Tasdiqlash haqida


-bob. Kasallik va shikastlanganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari yoki



Yüklə 382,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix28.11.2023
ölçüsü382,9 Kb.
#168363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2667-сон 17.04.2015

2-bob. Kasallik va shikastlanganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berish
9. Kasallik va shikastlanganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi mehnatga layoqatsiz shaxs murojaat qilgan yoxud davolangan
davolash-profilaktika muassasasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik aniqlangan kundan
boshlab beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi o‘tkazib
yuborilgan kunlarga berilmaydi. Mazkur Yo‘riqnomaning 
14-bandi
, 15-bandining 
birinchi
xatboshisi

25-bandi

37-bandi
 hamda 
46-bandida
 nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 11-
maydagi 117-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2667-2, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/2667-2/0765-son)
Ish kuni yoki o‘qish tugaganidan so‘ng murojaat qilinganda mehnatga layoqatsizlik
aniqlansa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
murojaat qilingan kuni, lekin ish yoki o‘qishdan keyingi kalendar kunidan ozod etilgan holda
rasmiylashtiriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bemor
shifokor tomonidan shaxsan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng mehnatga layoqatsizlik
aniqlanganda beriladi. Tashxis klinik va obyektiv ma’lumotlar (shikoyatlar, obyektiv holat) hamda
laborator-instrumental tekshiruvlar natijalari bilan tasdiqlanadi va tibbiy hujjatlarda qayd
qilinadi.
10. Ambulatoriya sharoitida davolanishda davolovchi shifokor yakka o‘zi besh kalendar
kunigacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi berish
huquqiga ega.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik besh kalendar kunidan oshganda mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati davolovchi
shifokor va bo‘lim mudiri tomonidan har safar o‘n kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatga
uzaytiriladi.
11. Mehnatga layoqatli shaxslarga tekshiruv va davo muolajalari ishdan (o‘qishdan) bo‘sh
vaqtlarda amalga oshiriladi. Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi berilmaydi.
Ish (o‘qish) vaqtida ayrim tekshiruvni kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda yoki murakkab
tekshiruvlar (endoskopiya, kolonoskopiya va boshqalar) o‘tkazilganda mehnatga layoqatsizlik
varaqasi tekshiruv o‘tkazilgan kunga (kunlarga) beriladi.
12. Xizmat safari, mehnat ta’tili va boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyida bo‘lmagan
shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
bemor vaqtincha bo‘lgan joydagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bosh shifokor
ruxsati bilan beriladi. Bemorning ahvoli yaxshilangach, davolanganligi to‘g‘risida ambulator
kartasidan ko‘chirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi.
13. Travmatologik va shoshilinch tibbiy yordam punktlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va
boshqa tashkilotlardagi tibbiy vrachlik punktlari shifokorlari uch kalendar kunigacha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi berish huquqiga ega. Ushbu
shifokorlar tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasi hududiy yoki mazkur tashkilotga xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika
muassasasi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
14. Bemor tungi vaqtda tibbiy punktdagi feldsherga murojaat qilganda, unga birlamchi
tibbiy yordam ko‘rsatilganligi to‘g‘risida erkin shaklda ma’lumotnoma beriladi va tegishli
davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi. Ushbu holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
holati aniqlanganda, tegishli davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemor tibbiy
punktga murojaat qilgan kundan boshlab mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi beriladi.
15. Statsionar yoki uning qoshidagi kunduzgi statsionarda davolangan bemorlarga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi davolovchi
shifokor hamda bo‘lim mudiri tomonidan davolanishning barcha davri uchun bemorning
shifoxonadan chiqish paytida bir yo‘la beriladi.
Statsionar yoki uning qoshidagi kunduzgi statsionarda davolangan bemorning mehnat
qobiliyati tiklanmagan taqdirda davolovchi shifokor hamda bo‘lim mudiri tomonidan bemorga
hududiy yoki boshqa davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilishi uchun uch kalendar
kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilgan va yopilmagan holda mehnatga layoqatsizlik
varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi beriladi.
Poliklinika qoshidagi kunduzgi hamda uydagi statsionarda vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda rasmiylashtiriladi.


16. Tez-tez va uzoq kasallanuvchi bemorlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining
buyrug‘i asosida biriktirilgan shifokor tomonidan beriladi va bu haqda yozma ravishda bemorga
va uning ish (o‘qish) joyiga ma’lum qilinadi. Biriktirilgan shifokorning sohasiga tegishli
bo‘lmagan kasallik aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasi tegishli mutaxassis bilan birgalikda beriladi (uzaytiriladi).
Biriktirilgan shifokor ishda bo‘lmaganda bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi boshqa shifokor tomonidan bo‘lim mudiri yoki bosh
shifokor bilan birgalikda beriladi.
17. OITSga qarshi kurashish markazlari va sil, ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil kasalliklari
dispanserlari shifokorlari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari vaqtincha mehnatga
layoqatsizlikning barcha davriga beriladi.
OIV infeksiyasi, sil, ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil kasalliklariga chalingan bemorlar
umumiy yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilganda, mehnatga
layoqatsizlik varaqasi uch kalendar kunigacha rasmiylashtiriladi va ixtisosligi bo‘yicha tegishli
davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.
18. Yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar, o‘qish bilan bog‘liq ta’tillar va ijodiy ta’tillar vaqtida,
shuningdek ishlaydigan pensionerlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun
mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asoslarda beriladi.
Ishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlayotgan shaxslarga
bir vaqtning o‘zida mehnatga layoqatsizlik varaqasi va ta’lim olayotgan shaxslar uchun
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (095\x shakl) beriladi.
19. O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ish joyiga
taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo‘lim mudiri
tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi.
20. Alkogolga qaramlik natijasida kelib chiqadigan kasalliklar va jarohatlarda, shuningdek
bemorning mastligi natijasida olingan jarohatlarda mastlik holati bo‘yicha mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi (094\x shakl) rasmiylashtiriladi.
Jarohat bemorning mastligiga bog‘liq bo‘lmagan holda olinganligi (yetkazilganligi)
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlanganda mastlik holati bo‘yicha mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi (094\x shakl) mehnatga layoqatsizlik varaqasiga almashtiriladi.
Mastlik holati bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining (094\x shakl) amal
qilish davrida o‘z xususiyatiga ko‘ra og‘irroq boshqa kasallik (miokard infarkti, xavfli o‘sma
kasalligi, sil va boshqalar) vujudga kelganda, yangi kasallik aniqlangan kundan boshlab
mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
21. Alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish mehnatga vaqtincha layoqatsizlikning davom
etishiga sabab bo‘layotganligi aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tartibning
buzilishi” satriga tegishli yozuv kiritilgan holda uning muddati shu kundan boshlab to‘xtatiladi va
bemorga mastlik holati bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (094\x shakl)
rasmiylashtiriladi.

Yüklə 382,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin