Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
#16542
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bu bog‘liqlik asosida o‘simlikning kasallanish jarayoni sodir bo‘ladi.

143
Amerika  fitopatologi Flor  (1962)  gen-genga   gi potezasini
olg‘a surgan. U kanop o‘simligida zang kasalligining kelib
chiqishini o‘rganishga bag‘ishlagan bo‘lib, kuzatishlar natijasida
48 ta zamburug‘ rassasi ajratilgan.
Flor kashfiyoti asosida bitta gen chidamlilikka javob bersa, bitta
gen verulentlikka, 2 ta gen chidamlilikka javobgar bo‘lsa, 2 ta gen
verulentlikka xizmat qilishi zarurdir. Flor teoriyasi asosida
komplementar genlar mavjudligi isbotlandi. Jumladan, bunday
genlar kartoshkaning fitoftoroz, pomidorning klectosporioz,
olmaning parsha, bug‘doy, arpaning un shudring va qora kuya
kasalligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘simliklarning kasallanish darajasida hujayra membranasi
muhim rol o‘ynaydi. Hujayraning tashqi membranasi vositasida
hujayra tashqi muhit bilan bog‘lansa, ichki membrana vositasida
to‘qimalardagi asosiy biokimyoviy, fiziologik jarayonlar amalga
oshadi. Hujayra membranasining o‘tkazuvchanlik xususiyatidan
foydalanib mikroorganizmlarning kasallanish jarayonida o‘simlik
va parazit orasidagi munosabatlarning amalga oshishida hujayra
oziqlanish jarayoni muhim rol o‘ynaydi.
Oziqlanish jarayonida hosil bo‘lgan zamburug‘ zaharli
moddalari hujayraga ta’sir qilib, uning chidamlilik xususiyatining
pasayishiga sabab bo‘ladi.  Bu jarayon hujayra membranasidagi
patogen organizmlarning hujayra bilan munosabatda bo‘lgan
birinchi bosqichidir. Barcha qolgan jarayonlar zararlangan
hujayrada ro‘y beradi.
Munosabatlarning amalga oshishida mavjud fermentlar ham
asosiy rol o‘ynaydi. Ferment hosil qilish xususiyatiga ega
bo‘lmagan zamburug‘lar hujayraga kirib kelish xususiyatiga ega
bo‘lmaydi.
O‘simliklarning immunitet xususiyatining hosil bo‘lishida
o‘simlik va patogen mikroorganizm hosil qiladigan oqsil ham asosiy
rol o‘ynaydi. Shuning uchun zamburug‘ hosil qilgan antigenlari
o‘simlik antigeniga to‘g‘ri kelsa, u o‘simlikka tezda kirib keladi,
to‘g‘ri kelmasa, u to‘siqqa uchraydi. Bunday hodisa Fusarium,
Verticillium zamburug‘larida aniq kuzatilgan. Bu zamburug‘lar hosil
qilgan sellyulaz, pektinaz, ksilanaz fermentlari har qanday
o‘simlik to‘qimalarini parchalash xususiyatiga ega bo‘lganligidan
ular 400 dan ortiq turdagi o‘simliklarni zararlash xususiyatiga
ega bo‘ladi.

144
 Savollar
Kasallikka chidamlilikni genlar vositasida nazorat qilinayotganligining
mohiyati va ilmiy asoslarini izohlang?
Turlar orasidagi munosabatlar mexanizmi nima?
O‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchilarning evolutsiyasi nima?
Patogenlik genetikasi nima?
Gen va  gen gi potezasining mohiyati nimadan iborat?
O‘simlik va parazitlarning o‘zaro munosabati qanday amalga oshadi?

145
11-BOB. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik
seleksiyasi
Fanga ma’lum bo‘lgan 286000 turdagi yopiq urug‘li
o‘simliklarning 1500 turi qishloq xo‘jalik ekinlari sifatida
o‘stiriladi. Respublikamizda esa 400 turdagi madaniy o‘simliklar
yetishtiriladi. Insoniyat tamonidan bu o‘simliklar bir-biri bilan
chatishtirib, qimmatli madaniy navlar keltirib chiqarilgan.
Jumladan, bug‘doyning 3000, kartoshkaning 2000, atirgulning
5000, uzumning 5000 navlari yaratilgan.
O‘simliklarning kasallik va hasharotlarga chidamlilik
seleksiyasi eng murakkab ilmiy masala hisoblanadi. Inson qishloq
xo‘jalik ekinlarining navlarini yaratish jarayonida o‘simlik
evolutsiyasini hasharot va kasallik qo‘zg‘atuvchisining seleksiyasi
jarayoni bilan bog‘lab olib borishi zarur. Ya’ni seleksioner
olimlar  fitopatologlar, entomologlar bilan hamkorlikda ish
olib borishi zarur. Yaratiladigan yangi navlarni kasallikka va
hasharotlarga chidamlilik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘lish
mumkin.
1. O‘simlikning kasallikka chidamlili — ya’ni, parazitlarning
rivojlanishini to‘xtatish xususiyati. Bunda parazit rivojlanishi
sekinlashishi, hayot jarayoni to‘xtashi yoki ular sonining ma’lum
miqdorga pasayishi nazarda tutiladi. Bunda o‘simlikning immunitet
xususiyati asosiy rol o‘ynadi.
2. Parazitga bardoshli kasallik qo‘zg‘atuvchi o‘simlikda normal
rivojlansa-da, o‘simlik qoniqarli miqdorda hosil beradi.
3. Parazitdan chetlab o‘tish. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va
o‘simlikning rivojlanish fazalaridagi har xil muddatning
vujudga kelishi. Ko‘pchilik o‘simliklar qisqa muddat ichida
pishib yetilganligidan kasallik yoki hasharotlar rivojlanib
u l g u r m a y d i .   M a s a l a n ,   k o ‘ p g i n a   g ‘ a l l a   e k i n l a r i   z a n g
zamburug‘idan shunday qilib saqlanib qoladi. Kartoshkaning
erta ekiladigan navlarini yetishtirish fitoftoraning tarqalishiga
imkon bermaydi.

146
Yuksak o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi gen vositasida
nazorat qilinadi. Biffen (1905) tomonidan bug‘doyning zang
zamburug‘iga chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb
ko‘rsatilgan. Haqiqatan ham har qanday o‘simlik navi
yaratilishida fitopatologlar va genetiklar hamkorligi muhim
ahamiyatga ega.
Har qanday o‘simlikning kasalliklarga chidamliligi bir necha
genlar asosida amalga oshadi. Ko‘p genga ega bo‘lgan
o‘simliklarda ko‘p kasalliklarga chidamlilik hosil bo‘ladi. Bunda
kasallik qo‘zg‘atuvchilarininng fiziologik rassalari  asosiy rol
o‘ynaydi. Har bir rassa mustaqil parazit hisoblanib, o‘simlikning
unga ma’lum bir chidamlilik fiziologik yoki biokimyoviy
xususiyatlari paydo bo‘ladi. Masalan, g‘o‘zaning vilt kasalligiga
c h i d a m l i   n a v l a r n i   y a r a t i s h   j a r a y o n i d a   t u p r o q d a g i
mikroorganizmlarni ham seleksiya qilib boriladi. Vaqt o‘tishi
bilan hosil bo‘lgan rassalar yangi navni ham zararlash
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va
infeksiya manbaining ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Ma’lum
bir paytda bir xil navdagi o‘simlikni surunkasiga yetishtirish
kasallikning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kartoshkada
fitoftoroz, g‘alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi,
g‘o‘zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida
kasalliklarga chidamli o‘simliklarni ajratib olish seleksiya
ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Shunday usulda tanlab
olingan o‘simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli
navlar bilan o‘zaro chatishtiriladi. Masalan, zang kasalligiga
chidamli bo‘lgan kungaboqarni Zelenka navi, fitoftorozga
chidamli bo‘lgan kartoshkaning Chempion, fuzariozga
chidamli bo‘lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar
ichidan tanlab olingan o‘simliklarni chatishtirish asosida hosil
qilingan. Bu navlarni yetishtirish jarayonida ular ham ma’lum
muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo‘qotib, turli
miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi
oldini olish maqsadida seleksiya, urug‘chilik, navlarni
rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani
muvaffaqiyatli hal qilishda konvergent navlarni yaratish, ko‘p
liniyali va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim
ahamiyatga ega.

147
Konvergent navlarning xususiyati. Konvergent navlar
kasallikka nisbatan bir necha chidamli genlarga ega bo‘lib, bu
genlar ma’lum fiziologik rassalarga chidamlilik xususiyatini
namoyon qiladi. Bunday chidamlilikni monogen chidamlilik
deyiladi. Monogen chidamlilik o‘simliklarni kasalliklardan
himoya qilishi mumkin edi, lekin ko‘pgina patogen organizmlarga
xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tufayli yangi rassalar hosil bo‘lib
turadi.
Har qanday yangi nav gen va gen nazariyasiga asosan
o‘simliklarning chidamlilik xususiyatiga nisbatan patogenning
a g r e s s i v l i k   x u s u s i y a t i n i   n a m o y o n   q i l a d i .   L e k i n   b u
agressivlikning kelib chiqishiga 4—5 yil o‘tishi mumkin. Yangi
nav yaratilishi bilan yangi rassalar hosil bo‘ladi va u ma’lum
vaqtdan keyin turlicha zararlanadigan bo‘lib qoladi. Shuning
uchun konvergent navlarni yaratish rejalashtirilganda navbatdagi
yangi muddatda yana yangi nav yaratish rejalashtirib qo‘yilishi
kerak.
Ko‘p liniyali navlar. Bu o‘simlikning agronomik belgilari bir
xil bo‘lsa-da, har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi.
Ya’ni ko‘p liniyali navlar har xil kasalliklarga nisbatan har xil
chidamlilikka ega bo‘lgan genoti plar  yig‘indisidir. Bunday navlar
bug‘doyni un shudring, sariq zang kasalligidan saqlashda keng
foydalaniladi. Ular Meksikada keltirib chiqarilgan bo‘lib, 10 yil
davomida muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda.
Poligenli chidamlilik. Poligenli chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan
o‘simliklar barcha patogenlarning rassasiga chidamlilik qiladi. Bu
turdagi chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi.
Poligen chidamlilikning hosil bo‘lishi zamburug‘larning kirib
kelishiga chidamlilik, tarqalishiga chidamlilik, inkubatsion davriga
chidamlilik turiga bo‘linadi. Zamburug‘larning kirib kelishiga
to‘sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar:
1. Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi;
2. Bargning ustki  qismida mumli qavatning mavjudligi;
3. Ustitsalar soni va kutikulaning qalinligi;
4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki to‘xtatadigan
moddalarning mavjudligi.
Infeksiyaning o‘simlik to‘qimalarida tarqalishiga chidamlilik
o‘simlikning quyidagi xususiyatlariga bog‘liq ravishda amalga
oshadi:

148
1. O‘simlik a’zolarining yuzasida kollenxima va sklerenxima
qavatning bo‘lishi.
2. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zararli
moddalarning bo‘lishi.
3. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zarur oziqa
moddalarining bo‘lmasligi.
Poligen chidamlilik o‘simlik mikroorganizmlarining kirib
kelishiga, uning tarqalishiga, spora hosil qilishining kamayishiga
olib keladi. Natijada o‘simlikning mikroorganizmlar bilan
zararlanishi kechikib, u normal rivojlanib, hosil miqdorini saqlab
qoladi.
 Savollar
O‘simliklar kasalliklarga chidamlilik darajasiga qarab qanday turlarga
bo‘linadi?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik genetikasining mohiyati
qanday?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi va uning keng tarqalishining
ahamiyati nimadan iborat?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini hosil qilish yo‘llarini
tushuntiring?
Konvergent navlarning xususiyati qanday?
Ko‘p liniyali navlarning xususiyati qanday?
Poligenli chidamlilik deb qanday chidamlilikka aytiladi?

149
12-BOB. O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini
yetishtirish usullari
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda,
ularning kasalliklarga nisbatan chidamliligini ta’minlashda
agrotexnik tadbirlar bilan birga seleksiya fani yutuqlaridan
foydalanish muhim iqtisodiy samara beradi. Seleksiya yo‘li bilan
yaratilgan navlardagi xususiyatlar o‘simlikning genetik
mexanizmi bilan bog‘langan bo‘lib, nasldan-naslga o‘tib borishini
nazarda tutib, chatishtirish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim
nazariy ahamiyatga egadir.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarni
yetishtirish uchun yalpi tanlash, gibridlash va yakka mutagenez
usullaridan foydalaniladi.
Yalpi tanlash chidamli navlarni yaratishda keng qo‘llaniladigan
usuldir. Bunda o‘simlikning kasallik va hasharotlarga nisbatan
chidamlilik xususiyatini yakka tartibda tanlab olinadi. Ma’lum
navdagi o‘simliklarning geterozigota populatsiyalari har xil bo‘ladi.
Bir xil sharoitli infeksion fonda o‘sayotgan o‘simliklar ichida
ayrim  o‘simliklar chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari esa
nisbatan chidamsizlikni namoyon qiladi. Eng chidamli
xususiyatlarni namoyon qilgan o‘simliklar tanlab olinib, turli
kasalliklarga chidamli navlar hosil qilingan. Masalan, shu usuldan
foydalanib kungaboqarning shumg‘iya va qorakuyaga, zig‘ir
o‘simligining fuzariozga chidamli navlari yaratilgan. Yalpi
tanlash usuli har yili o‘simliklar ichidan kasalliklarga chidamlisini
yangidan tanlab olib borishni talab qiladi. Bu usuldan foydalanib
infeksion fonda o‘sgan kungaboqarning qorakuya va shumg‘iyaga
chidamli navlari, kanopning fuzariozga chidamli navlari
yaratilgan.
Chatishtirish (gibridlash) usuli o‘simliklarni tur ichida,
turlararo va oilalararo chatishtirishda qo‘llaniladi. Chatishtirish
jarayonida chidamlilik xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlarni bir
navda namoyon qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni hosildorlik,
mahsulot sifati, kasallikka chidamlilik xususiyati nazarda tutiladi.
Madaniy o‘simliklar orasida chidamli navlarni uchratish qiyin,

150
lekin yovvoyi turdagi o‘simliklarda chidamlilik yorqin
ifodalangan. Masalan, yovvoyi g‘o‘zada viltga chidamlilik
xususiyati, begona o‘tlarda hasharotlarga chidamlilik yorqin
ifodalangan.
Tabiiy genofonda uchraydigan o‘simliklarning bunday
xususiyatlaridan madaniy o‘simliklarning foydali xususiyatlarini
umumlashtirish uchun ularni chatishtirib yangi navlar yaratish
maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlardan foydalanib g‘o‘zaning viltga
chidamli navlari yaratilgan. Meksikada o‘suvchi yovvoyi kartoshkani
madaniy kartoshka bilan chatishtirib, fitoftoroz kasalligiga chidamli
navlari yaratilgan.
Bu boradagi tadqiqotlar N.I. Vavilov tamonidan ekologo-
geografik tamoyil asosida amalga oshirilib o‘simliklarning kelib
chiqishi Osiyo, Markaziy Osiyo va Yevropa markazlari misolida
tushuntirilgan.
Sun’iy mutagenez usuli  chidamli navlar yaratishda yangi
yo‘nalish hisoblanadi. Bunda radiaktiv nurlanish, neytronlar,
kimyoviy moddalar va fizik-kimyoviy faktorlar ta’siridan
foydalaniladi. Bu faktorlar ta’sirida tabiatda yo‘q mutatsiyalarni olish
imkoni tug‘iladi. Masalan, qorakuya kasalligiga chidamli bug‘doy
navlari gamma nurlar ta’sirida hosil qilingan.
Turlararo va oilalararo farq qiladigan o‘simliklarni
chatishtirish jarayonida gullarining gullash davridagi tafovuti yoki
gul tuzilishidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular chatishmaydi,
urug‘ hosil qilmaydi va steril qoladi.
Vegetativ usulda ko‘payuvchi o‘simliklardan kartoshka, uzum,
mevali va rezavor o‘simliklar vegetativ ko‘payish xususiyatiga
ega bo‘lganligidan ularda ko‘payish to‘xtamaydi. Bunday o‘simliklarda
uzoq formalarni chatishtirish ahamiyatga ega. Lekin urug‘ uchun
o‘stirilgan o‘simliklarda avlodlarni chatishtirish jarayonida kam urug‘
hosil qilish xususiyatining hosil bo‘lishi yechimini topish lozim
bo‘lgan masaladir.
M a x s u s   k i m y o v i y   u s u l l a r n i   q o ‘ l l a s h   n a t i j a s i d a
xromosomalar  sonini orttirish usuli ishlab chiqilgan. Masalan,
Kolxitsin moddasi ta’sirida xromosomalar soni 2 marta orttiriladi,
lekin hujayra bo‘linishi saqlanib qoladi.  Natijada poli plod
xromosomaga ega bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi. Sun’iy hosil
qilingan poli plod turlarning chatishmaslik xususiyatini yo‘qotadi.
Masalan, kartoshkaning yovvoiy turi Solianum bulbacastanum

151
2 n-24 xromosomaga, madaniy turi Sollanium tuberasum 2 n-
48 xromosomaga ega bo‘lganligidan ular bir-biri bilan
chatishmaydi. Yovvoyi kartoshka o‘simligi fitoftora kasalligiga
yuksak chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Undagi
xromosomani ikki barobar ortirib kasallikka chidamli navlar
hosil qilingan. Lekin bunday tadqiqot ishlarida chatishtirish
jarayonida foydali xususiyatlari bilan birga, yovvoyi nav
uchun xos bo‘lgan kam hosil berish, mahsulot sifatining
yomonlashuvi ham kuzatiladi. Bunday yomon ko‘rsatkichlarni
yo‘qotish uchun yaratilgan yangi navni madaniy navlar bilan
qayta chatishtiriladi. Seleksiya davomida yomon xislatlar
muntazam yo‘qotilib boriladi.
Yangi nav yaratishda murakkab chatishtirish usulidan ham
foydalaniladi. Bu usulda chatishtirishda foydalanilgan navlar areali
kengaytirilib, o‘simliklarning kompleks xususiyatlaridan
foydalaniladi.
Kasalliklarga chidamli navlarni yaratish jarayonida hosil
bo‘lgan gibridlarning keyingi avlodlarida o‘simliklarning hasharot
va kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan munosabatda bo‘lishi hosil
bo‘ladigan belgilar miqdoriga bog‘liqdir. Seleksiya ishlarida
navlarning kasallik va hasharotlarga chidamliligi nav sinash
uchastkalaridagi tabiiy zararlangan joylarda olib boriladi. Lekin
tabiiy sharoitlarda kasallik qo‘zg‘atuvchilar va hasharotlar zarari
bir xil miqdorda o‘simlikka ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun
ularning chidamlilik darajasini tekshirish ishlari maxsus hosil
qilingan infeksion fonlarda yoki provokatsion fonlarda o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
 Savollar
Kasallikka chidamli navlarni yetishtirishdan maqsad va vazifalar
nimalardan iborat?
O‘simliklarni chatishtirish usullari va muammolari qanday?
Ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarini yetishtirishda yalpi tanlash,
gibridlash va yakka mutagenez usullarining mohiyati nima?

152
13-BOB. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini
baholash
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini baholashda
ularning chidamliligini aniqlash usullari asosiy rol o‘ynaydi.
Chunki dala sharoitida kasallikning rivojlanishi uchun qulay
sharoit hamisha mavjud bo‘lavermaydi. Kasallikka chidamlilik
belgilarini aniqlay bilish va uning seleksion belgilarining kelgusi
avlodida namoyon bo‘lishi mutaxassis oldida turgan asosiy masala
hisoblanadi. Seleksiya ishlarida navlarning kasallikka chidamliligi
masalasi tabiiy kasallik manbalari va hasharotlar kuchli tarqalgan
dalalarda sinab ko‘rilishi kerak. Bunday dalalar kasallik va
hasharotlar tarqalishini oldindan prognoz qilingan dalalarida
ham rejalashtirilishi mumkin. Lekin tabiiy infeksiya manbalarida
monogen va poligen patogenlarning rivojlanishiga qulaylik
hamisha vujudga kelavermaydi. Shuning uchun o‘simliklarning
kasalliklarga chidamliligini baholashning maxsus laboratoriya
usullarini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Laboratoriya usullarini
ishlab chiqish o‘simliklarni seleksiya qilishni tezlashtiradi,
seleksion belgilarning sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Masalan, bug‘doy va arpaning chang qorakuya kasalligiga
chidamliligi bug‘doy guli tumshuqchasida sporaning unish
tezligini e’tiborga olish asosida aniqlangan. Ungan sporalar
gulning tugunchasiga kirib kelish tezligiga qarab o‘simlikning
chidamlilik darajasi aniqlanadi. Natijada patogenning o‘simlikka
kirib kelish, tarqalish tezligi va xo‘jayin o‘simlikning chidamlilik
darajasi aniqlanadi.
Shunday qilib, laboratoriya sharoitida qo‘llaniladigan ekspress
usullarda o‘simliklar uchun xos bo‘lgan ayrim belgilarni chang
qorakuya kasalligi bilan zararlanishini tekshirish uchun
sporaning urug‘chi tumshuqchasida o‘sish tezligi va urug‘ning
zararlanish darajasi aniqlanadi. Laboratoriya usulidan foydalanish
patogenning o‘simlik ichiga kirib kelish mexanizmini va
patogenning tarqalish tezligini o‘z vaqtida aniqlash imkonini
beradi.

153
O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda va
ularning chidamliligini sinab ko‘rishda infeksion fon va infeksiya
miqdori asosiy rol o‘ynaydi. Infeksion fon o‘simlikni zararlash
imkoniga ega bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tuproqda
mavjudligi va ularning o‘simlikni zararlay olish xususiyatiga aytiladi.
Infeksiya miqdori deb, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining (bakteriya
hujayrasi, zamburug‘ sporasi, virus donachalari) o‘simlik yuzasiga
ta’sir etuvchi miqdoriga aytiladi.
Infeksion fonlar hosil qilinishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
tabiiy va sun’iy infeksion fonlar.
Tabiiy infeksion fonlar tuproqda bir xil sharoitda uzoq muddat
davomida bir xil o‘simliklarni muntazam yetishtirish natijasida
hosil qilinadi. Bunday fonlar Respublikada paxta yakkahokimligi
vaqtida tuproqda Fusarium, Verticillium zamburug‘larining ko‘p
miqdordagi infeksion fonlarining hosil bo‘lishiga olib keldi. Bir
dala sharoitida bir xildagi g‘o‘za navlarini 10—12 yil davomida
yetishtirish  dalalarda vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi infeksiya
manbayining  muntazam to‘planib borishiga sabab bo‘lgan.
Tabiiy infeksion fonlarda tuproqda keng tarqalgan kasalliklardan
so‘lish, ildiz chirish, qorakuya kasalliklariga navlar chidamliligini
sinash yaxshi samara beradi. Bunday fonlarda o‘simliklarni uzoq
yillar davomida sinab ularning chidamlilik xususiyatlarini o‘rganib
borish mumkin.
Sun’iy infeksion fonlar hosil qilish uchun kasallik
qo‘zg‘atuvchisi laboratoriya sharoitida alohida o‘stirilib, keyin
o‘simlikka yoki tuproqqa solinadi. G‘o‘zaning viltga chidamliligini
tekshirish uchun sun’iy fon N. Solovyev (1950) usuli asosida
hosil qilinadi. Buning uchun Vertisillium, Fusarium zamburug‘lari
turlari alohida sterelizatsiya qilingan sulida o‘stirilib, bir gektar
yerga 400 kg miqdorda solinadi. Bunday hosil qilingan infeksion
fonlarga birinchi yil kasallikka chidamsiz navlar ekilib sinab
ko‘riladi. Kelgusi yildan boshlab yangi navlar sinab ko‘riladi.
Tuproqdagi ekologik holatni o‘zgartirish asosida namlik, tuproq
strukturasi, ekish muddatlarini o‘zgartirish asosida o‘simlikni
sinash uchun provokatsion fonlar hosil qilinadi. Bug‘doyning qor
ostida chirishini o‘rganish uchun F. nivale zamburug‘i, kanopning
zang kasalligi bilan kasallanishini aniqlash uchun Melamspora lini
zamburug‘ining kanop poyasidagi infeksiya tuproq bilan baravar
aralashtirilib,  o‘simliklar ekilib sinab ko‘riladi.

154
Infeksiya miqdori, deganda, kasallik keltirib chiqaruvchisini
o‘simlikka ta’sir etishga qodir bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilari
spora miqdori tushuniladi. Ular miqdoriga qarab minimal,
maksimal, optimal bo‘lishi mumkin. Infeksiya miqdori
o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasi, patogenning
agressivligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Bug‘doyning qattiq
qorakuya kasalligini kelib chiqishini sinash uchun 1 kg bug‘doy
urug‘iga 1—10 g qorakuya zamburug‘i xlamidosporalaridan
foydalaniladi.
Infeksiyaning optimal miqdori kasallikka chidamsiz navni
turli konsentratsiyadagi zamburug‘ sporalari bilan zararlab
aniqlanadi. Masalan, kartoshka barglariga berilgan infeksiya
miqdoriga qarab bargda hosil bo‘lgan bujmayishlar miqdori
navning chidamliligiga qarab turlicha miqdorda belgilarni hosil
qiladi. Bunda konidiylar konsentratsiyasi 100, 50, 25 miqdorda
bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin