MA’RUZA № 1
Mavzu:
Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish haqida
umumiy ma’lumotlar berish
Reja:
1. Kiyim haqida asosiy tushunchalar.
2. Kiyimning vazifalari va uning tasnifi
3. Zamonaviy kiyimlar assortimentining tasnifi.
Tayanch so‘zlar:
kiyim, tikuvchilik korxonalari,tikiv buyumlari, modellar,
bezaklar, ijodiy jarayon, loyiha, o‘lchov, shakl, kiyim assortimenti.
O‘zbekiston Respublikasidagi kichik tikuvchilik korxonalari, qo‘shma
korxonalar va yakka buyurtma asosidagi tikuvchilik korxonalari keng iste’molchilar
ommasi ehtiyoji va didini qondiradigan xilma-xil kiyimlar ishlab chiqarmoqda. Bu
sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi kichik mutaxassislarni kasb-hunar
kollejlarida tayyorlanadi. Ularga maxsus fan sifatida „Tikuv buyumlarini loyihalash,
modellash va badiiy bezash“ fani o‘rgatiladi. Kiyimning asosiy andazalarini
tayyorlash, modellar yaratish, asosiy andazalardan model andazalarini chiqarish va
unga bezaklar tanlash shu fanning asosiy maqsadidir. Loyihalash - bu murakkab
ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham
loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni
tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o‘zaro ulab-
tikib, muayyan o‘lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari,
vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning hajmli detallarini,
tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Detallarning o‘lchov soni va
shakli ular yig‘ilganda xuddi shu o‘lchov va ko‘rinishini beradi.
Kiyimlarni loyihalashda gavdadan o‘lchov olish qoidalari va o‘lchovlar
asosida buyum asos chizmasini chizish, so‘ng chizmadan andaza chiqarib tayyorlash
qoidalarini o‘rgatiladi. Kiyimni loyihalash bilan turli muassasalar shug‘ullanadi.
Bular - modalar uyi, tikuvchilik korxonalarining tajriba sexlari, maxsus loyihalash
idoralari,
ilmiy-tekshirish
institutlari
va
laboratoriyalardir.
Kiyimlarni
modellashtirishda kiyim modelini ijod qilish va asosiy andazadan model andazasini
tayyorlash yo‘llari o‘rgatiladi. Bunda asos chizmasiga eskiz bo‘yicha model
chiziqlari kiritilib, yangi model andazasi hosil qilinadi. Kiyimlarni badiiy bezashda
esa kiyimga turli bezaklarni kiyim turiga va vazifasiga qarab berib, ularni bezatish
yo‘llari o‘rgatiladi. Bunda kiyimning assortimentiga, gazlamasiga, kiyimning kimga
mo‘ljallanganligiga qarab, bezak unsurlarini tanlash ijodiy jarayon ekanligi yaqqol
ko‘rinadi. Kiyim haqida ma’lumot Kiyim tarixidan ma’lumot. Zamonaviy kiyim
murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini
tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega
bo‘lish kerak. Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali
yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya
topmoq vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy
davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kel. Bu davrda insonlar
daraxt barglari, poxollar, hayvon terilarini tanaga beldan bog‘lab yurishgan. Kiyim
insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli rivojlanib
bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan
to‘qilgan oddiy gazlamalarni tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada
erkaklar kiyimi ikki qismdan - xiton va gimatiydan iborat bo‘lgan. Xiton - bu ichki
kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush
bilan ko‘chaga chiqayotganda ustki kiyim - gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri
to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlamadan iborat bo‘lib, uni yelka
ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat
bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga xalaqit bermaydigan nafis taxlamalar
tushirib drapirovka qilib qo‘yilgan. (1-rasm, a).
Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan iborat bo‘lib, ular
kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi - xiton va ustki kiyimi peplos deb
atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlamadan iborat bo‘lgan (1-rasm, b). 7
Qadimgi yunonlar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlarni ustalik va yuqori did
bilan bajarganlar. Tabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z
ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, ið
tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalarni
o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan.
Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning
takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar,
cho‘ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida,
gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga
yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ko‘rinishlari, gazlamalarning atlas, barxat, movut
kabi turlari paydo bo‘lgan. Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror
topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri
tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh
ish hisoblanib, gavdani qo‘poldan-qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga
o‘rab tashlangan. Òor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamlardan iborat, orqa
etagi juda uzun, ko‘ylak baland konussimon bosh-kiyim va nihoyatda cho‘ziq
poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi-qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar
edi.
Dostları ilə paylaş: |