Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Газиев Э.Г.Управление учебной деятельностью школьников. —Т



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Газиев Э.Г.Управление учебной деятельностью школьников. —Т.:
Фан. 1986.
2 G ‘oziyev E.G ‘.Tafakkur psixologiyasi. —Т.: 0 ‘qituvchi. 1990.
482


psixologik muammolari, komil insonning psixologik nazariya­
si yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan serqirra ijodkor 
olim. Respublikamizda o'quv faoliyatini boshqarish muammosi
E.G‘.G‘oziyev va uning shogirdlari X.Ruxiyeva, Sh.V.Azizovalar 
tomonidan o‘rganilgan. Sh.Azizova tadqiqotida yuqori sinf 
o‘quvchilarida o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik xu­
susiyatlari tadqiq etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘quv faoli­
yatini boshqarish tarkiblarini egallash muayyan bosqichma-bos- 
qich amalga oshadi, turli xususiyatli materiallarni o'zlashtirish 
negiziga quriladi. Egallangan usullar va tarkiblarni yangi vaziyat- 
ga ko‘chirish boshqarish jarayoni vujudga kelganligini bildiradi.
21.5. Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari
Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish- 
ni talab etadi, Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex- 
nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqa­
tini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida 
ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yu­
zaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladi- 
gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. 
Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o'zgarib turadi. 0 ‘qitish 
jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqati­
ni materialning asosiy jihatlariga hamda o'zlashtirilgan material­
ni takrorlashga jalb etish kerak.
Ta’limni avtomatlashtirish pedagogik muammosi o‘qituvchi- 
larning faoliyati takrorlanadigan tarkibiy qismlardan iboratligini 
anglab ularni yordamchi xodimga yoki texnik qurilmaga ham 
topshirilsa bo‘lishini anglaganlaridan so‘ng vujudga keldi.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi to­
monidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. 0 ‘qituvchining 
roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil 
qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish ke- 
rakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki- 
foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,
483


nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda 
olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilma- 
ganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan no- 
to‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.
0
‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini 
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsio- 
nal jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech 
qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni o‘quvchiIar 
yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psixik ho- 
latlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida 
ham bilib borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik 
kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emot- 
sional ruhdagi materialni yaxshiroq o'zlashtirib oladilar.
0
‘tkazilgan tajribalar hech qanday his~tuyg‘u uyg‘otmaydigan 
materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni 
0
‘quvchi- 
lar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchi o‘quv ja- 
rayonining emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu 
muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, 
ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat 
kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga eri­
shish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. 
Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir 
etadi. Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz mu- 
nozara paydo boladi, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy 
munosabatda bo'lingan ishga esa, hech qanday hafsala bolmay- 
di. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch manbayi. 
0
‘qituvchi o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni 
uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga ayla- 
nishiga ko‘maklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qollaganlar: «Talaba — 
toldirilib turilishi kerak bolgan idish emas, balki yoqib turili- 
shi lozim bolgan mash’aldir». Bu fikrning tagida chuqur ma’no 
bor. Ta’lim jarayonining bugungi kundagi asosiy talablaridan biri
484


erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakl- 
lantirish bolib, yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan foydalanish 
uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat 
katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o‘quvchilarning emotsio­
nal bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va 
yo‘nalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi 
qiziqishining ikki turi aniqlanadi. Birinchisi, bevosita, ikkinchisi 
bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o'quvchilarida o‘z fani- 
ga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. 
Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namo­
yon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish — bu shaxsning o‘zi uchun 
qimmatli yoki yoqimli bolgan muayyan narsa yoki hodisalarga 
munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xu- 
susiyatlaridan biri bolib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar ha- 
yotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi 
asosiy turtkilar — motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga 
fan asoslarini yaxshiroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyat- 
larning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. 
0
‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini qiziqtirib qolgan ishning 
o‘zi bilan shug‘ullanishga imkon yaratishgina emas, balki unda- 
gi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, 
shuningdek, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat 
bilan shug‘ullanish istagini, maylini shakllantirishdir.
0
‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qi- 
yinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bi­
lan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq 
tarkib toptirishda namoyon boladigan iroda, ta’lim jarayonida 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish 
uchun intilishi, maqsad yolida ma’lum bir qarorga kelish tez- 
ligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir.
485


Ta’lim jarayonidagi o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqa- 
ror bolishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kat- 
tadir. Ta’lim jarayonidagi iroda o‘quvchining maktab va uyda 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishida namoyon bola- 
di. 0 ‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish o‘quvchining iro­
daviy zo‘r berishiga bogliq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoli- 
yatlarida — masalani yechishga, qo‘yilgan savolga javob topishga 
va hokazolarga intilishida namoyon boladi. Ular o‘quvchilarda 
ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan 
berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning 
tarbiyalanishiga bogliqligi ta’kidlanadi. Irodaviy faollik ta’lim­
ning zarur shartidir. 0 ‘quv muassasasidagi ta’lim jarayonining 
o‘zi o‘quvchilardagi irodani o‘stirish omillaridan biridir. Bunda 
o‘quvchilarning kun tartibi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-bi- 
ri bilan to‘g‘ri almashtirib turish katta rol o‘ynaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish jarayonlarini shakl- 
lantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero, bilish jarayon- 
lari juda murakkab faoliyat bolib, unda jonli mushohadadan 
mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tila- 
di, ana shundan so‘ng obyektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, 
ta’lim jarayonida o‘quv materalini idrok qilishning ahamiyati kat­
ta. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va 
hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning ki- 
shi psixikasida yaxlit obrazini paydo bolishidir. Idrok etish ja­
rayoni ta’limning turli shakllarida, ya’ni o‘qituvchining og‘zaki 
hikoya qilishida, suhbat olkazishda, ma’ruza o‘qishida, kino- 
dars, televizion parcha, sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsa- 
tish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar ham­
da boshqa qollanmalarni o'qitish jarayonida rivojlanadi. Shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchi- 
larning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. 
Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh 
xususiyatlarda turli farqlar mavjud boladi.
486


Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoli- 
yatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odam- 
ning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko'nikma 
va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashti- 
rish jarayoni muammosi P.Ya.Galperin va N. F. Talizina kabi psi- 
xolog olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlami 
bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. 
Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yor- 
damida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab 
berdilar. Aqliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, 
diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xat- 
ti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasav- 
vurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan 
iboratdir. Uchinchi bosqich esa, subyekt ongida tasawur, tushun- 
cha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namo­
yon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql 
bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shu­
ningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo eti- 
shi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda. To‘rtinchi bosqichda ba- 
jarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. 
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bun- 
dan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va 
xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qis- 
man javob bermoqda. 0 ‘quvchilarning hamisha yangilanib turadi- 
gan axborotlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishi va o‘qishni 
bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayot- 
gan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyati­
ni beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini 
tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xu- 
susiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun ta’limning yago- 
na qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo 
o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, 
noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.
487


Bilim oluvchilarning faoliyatiga ko‘ra ta’limning quyidagi 
metodlari ajratiladi:
Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi — bu metod reproduktiv 
metod bo‘lib, unda faoliyat o‘qituvchi tomonidan olib boriladi, 
o‘quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo‘lib, uning 
takomillashtirilgan usullari mavjud, bu — dasturlashtirilgan 
ta’limdir.
Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilar- 
ga bogliq:
Reproduktiv metodda o‘quvchi faoliyat ko‘rsatib, unda o‘quv- 
chiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni 
nusxa sifatida qabul qiladi.
Muammoli ta’lim metodi - o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib, 
u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‘quvchi bil­
im va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashti­
rish yollaridan biri, ishchan o‘yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonida 
o'zlashtirishning 
muvaffaqiyati 
quyidagilarga 
bogliq
488


Qisman izlanish metodi - o‘qituvchi nazorati ostida tash­
kil etiladigan metod bo'lib, u produktiv xarakterga ega, bunda 
o‘quvchi ijod qiladi.
Tadqiqot metodi - o‘qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan 
ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi 
va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Ta’lim jarayoni tashkil 
etishning o'ziga xos metodlaridan biri ishchan o‘yinlardir. Ish- 
chan o‘yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xa- 
rakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim jarayoniga yangi 
pedagogik texnologiyalami kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik tex- 
nologiya - bu ta’lim jarayoniga tizimli yondashuv bo‘lib, unda 
ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari 
hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning opti­
mal shakllari yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalami quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish 
mumkin:
— ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo£yiladigan ijtimoiy 
talablar;
— hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
— ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga 
oshirish vositalari;
— ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish;
— ijodiylik.
Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Psi- 
xologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning indivi- 
dualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim 
texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondashuvlarga e’tibor berish kerak:
— ta’limning shaxsga yo£naltirilganligi. 0 ‘z mohiyatiga 
ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilar- 
ning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat 
ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining 
intellektual rivojlanishi darajasiga yo'naltirilib qolmay, uning
489


ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham 
anglatadi;
— tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha 
belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur, jarayonning mantiqiyli- 
gi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi;
— amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini 
shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish, o‘quvchi faoliyati­
ni faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning bar­
cha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorli- 
gini ishga solishni shart qilib qo'yadi;
— dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi subyekt- 
larning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zarurati- 
ni belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot 
eta olishi kuchayadi;
— hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, teng- 
lik, subyektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengli- 
gi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda 
tutadi;
— muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli ho- 
latlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi 
hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy 
bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilish­
ning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyat- 
da ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi. Ta’lim texnologiyalarini 
qo‘llashda:
— axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydala- 
nish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyala­
rini jalb qilish;
— o‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muam­
moli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, «aqliy hujum», insert, «Birga­
likda o'rganamiz», pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual 
ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, 
avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy)lardan foy- 
dalanish;
490


- o‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, 
dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslanish;
- o‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ru- 
za matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik or- 
ganayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
- o‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida 
o‘qitishning diagnostik (tashxis) usullarini qo‘llash;
- o‘quv mashg'ulotini texnologik karta ko'rinishida rejalash- 
tirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan 
maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi 
faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishla- 
rini aniqlab beradi. Shunga ko‘ra boshqarishning samarali usuli 
va vositalaridan foydalanish;
- monitoring va baholash. 0 ‘quv mashg‘uloti va butun kurs 
davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini 
har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash mu­
him sanaladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin