3-mavzu. Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari


Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari



Yüklə 214,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü214,49 Kb.
#168854
1   2   3   4   5   6
3-Mavzu. MM Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari

Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga 
bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta 
taqsimlashda, 
daromadlarni 
shakllantirish 
va 
ulardan 
foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-
birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. 
Moliyaviy tizimning har bir sohas
i va bo‘g‘iniga pul fondlari va 
daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga 
xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, 
korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni 
yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir 
qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga 
Moliyaviy tizim 
Xo
‘jalik yurituvchi 
subyektlar moliyasi 
Davlat moliyasi va 
mahalliy moliya 
Tijorat korxonalari va 
tashkilotlari moliyasi 
Moliyaviy vositachilar 
moliyasi 
Notijorat tashkilotlar 
moliyasi 
Davlat
byudjeti 
Byudjetdan tashqari 
davlat 
Maqsadli fondlari
Davlat
krediti 


xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning 
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, 
tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta 
taqsimlanadi. 
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi:

respublika byudjeti; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy 
byudjetlar. 
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va 
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa 
viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va 
shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga 
bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, 
tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti 
tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar 
byudjetidan tashkil topadi. 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z 
oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: 

daromadlar asosini mustahkamlash; 

byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini 
ta’minlash; 

modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni 
innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish; 

soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish 
tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar 
daromad bazasini kengaytirish; 

byudjet defitsiti darajasini kamaytirish; 



byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-
millashtirish; 

G‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet 
mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni 
kuchaytirish va h.k. 
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat 
maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda 
tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu 
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi 
yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli 
manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu 
ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va 
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan 
shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning 
uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va 
mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi 
belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini 
quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat 
maxsus fondlari; 

tarm
oqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat 
maxsus fondlari. 
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat 
maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va 
mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida 
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

Respublika yo‘l fondi; 



O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus 
hisobvarag‘i; 

Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya 
fondi.
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi 
mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy 
nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda-
lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy 
resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish 
maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya 
qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan 
fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib 
qolishi ta’minlanishi lozim. 
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga 
xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb 
qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari 
bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy 
shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida 
shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga 
oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham 
maydonga chiqadi. 
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida 
davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning 
kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy 
shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) 
bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga 
qaramasdan, 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
byudjetdan 
moliyalashtirish ha
m qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq 
asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. 


Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat 
xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish 
imkoniyatlariga nisbatan yuqori su
r’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan 
byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy 
tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini 
to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda 
hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy 
bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning 
mustaqil 
sohasi 
hisoblanadi. 
Uni 
boshqacha 
nomda 
mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi 
deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida 
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda 
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta 
taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet 
fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida 
byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan 
moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida 
korxonalarning 
joriy 
va 
investitsion 
faoliyatlarini 
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi 
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar 
moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan 
tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini 
tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka 
egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish 
shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga 
egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari 
moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy 
resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning 


umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli 
bilan belgilanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining 
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga 
muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan 
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy 
rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka 
ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi 
mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra 
foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni 
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslar
idan, ya’ni bank 
kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va 
boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun 
zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar. 
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod 
bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy 
natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. 
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab 
tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes 
sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham 
mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga 
yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari 
ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va 
nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori 
ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining 
yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, 
jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi 
va 
ikkinchi 
tomondan, 
bozor 
iqtiso-diyotining 
ijtimoiy 
yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun 
xarakterlidir) bilan bog‘liq. 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish 
ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda 


ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga 
ijtimoiy, xayr-
ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, 
sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, 
yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. 
Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil 
bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo‘lishi, 
tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z 
a’zolarining 
iqtisodiy 
manfaatlariga, 
ma’lum 
toifadagi 
shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu 
sohasi
2
, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining 
ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham 
yuritiladi
3

Turli ma
mlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va 
iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat 
sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, 
qator miqdoriy ko‘rsatkichlarning tahlili bu sektorning taraqqiy 
topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 


Yüklə 214,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin