Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shaklidan ham,
ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat
organlari oldidagi to
‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash
majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez
foydalaniladi. Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
•
soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar;
•
soliqlardan imtiyozlar;
•
boshqa imtiyozlar.
Soliq to‘lashda imtiyoz berish quyidagi ko‘rinishlarda
bo‘lishi mumkin:
•
xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;
•
homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.
Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
•
notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga
olish, yer maydonlarini ajratish;
•
litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;
•
aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda
imtiyozli tariflardan foydalanish;
•
va boshqalar.
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga
aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga
mos kelay
otgan bo‘lsa, xarajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar
kiritish huquqiga ega emas.
Dostları ilə paylaş: