Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

 
 
BAZAVIY ASOSDAN YANGI KONSTRUTSIYALAR TUZISH USULLARI 
Bazaviy konstruksiyani o‘zgartirish darajasiga qarab to‘rt xil texnik 
modellash yo‘llari farqlanadi.
1. Yangi model ishlanganda dastlabki konstruktiv asosning silueti 
o‘zgarishsiz qoladi, yoki siluet shakli faqat kiritilgan, taxlama, burma va joyidan 
ko‘chirilgan vitachka hisobiga o‘zgaradi. Ayni holda bort qaytarmasining shakli, 
yoqalari, tugma va izmalarining joylanishi va soni, cho‘ntaklar va boshqa mayda 
detallarning shakli va joylanishi o‘zgartiriladi. Ayollar kiyimida esa ko‘krak 
vitachka belgilangan yo‘nalishda ko‘chiriladi. Bu variant ko‘proq amaliy ishlarda 
qo‘llanadi.
2. Konstruktiv asosning silueti yangi model bo‘yicha proporsiyalari va 
ko‘krak, bel hamda bo‘ksa chiziqlarida to‘kislik darajasi o‘zgartiriladi, etak tomonga 
kengayib yoki torayib boradi. o‘zgartirish miqdori taxminiy aniqlanadi. Bu usul 
o‘xshash modellar konstruksiyasi yo‘qligi paytida, yangi moda yo‘nalishiga mos 
bo‘lgan kiyim namunasini ishlashda qo‘llanadi.
3. O‘tqazma engli bazaviy konstruksiyadan maxsus murakkab o‘zgartirishlar 
orqali reglan, yaxlit bichilgan yoki kombinatsiyalashtirilgan boshqa bichimli 
konstruksiyalar olinadi.
4. Kiyimning boshqa xildagi yangi modeli ishlanadi.
Bu usul kamdan-kam ishlatiladi. YAngi model konstruksiyasi namuna tayyorlash 
orqali aniqlanadi.
Yelka detallari konstruksiyasining asosiy chizmasi, aholiga maishiy xizmat 
ko‘rsatish muassasalarida qabul qilingan kiyim konstruksiyalashning yagona usuli 


bo‘lishi hisoblash formulalari va grafik usullari yordamida yaratiladi. Ushbu usul, 
yengil sanoatda qo‘llaniladigan yagona va umumiy usulning ayrim murakkab 
formulalarini soddalashtirilganligi bilan farqlanadi. Soddalashtirilgan formulalar 
ham umumiy formulalarning tuzilishi kabi figuraning o‘lchamlari va to‘kislik 
qo‘shimchasidan iborat.
Konstruksiya chizmasi
A0 nuqtada to‘g‘ri burchak yaratishdan boshlanadi. A0 nuqtadan vertikal 
chiziq orqa bo‘lakning o‘rtasi hisoblansa, gorizontal chiziq — orqa bo‘lak yoqa 
o‘mizining eng yuqori nuqtasidan boshlanadi.
A0 nuqtadan gorizontal chiziq bo‘ylab o‘ng tomonga ko‘krak chizig‘i 
kengligiga, ya’ni Sg3 o‘lcham, ko‘krak chizig‘ida to‘kislik qo‘shimchasi Pg hamda 
orqa chiziq vertikaldan og‘ishi, konstruksiyaga qo‘shilgan choklar kengligi, bo‘rtma 
choklar vitachkalarni hisobga olgan Pg ga teng kesma 
A0 a1 qo‘yiladi: A0a1=Skz + Pk + Pi.b. a1 — nuqtadan pastga o‘tkazilgan 
vertikal chiziq, old tomonning o‘rta chizig‘idir. A0 nuqtadan o‘ng tomonga
A0 a1 chiziq bo‘ylab kesma A0 a qo‘yiladi: A0 a = Shor. + Por.k. (o‘ng 
tomonga).
Ko‘krak chizig‘ida old kengligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: a1a2 
= Shk1 + (Sk2 - Sk1)+ Pkk 5 4 Chap tomonga esa a1 nuqtadan a1 a2 kesma qo‘yiladi. 
Chizma normal bo‘lmagan figuralar uchun yaratilganda, old bo‘lak kengligi, 
ko‘krak bezlarining eng bo‘rtib chiqqan nuqtalaridan o‘lchangan Shg2 ko‘krakning 
katta kengligidan foydalanib hisoblanadi: a1a2 = Shk2 + Shk a1 va a2 nuqtalardan 
pastga o‘mizining aa1 kengligini aniqlaydigan vertikal chiziqlar o‘tkaziladi. 
O‘mizning kengligi minimal qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak. O‘mizning minimal 
kengligi, sm.
2-jadval Vertikal chiziq bo‘ylab A0 nuqtadan past tomonga kuraklar sathini 
aniqlaydigan 
A0 U kesma tortladi: A0U = 0,4 Dor.
Orqa o‘miz kengligining chizig‘i (ko‘krak chizig‘i) G nuqta, quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlanadi: A0G = Vyeng o‘m + Pyeng um.k + 0,5Porq.uz. O‘ng tomonga 


G nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkaziladi. U a, a2 , a nuqtalardan o‘tkazilgan 
chiziqlar bilan kesishgan nuqtalari G1 , G4 va G3 deb belgilanadi. Bel chizig‘ining 
boshi bo‘lmish T nuqta aniqlanadi.
A0 nuqtadan pastga vertikal chiziq bo‘ylab A0 T kesma tortiladi: A0T = 
Dor.bel + Por.bel.uz Bel chuqurligi katta bo‘lgan figuralarning bel chizig‘i 
aniqlanganda, o‘rqaning belgacha vertikal uzunligidan foydalaniladi. T nuqtadan 
o‘ngga a1 nuqtadan o‘tkazilgan vertikal chiziq T3 nuqtada kesishguncha gorizontal 
davom ettiriladi. Bel chizig‘idagi T nuqtadan, vertikal bo‘ylab pastga bo‘ksa 
chizig‘ini aniqlaydigan TB kesma tortiladi: TB = 0,5 Dorq.bel - 2 B nuqtadan esa 
o‘ng tomonga gorizontal o‘tkazilib a1 nuqtadan o‘tkazilgan vertikal bilan kesishgan 
nuqtasi B3 deb belgilanadi. T3 nuqtadan past tomonga qarata qorin va ko‘krak 
chiziqlarini bel chizig‘ining holatiga ta’sirini hisobga olgan kesma qo‘yiladi. Bel 
chizig‘ining pasayishi T3 T8 ga teng bo‘ladi. T3 T8 = 0 — bel chizig‘ida yaxlit 
bichilgan kiyimlar uchun; T3 T8 = 0,5 — bel chizig‘ida qirqilgan; T3 T8 = 1—1,5 
sm qorin va ko‘kragi katta figuralar uchun; Old bo‘lak yoqa o‘mizining yuqori 
nuqtasi aniqlanadi — A3 nuqta; T3A3 = Dold. bel. + Pold.bel.uz A3 nuqtadan 
chapga gorizontal o‘tkaziladi. Old bo‘lagi ikki detalli kiyimlarda A3 nuqtadan 
chapga quyidagi kesma qo‘yiladi: A3A31 = 0,5 sm — normal gavdalar uchun; 
A3A31 = 1—1,5 sm — kekkaygan gavdalar uchun; A3 A31 = 0 bukchaygan 
gavdalar uchun. 5 6 A31 yoki A3 nuqtadan chap tomonga va A0 nuqtadan o‘ng 
tomonga yoqa o‘mizining yuqori nuqtasini (o‘miz kengligini) aniqlaydigan 
kesmalar qo‘yiladi: Orqada — A0A2 Old bo‘lakda — A3(A31)A4; A0A2 = A3A4 
= Shbo‘yin/3 + Pyoqa o‘m.ken. Orqa yoqa o‘mizining chuqurligi A0A(A2A1)A0 
nuqtadan vertikal bo‘yicha pastga tushiriladi: A0A = A0A2/3+Porq.yoqa o‘m. bal. 
bu yerda: A0 A2 — orqa o‘rta chok vitachkasi hisobga olinmagan holda. Old yoqa 
o‘mizining chuqurligi, o‘rta hisobda, kengligidan 1 smga kattaroq: A31(A3)A5q 
A31(A3)A4 + 1 sm. Orqaning o‘rta chizig‘i bel chizig‘ida gavda turiga va siluetga 
bog‘liq holda 1—2,5 sm ga og‘dirib o‘tkaziladi (3-jadval). 3-jadval Orqa o‘rta 
chizig‘ining bel chizig‘ida og‘ish qiymati TT1 = 1—2,5 sm Kiyim uzunligi, orqa 
o‘rta chiziq bo‘ylab, A yoki T nuqtadan qo‘yiladi: 5 7 AN = Dbuyum + Por.bel.uz 


+ Pi.b. bu yerda: Pi.b. — ishlov berish uchun qo‘shimcha. Orqa og‘ish o‘rta 
chizig‘ining o‘miz chuqurligi, bel, bo‘ksa va etak chiziqlari bilan kesishgan 
nuqtalari G, T1 , B1 N1 belgilanadi. Orqa bo‘lak yelka chizig‘ining uchi P1 nuqta 
ikki yoy kesishgan nuqtasi: A2 nuqtadan o‘tkazilgan yoy radiusi R1 = Shv + 
vitachka va T1 (T) nuqtadan o‘tkazilgan yoy radiusi R2 + Vyel.q. + Por bel.uz. + 
Pyeng o‘m. R1 = A2 P1 q Shold+ vitachka (yoki kiritish haqi); R2 = T1P1 = Vyel.q. 
+ Por.bel.uz. + Pyost bu yerda: Pyost — yelka yostiqchasining qalinligi. Yelka 
chizig‘i A2 P1 nuqtalarni birlashtirgan to‘g‘ri chiziq. P1 nuqtadan vertikal chiziq 
aG1 ga perpendikular tushirilib, P2 nuqta olinadi. Kuraklar vitachkasi yoqa 
o‘mizining yoki yelka chizig‘ining istalgan nuqtasidan boshlanadi. Ko‘proq 
vitachka A2 nuqtadan yelka chizig‘ida (0,25—0,5) Shk masofada boshlanadi. 
Vitochkani belgilash uchun kuraklar chiqqan nuqta aniqlanadi. Bu nuqtalar V1 
masofada joylashgan: V1 = 0,4 Shor Vitachka uzunligi 7—8 sm bo‘ladi. 
Vitachkaning uchlari yelka chizig‘ida tenglashtiriladi. O‘miz chizig‘ini qator 
yordamchi P3 , 1, G2 nuqtalar bilan aniqlanadi. P3 tekshirish nuqtasi G1 P3 kesma 
yordamida aniqlanadi: G1P3 = P2G1/3 + 2 sm. 5 8 Aniqlangan kesma G1 nuqtadan 
yuqoriga qo‘yiladi va P3 nuqta hosil bo‘ladi. Burchak P3 G1 G4 bissektrissasida G1 
1 kesma o‘lchanadi: G11 = 0,2 Sho‘m + (0,3-0,7) sm. bu yerda: Sho‘m o‘miz 
kengligi G1 G4 . Orqa bo‘lagining o‘miz chizig‘i P1, P3, 1, G2 nuqtalarni to‘g‘ri 
chiziq bilan birlashtiradi. Old bo‘lak chizmasida ko‘krak markazining nuqtasi 
aniqlanadi. G2 nuqtadan chapga G3 G6 kesma qo‘yiladi. G3G6 = Sg + (0,5-1) sm. 
G6 nuqtadan pastga va tepaga vertikal chiziq o‘tkaziladi. Bel chizig‘i bilan 
kesishgan nuqta T6 (T60) belgilanadi. Ko‘krak vitachkasini yaratish uchun markaz 
sifatida, A4 nuqtadan Vg — ko‘krak balandligi o‘lchamiga teng bo‘lgan radius 
yordamida, yoy o‘tkaziladi. G6 nuqtadan o‘kazilgan vertikal bilan kesishgan nuqta 
G7 belgilanadi. Bu nuqta vitachkaning uchidir. A4 G7 = Vk . G7 nuqtadan markaz 
sifatida G7 A4 radiusli yoy chap tomonga o‘tkaziladi va unga ko‘krak 
vitachkasining kengligiga teng kesma o‘lchab qo‘yiladi. A4A9 = 2(Ck2 - Sk1) + (0-
2) sm. Tana tuzilishi normaldan og‘gan gavda uchun vitochka kengligi quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi. A4A9 = 2(Shk2 - Shk1) + (0-2) sm. A4 , G7 , A9 


nuqtalarni birlashtirib ko‘krak vitachkasi yasaladi. Vitachkaning kengligi 18 sm dan 
oshgan holda uni ikkiga bo‘lib, detalning har xil qirqimlaridan markaz tomonga 
yo‘naltiriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin