yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x
shakl) beriladi.
35. Oilada bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bola kasallikka
chalinsa, ularni ambulatoriya sharoitida parvarish qilish bo‘yicha bitta mehnatga layoqatsizlik
varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
(138\x shakl) beriladi.
Oilada ikki va undan ortiq o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bola
navbatma-navbat kasallikka
chalinsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) ularning har biri bo‘yicha alohida beriladi.
Agar birinchi bolaning kasalligi davrida boshqa bola kasallikka chalinsa, keyingi bolani
parvarish qilish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi
birinchi bola uchun berilgan
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilganidan keyin, ushbu varaqa bo‘yicha mos tushgan kunlar
chiqarib tashlangan holda beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
36. Ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs kasal bo‘lganda yoki boshqa farzandi bilan
statsionarda bo‘lganda uch yoshga to‘lmagan sog‘lom bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan
nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash uchun qarindoshlariga hududiy poliklinikasi vrachlik
maslahat komissiyasi tomonidan ona bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la o‘n to‘rt
kungacha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 6-dekabrdagi 104-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-1, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
25.12.2019-y., 10/19/2667-1/4230-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
37. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin
davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga karantin
belgilangan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi
beriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
38. Statsionar sharoitda uch yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni
ta’minlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Statsionarda davolanish vaqtida bolaning kasalligi og‘ir
kechgan hollarda davolovchi
shifokor hamda bo‘lim mudirining bemor bola qo‘shimcha parvarishga muhtojligi to‘g‘risidagi
xulosasiga asosan, ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga qarovni ta’minlash uchun
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
OIV infeksiyasini yuqtirgan bolaning ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga
bola shifoxonada yotgan barcha davr uchun bir yo‘la mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
39. Oilaning betob a’zosini parvarishlash bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodim
mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda ham umumiy asosda beriladi.
Dostları ilə paylaş: