Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
#16542
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
vositalari, defoliantlari hamda o‘sishni boshqaruvchi vasitalar
ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Fungitsidlarning zamburug‘larga ta’siri turlicha bo‘lib, ular
patogen organizmning ferment xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, muhim
biokimyoviy jarayonlarning buzilishiga olib keladi va uni nobud
qiladi. Ayrim fungitsidlar patogenning kislorod bilan ta’minlanishini
to‘sib qo‘yadi.
Fungitsidlar xususiyatlariga qarab suspenziya konsentrati,
emulsiya konsentrati, namlovchi kukun, eruvchi kukun, suvli
dispersiyalanuvchi granulalar, eritma, suvli emulsiya turlariga
bo‘linadi. Bu xususiyatlarni fungitsidlardan foydalanish
jarayonida e’tiborga olish lozim bo‘lib, texnika xavfsizligini
ta’minlashda va ularni ishlatishda  qat’iy amal qilishni talab
qiladi.
Kasalliklarga qarshi fungitsidlar ma’lum  konsentratsiya va
miqdorda qo‘llaniladi. Fungitsid massasining foydalanilgan yuzaga
ishlatilgan miqdori doza deyiladi.
Fungitsidlarning zaharlilik xususiyati konsentratsiyasida
ifodalanadi. Ya’ni foydalanilayotgan eritmadagi zaharli
moddalarning kukun, emulsiya yoki suspenziyadagi miqdori
fungitsidning konsentratsiyasi deyiladi. Fungitsid konsentratsiyasi
foizda, milligrammda va grammda ifodalanib, 100 l eritmada 1 l
yoki 1 va 100 kg kukun deb hisoblanadi.

167
Fungitsid sarfi deb, ishlov beriladigan maydonga sarflana-
digan preparat miqdoriga aytiladi. Masalan, purkaladigan
kukunli fungitsidlarning 1 ga maydonda foydalaniladigan miqdori
kg da ifodalanadi. Suyuq fungitsidlarni 1 ga maydonga sarflashda
litr hisobida olinadi. Omborxonalarni dizenfeksiya qilishda 1 m
3
joyga sarflanadigan kukunlar grammda, suyuqliklar litrda
ifodalanadi.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning
biologik xususiyatlarini hisobga olib, o‘simlik urug‘lari,
ko‘chatlari va o‘sayotgan o‘simliklarga turlicha yo‘llar bilan
ishlov beriladi.
D o r i l a s h   d e b ,   p a t o g e n   m i k r o o r g a n i z m l a r g a   q a r s h i
kimyoviy moddalar bilan urug‘larga ekishdan oldin ishlov
berishga aytiladi. Dorilangan urug‘lardagi infeksiya nobud
bo‘lib, urug‘ unayotgan vaqtda uning ichkarisiga tuproqdagi
infeksiya kirib kelishiga va kasallikning yangi hududlarga
t a r q a l i s h i g a   b a r h a m   b e r i l a d i . D o r i l a s h   f u n g i t s i d n i n g
xususiyatiga qarab, quruq, namlash va yarim quruq usullarda
amalga oshiriladi.
Quruq dorilash usulida fungitsid ekilishi lozim bo‘lgan
urug‘larga ekishdan 3—6 oy oldin to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashtiriladi.
Namlash usulidan foydalanilganda 1 t urug‘ga 5—8 l suv qo‘shib
ishlov beriladi.Urug‘ namligi 1 % ga ortirilishi mumkin.
Fungitsidlarning urug‘ga yopishish xususiyatini ortirish
maqsadida 1 t urug‘ga 0,15—0,2 kg/t slikat kley aralashtiriladi. Suyuq
preparatlar 1 t urug‘ga 5—10 l miqdorda sarflanadi.Urug‘larni
dorilashda shnekli, barabanli va kamerali ishlov berish
mashinalaridan foydalaniladi.
Namlash yo‘li bilan dorilashda bug‘doyning qorakuya
kasalliklariga qarshi kurashda foydalaniladi. Masalan, 100 l
formalinning (1 kg 40 % li formalin 30 s donga aralashtiriladi)
eritmasi 1 t donga sarflanadi.
Purkash fungitsidning eritmasini ishlov berilayotgan
o‘simlik, tuproq, issiqxona va omborxonalarga maxsus
purkagichlar vositasida sepish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda fungitsidlarning 1 ga maydonga sarfi 15—26 l ni
tashkil qilib, purkash hosilni yig‘ib olishdan 3—4 hafta oldin
o‘tkaziladi.

168
Purkash ishlarini amalga oshirishda shamolsiz kunlar tanlab
olinib, erta saharda va kechki muddatlarda o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharaoitida UMO, OVS-A,ON-
400-5, OPS-30 B, OSHU-50 A markali purkagichlardan
foydalaniladi.
 Savollar
Fungitsidlarning ta’rifi va ular ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga qarab
qanday turlarga bo‘linadi?
Fungitsidlar qanday miqdorlarda qo‘llaniladi?
Fungitsid sarfi deb nimaga aytiladi?
Dorilash turlari va muddatlari qanday?

169
16-BOB. Mevali daraxtlarning kasalliklari
Ko‘chatxonadagi urug‘dan ungan va payvandlangan
ko‘chatlarning kasalliklari.
  Pitomnikning ko‘chat yetishtiradigan
dalalarida uchraydigan kasalliklariga parsha (kalmaraz), un shudring,
ildiz raki va virus kasalliklarini kiritish mumkin.
Ildiz raki. Bu kasallik bilan ko‘chatlar 50—80 % gacha
zararlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Pseudomonas tumefaciens
Stevens. bakteriyasi bo‘lib, u juda ko‘p mevali o‘simliklarni
kasallantiradi. Ildizni zararlangan qismidan va ildiz tukchalaridan
kirgan bakteriyalar ildiz hujayralarining tezda nobud bo‘lishiga sabab
bo‘ladi va ko‘p miqdordagi o‘smani hosil qiladi. Kasallik tuproqda
namlik kam bo‘lganda keng tarqaladi. Kasallangan o‘simlik tezda
qurib qoladi (38-rasm).
38-rasm. 
Mevali daraxtlarning ildiz raki (Pseudomonas tumefaciens).

170
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tuproqda uzoq muddat davomida saqlanib
2—3 yildan keyin ham urug‘dan ungan ko‘chatlarni kasallantirishi
mumkin. Kasallikning eng kuchli ko‘rinishi ildiz bo‘g‘izi va o‘q
ildizning zararlanishida namoyon bo‘ladi. Kasallik tufayli
ko‘chatlarning suv ta’minoti keskin buzilib, o‘sish, rivojlanishdan
orqada qoladi. Bunday ko‘chatlar tuproqqa o‘tkazilganda ko‘karishi
juda qiyin bo‘ladi. Ildiz raki asosan ko‘chatlar, mehnat qurollari va
hasharotlar vositasida tarqaladi.
Qarshi kurash choralari: ko‘chatzorlarni unumdor tuproqlarda
tashkil qilish, tuproqqa o‘z vaqtida ishlov berish, kasal o‘simlikni
va ularning ildiz qoldiqlarini yo‘q qilib tashlash.
Bargning qo‘ng‘ir dog‘lanishi. Kasallik mevali daraxtlarning
asosan bargini va novdalarini zararlaydi. Kasallikning dastlabki
belgilari may oyining oxiri, iyun oyining boshlarida bargning yuza
qismida va orqa tomonida qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar ko‘rinishida paydo
bo‘ladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Entomosporium maculatum Lev.
t u r i g a   m a n s u b   z a m b u r u g ‘   b o ‘ l i b ,   ta k o m i l l a s h m a g a n
zamburug‘lar sinfiga kiradi. Kasallik yosh ko‘chatlarda ko‘p
uchraydi. Zamburug‘ning konidiya hosil qilishi zararlangan
qismlarda qora rangdagi nuqtachalar tarzida bo‘lib, bu dog‘larda
peknidiya spora yetiladi. Bunday dog‘lar barg bandida, poyada,
mevada ham hosil bo‘ladi.
Zamburug‘ 0—5 
0
C haroratdan boshlab rivojlanadi, 13—25
0
C
haroratda zamburug‘ tuproqda konidiya yoki xaltachalarni hosil
qiladi.
Qarshi kurash choralari: tuproqni chuqur haydash, kasallangan
navdalarni qirqib tashlash, o‘simliklarga bordo suyuqligi bilan ishlov
berish, ko‘chatzorlarni fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash,
chidamli navlarni ekish.
Kasallikka qarshi asosiy tadbirlar agrotexnik, kasallikni oldini
olish, o‘simlik chidamliligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kimyoviy kurash choralarini qo‘llashda uning muddatlarini
hisobga olish, takroriyligi va fungitsid miqdorini ham nazarda
tutish kerak.
Olma va nokning parshasi (kalmaraz). Katta yoshli bog‘larda
o‘sayotgan mevali daraxtlarning asosiy kasalliklariga parsha
(kalmaraz), un shudring, mevaning chirishi, sitosporioz, bargning
dog‘lanishi kabilar kiradi.

171
Parsha kasalligi namlik ko‘p bo‘lgan yillarda, yozning birinchi
yarmida keng tarqaladi. Kasallik zarari hosil miqdorini kamaytiribgina
qolmasdan, uning sifatini ham o‘zgartiradi. Mevalar shakli o‘zgarib,
yorilib ketadi. Parsha bilan zararlangan gul kurtaklari tushib ketadi.
Kasallangan barglarda hosil bo‘lgan dog‘lar assimilatsion yuzani
kamaytirganligidan suv bug‘lanishi yomonlashib, ular keyinchalik
tushib ketadi. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligi ham pasayib
ketadi (39-rasm).
39-rasm. 
Olma va nokning parsha kasalligi (Yenturiua inaegualis V.pirina).
1–zararlangan barg va meva; 2—zararlangan kurtak va novda; 3—zamburug‘
konidiyasi.
Parsha kasalligini olmada xaltachali zamburug‘lardan — Venturia
inaegualis Wint., nokda — Verturia pirina Aderh., turlari keltirib
chiqaradi. Kasallik o‘simlik bargini, novdasini, mevasini, meva
bandini zararlaydi.
Kasallik dastlab yaxshi ifodalanmagan sarg‘ish dog‘lar
tariqasida namoyon bo‘ladi. Olma bargining ustida, nok bargining
ostida zamburug‘ spora hosil qilishi kuzatiladi. Dog‘lar miqdori,

172
uning hajmi, o‘simlik naviga, iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lib,
shakli dumaloq, qora rangdagi aniq hoshiyador bo‘ladi. Dog‘
hosil bo‘lgan joydan meva yorilib ketadi. Novdada hosil bo‘lgan
dumaloq shakldagi meva tanada keyinchalik sporalar hosil
bo‘ladi.
Kasallikning birlamchi infeksiya manbai ko‘chatlarning
kasallangan barg va novdalari hisoblanadi. Qishda ularda hosil
bo‘lgan xaltachalarda sporalar yetiladi. Psevdotetsiylar yetilishi
bahorning oxiri, yozning boshiga to‘g‘ri keladi. Askosporalar
yomg‘irda ochilib ko‘plab sporani tarqatadi.
Birlamchi zararlangan barglarda hosil bo‘lgan mitseliy epidermis
ostida rivojlanib, konidiy hosil qiladi va o‘simliklarni ikkilamchi
zararlaydi. Olma navlarining Renet, Simirenko, Kolvil, Belfir,
Kitanka navlari kuchli kasallanadi.
Qarshi kurash choralari: tuproqdagi va o‘simlik qoldiqlaridagi
infeksiyani 2—3 % li nitrofen eritmasi bilan ishlash, kasallangan
o‘simlikka bordo suyuqligi, Vektra, Impakt fungitsidlari bilan ishlov
berish, chidamli navlarni ekish kerak.
Un shudring kasalligi. Bu kasallik barcha mevali daraxtlar ekila-
digan xo‘jaliklardagi bog‘larda uchraydi. Ayniqsa ekinlar zich ekilgan
dalalarda katta zarar yetkazadi. Kasallik barg, novda, gul va mevasini
zararlaydi. Kasallangan yosh barg va novdalar, barg bandi oqish
mog‘orli dog‘lar bilan qoplanadi (40-rasm).
Kasallangan barglar rangsizlanib, keyinchalik tushib ketadi.
Novdalar o‘sishdan orqada qoladi. Ustki tomonida hosil bo‘lgan
mitseliyda yetilgan konidiyalardan uning rangini o‘zgartiradi.
K a s a l l i k   q o ‘ z g ‘ a t u v c h i s i   Erysiphales tartibiga  m a n s u b
P o d o s p h a e r a   l e u c o t r i c h a   t u r i   h i s o b l a n i b ,   k a s a l l i k
qo‘zg‘atuvchisi  konidiyali va xaltachali bosqichlarida
rivojlanadi.
Zamburug‘ mevali o‘simliklarning kasallangan a’zolarida
mitseliy holida kurtakda qishlaydi. Kurtakda hosil bo‘lgan
k l e y s t o t s i d l a r d a n   k o n i d i y a   h o s i l   b o ‘ l a d i .   K a s a l l i k
ko‘chatxonalardagi o‘simliklarni ham zararlaydi. Kasallikning
tarqalishiga quruq, issiq sharoit qulaydir. Kasallikka chidamli
navlar: Shafron, Renet, Shampanskiy, Kandel, Kitayka.
Qarshi kurash choralari: mevazor bog‘larda þksak agrotexnika
qoidalariga amal qilish, o‘z vaqtida sug‘orish, kasallangan
o‘simlikning qurigan novdalarni yo‘q qilish, daraxtlarga oltingugurt,

173
Impakt, Topaz va Vektra fungitsidlari bilan ishlov berish, chidamli
navlarni ekish kerak.
40-rasm. 
Olmaning un shudring kasalligi (Podosphaera leucotricha):
1–konidiya bandi konidiya bilan; 2—kleystotetsiy; 3—zararlangan navda.
Monilioz kasalligi
. Kasallik zararlangan joyda qo‘ng‘ir rangdagi
dog‘lanish bilan boshlanadi. Meva mag‘zi qo‘ng‘ir rangga kirib,
yumshoq bo‘lib qoladi, mazasi yo‘qoladi. Mevaning ustida hosil
bo‘lgan yostiqchalarda zamburug‘ sporasi yetiladi. Kasallikni —
Hyphomycetalis  tartibiga mansub, Monilia fructigena West.,
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik zanjirsimon tuzilishdagi
konidiyalar vositasida ko‘payadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi mevaning
zararlangan joyidan kirib keladi. Sporaning rivojlanishi nam
sharoitda amalga oshadi (41-rasm).
Infeksiyaning birlamchi manbai kasallangan mevalar bo‘lib,
ularda hosil bo‘lgan sporalar turli yo‘llar bilan tarqalishi hisobiga
amalga oshadi.
Qarshi kurash choralari: mevaning mexanik zararlanmaslik
chora-tadbirlarini ko‘rish, kasallangan mevalarni yig‘ishtirib olib
tashlash, o‘simliklarga 1 % li bordo suyuqligi bilan ishlov berish
kerak.

174
41-rasm.
 Danak mevali daraxtlarning monilioz kuyish kasalligi:
1—gilosning zararlangan navda va gullari; 2—gilosning zararlangan mevasi;
3—zararlangan yosh meva a’zolari; 4—o‘rikning zararlangan mevasi;
5, 6—zamburug‘ konidiyalari.
Danak mevali daraxtlarning klyastosporioz yoki teshikli
dog‘lanish kasalligi. Kasallik mevali daraxtlarning bargini,
novdasini, mevasini, kurtagini, gulini zararlaydi. Kasallik
belgilari yosh barglarda dog‘lar tariqasida, keksargan barglarda
esa, nobud bo‘lgan hujayralarning tushib ketishi natijasida 2—
5 mm diametrda teshilib qolishi bilan xarakterlanadi. Dastlab
dog‘lar qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, atrofi qizg‘ish-qo‘ng‘ir halqa
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yosh bargning orqa tomonidagi dog‘larda
qora nuqta tarzida ko‘rinadi, keksa barglarda doirasimon halqali
teshikchalar hosil qilib ko‘rinadi (42-rasm). Yosh novdalarda
kasallik yoz oylarida nuqtasimon ko‘rinishdagi 2—5 mm
hajmdagi qizg‘ish-qizg‘ish binafsha rangdagi dog‘lar paydo
qiladi.

175
42-rasm. 
Danak mevali daraxtlarning teshikli dog‘lanish
(klyastosparioz) kasalligi:
1 — shaftolining zararlangan novdasi; 2,3 – o‘rikning zararlangan meva va
bargi; 4 — olxo‘rining zararlangan bargi; 5 — zararlangan shaftoli novdasida
hosil bo‘lgan yaralar; 6 — zamburug‘ konidiyabandlari konidiya bilan.
Dog‘larning markazi rangsiz bo‘lib, cho‘zinchoq shaklni
olgach yorilib ketadi. Novdalarda kasallik belgilari cho‘zinchoq
qo‘ng‘ir rangdagi qizg‘ish qo‘ng‘ir halqa bilan o‘ralgan
dog‘lar tarzida ko‘zga tashlanadi. Mevalar barglar bilan bir
vaqtda kasallanadi. Lekin, kasallik mevalarda qizg‘ish-qo‘ng‘ir
rangdagi chuqur yaralar tarzida namoyon bo‘lib, atrofi
yo‘g‘onlashadi. Olxo‘ri va olcha mevalari dog‘ hosil qilib
zararlangan qismi qurib qolishi natijasida danakgacha bo‘lgan
hujayralar nobud bo‘ladi. Kasallik dastlab kurtak va gullarda
kuzatilsa, keyinchalik barglarda va mevalarda boshlanadi.
Kasallikni Deuteromycetes sinfining Hyphomycetales tartibiga
mansub,  Clasterosporium carpophilum Aderh. zamburug‘i
keltirib chiqaradi.
Bu kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar tuproqda konidiya va
mitseliy holida qishlaydi. Kasallikning infeksiya manbai sifatida

176
kasallangan barg, novdalar va ular yoriqlarida saqlangan sporalar
asosiy ahamiyatga ega.
Kasallikka qarshi kurashish uchun infeksiya manbaiga qarshi
o‘z vaqtida tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Kasallangan novdalar
kuzda qirqilishi, mevalarni terib olib tashlash, daraxtlar oralig‘iga
to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlov berish, o‘g‘itlash, kurtak ochilgunga
qadar, gullagandan keyin va uchinchi marta ikki haftadan keyin
1 % li brodo suyuqligi bilan 1 ga yerga 600 l miqdorda ishlov
berish kerak.
Qora rak kasalligi olma, nokda kuzatilib, o‘simlik tanasini va
novdalarini kasallantiradi. Kasallik belgilari dastlab, daraxt tanasida
qo‘ng‘ir-binafsha rangdagi dumoloq dog‘lar tarzida namoyon
bo‘ladi. Keyinchalik dog‘lar yuzasida burishib, yoriqlarni hosil
qiladi, po‘stloq qismi nobud bo‘lib, tushib ketadi va yog‘ochliq
qismi qorayib ko‘rinadi. Bunday belgilar paydo bo‘lgan daraxt
tanasining novdalari qurib kuyganga o‘xshab ko‘rinadi.
Belgilar bargda qizg‘ish-jigar rangdagi dog‘lar tarzida paydo
bo‘lib, o‘lchami 5—7 mm ni tashkil qiladi. Kasallangan gullar
qorayib, gulkosa-barglar burishib, changchi va urug‘chilar qorayib
ketadi (43-rasm).
43-rasm. 
Mevali daraxtlarning qora rak kasalligi:
1,2 — olmaning zararlangan poya va yosh novdasi; 3 — kasallangan barg;
4,6 — zararlangan mevalar; 7 – piknida va konidiyalar; 8 — xaltachalar
askosporalar bilan.

177
Kasallik belgilari mevalarda dastlab qo‘ng‘ir rangdagi chirigan
botiq dog‘lar tarzida namoyon bo‘ladi. Chirish jarayoni
mevaning  barcha qismlariga tarqalib, uning epidermisining ostida
qora rangdagi zamburug‘ piknidiyalarini hosil qiladi. Kasallik meva
pishgan va ularni yig‘ishtirib olish va saqlash davrida ko‘p
uchraydi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi takomillashmagan zamburug‘lar
sinfi, Sphaeropsidalis tartibi vakili Sphaeropsis malorum Peck.,
turi hisoblanadi. Bu zamburug‘ rivojlanish jarayonida mitseliy
va piknidiylarda piknosporalarni hosil qiladi. Piknosporalar
dastlab rangsiz, bir hujayrali, keyinchalik jigarrangga kirib,
to‘siqcha hosil qiladi. Piknosporalar o‘lchami 20—39x10—18
mkm ni tashkil qiladi.Piknosporalar nam sharoitda, 5—33 
o
C
(optimal 25—27 
o
C) haroratda inkubatsiya davri 15—27 kunni
tashkil qiladi. Infeksiya manbai daraxt tanasidagi mitseliy
hisobiga qishlab chiqadi va bahor faslida rivojlanadi.  Kasallik
bog‘larga katta zarar keltiradi va daraxtlarning 3—4 yilda qurib
qolishiga sabab bo‘ladi.
 Savollar
Mevali daraxtlarining ildiz raki va bargini qo‘ng‘ir dog‘lanish
kasalligining tarqalishi, belgilari, infeksiya manbai va zarari qanday?
Olma va nokning kalmaraz kasalligining paydo bo‘lishi, belgilari,
infeksiya manbai va zarari qanday?
Danak mevali daraxtlarning manilioz kasalligining belgilari,
qo‘zg‘atuvchisi va zarari qanday ?
Danak mevali daraxtlarning klyasterosporioz yoki teshikli dog‘lanish
kasalligi belgilari, kasallik qo‘zg‘atuvchisi va zarari qanday?

178
17-BOB. Sitrus o‘simliklarining kasalliklari
Gommoz. Limon, apelsin, mandarin o‘simliklarida bu kasallik
ko‘p uchraydi. O‘simlik tanasi po‘stlog‘ining ustida shishlar paydo
bo‘lib, undan yaltiroq, sarg‘ish yoki jigar rangdagi suyuqlik
ajralib chiqadi. U havoda qurib, qotib qoladi. Kasallik belgilari
daraxt tanasining pastki qismidan boshlanib, keyinchalik ildizga
va yuqori novdalarga tarqaladi. Kasallangan o‘simlikning bargi
yashil rangini yo‘qotib, sarg‘ayadi, quriydi va tushib ketadi.
Kasallangan ildizlar qurib qoladi. Kasallangan barg tomirining
yuzasida yog‘ tomchilari paydo bo‘ladi va ular bir-biri bilan
qo‘shilib ketadi. Bargning orqa tomonida zamburug‘ hosil qilgan
mitseliysini ko‘rish mumkin.
Gommoz kasalligi ekologik sharoitning buzilishidan ham kelib
chiqishi mumkin. Bunga, daraxt ko‘chatlarini chuqur o‘rnatish,
tuproq namligining ko‘payishi, azotli o‘g‘itlarni ko‘p ishlatish va
mexanik zararlanishlar sabab bo‘ladi.
Gommoz kasalligini parazit zamburug‘lardan Phomopsis citri
Faw., Botrytis cinerea Pr., Phytophthora citrophthora Leonian. va
fitopatogen bakteriyalarning mexanik zararlangan to‘qimalaridan
kirib kelishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik tufayli o‘simlikning
mevasini sifati buziladi va ko‘chatlarni quritadi.
Fitoftoroz. Kasallik nam ob-havo sharoitida ko‘p uchrab,
o‘simlik bargini, mevasini, poyasini va uchki yosh novdalarni
zararlaydi. Kasallik belgilari o‘simlikning zararlangan joyida dumaloq
shakldagi to‘q qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar tarzida namoyon bo‘ladi.
Kasallik butun barg yuzasini qoplab olishi mumkin. Bunday
barglarning orqa tomonida oq rangdagi g‘ubor paydo bo‘ladi. O‘simlik
mevasida kasallik qo‘ng‘ir chirishni keltirib chiqaradi. Nam ob-
havo sharoitida kasallangan mevalarning yuzida oq rangdagi g‘ubor
paydo bo‘ladi va noxush hid chiqaradi.
Ko‘chatlarning uchki novdalarida och jigarrangdagi dog‘lar
paydo bo‘lib, uni halqa shaklida o‘rab oladi. Novdaning kasallangan

179
joyidagi po‘stlog‘i nobud bo‘lib, yorilib ketadi. Yoriqlardan och
sariq modda oqib chiqib, keyin to‘q qizil rangga kiradi. Kasallangan
novdalar tezda qurib qoladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Peronosporales tartibiga mansub
Phytophthora citrophthora Leonian turi hisoblanadi. Zamburug‘
mitseliysi simpodial shoxlanishdagi zoosporangiy bandlarini
kasallangan a’zolarning yuzasida hosil qiladi. Zoosporangiydan
zoospora hosil bo‘lib va unda konidiyalar yetiladi. Zamburug‘
o‘simlikning kasallangan a’zolarida va uning qoldiqlarida saqlanib,
mevaning sifatini yomonlashishiga va hosilini kamayishiga olib
keladi.
Antraknoz. Bu kasallik bilan o‘simliklarning bargi, novdasi,
mevasi zararlanadi. Kasallangan a’zolarning yuzasida dastlab jigar,
keyinchalik qo‘ng‘ir rangdagi dumaloq dog‘lar paydo bo‘ladi. Nam
ob-havo sharoitida dog‘larning yuza qismida zamburug‘ hosil qilgan
sporalar qora nuqtalar tarzida ko‘zga tashlanadi. Kasallangan
novdalarning uchki qismi dastlab jigar rangda, keyin och qo‘ng‘ir
rangga kirib quriydi. Kasallangan mevalar to‘q qo‘ng‘ir rangga
kirib, uning sathi kengayib boradi va meva yuziga botib kiradi,
natijada mevaning ichki qismi sekin chiriydi.
Kasallikni takomillashmagan zamburug‘lar sinfi, Melanconiales
tartibi vakili Colletotrichum gloeosporioides Penz. zamburug‘i keltirib
chiqaradi. Zamburug‘ mitselisi o‘simlik epidermisining hujayralarida
konidiya bandlarini hosil qilib rivojlanadi. Sporalar epidermisning
ustida hosil bo‘ladi. Zamburug‘ konidiyalar vositasida tarqalib, uning
mitseliysi kasallangan o‘simlikning a’zolarida saqlanadi. Kasallikning
tarqalishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi, o‘simlikni noto‘g‘ri
o‘g‘itlash natijasida vujudga keladigan o‘sishini chegaralovchi
faktorlar sabab bo‘ladi.
Mevalarning chirishi. Sitrus o‘simliklarining mevalarini
omborxonalarda saqlash jarayonida quyidagi kasalliklar uchraydi.
Meva po‘stining chirishi — Rhizopus Ehr. zamburug‘i tomonidan
keltirib chiqariladi. Zararlangan meva po‘sti yumshoq bo‘lib,
sersuvlanadi va mevadan tezda ajralib ketadi. Zamburug‘ meva po‘sti
yuzasida qora dog‘li oq qo‘ng‘ir mog‘or bilan qoplanadi.
Qora mog‘orli chirish  —  Aspergillus niger van Tiegh
zamburug‘i tomonidan keltirib chiqariladi. Mevaning yuzida oqish
yumshoq dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘larning usti zamburug‘

180
konidiyalaridan tashkil topgan, qora kul rangdagi kukunli massa
bilan qoplanadi.
Ko‘k mog‘orli chirish — Penicillium italicum Wehmer.
zamburug‘i tomonidan keltirib chiqariladi. Kasallangan mevalar
po‘stloq qismi yumshoq bo‘lib burishadi, sersuv bo‘lib qoladi.
Dog‘larning ustini zamburug‘ning oq rangdagi mitseliysi o‘rab
olsa, ularning tevaragida ko‘k rangdagi zamburug‘ konidiya bandlari
joylashadi.
Mevaning yashil mog‘orli chirishi — Penicillium digitatum Sacc.
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallangan mevalar sersuv bo‘lib,
chiriy boshlaydi. Chirigan to‘qimalarning usti yashil rangdagi
zamburug‘ mitseliysi bilan qoplanadi.
Mevaning qo‘ngir mog‘orlashi — Botrytis cinerea Pr.
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallangan mevalar po‘stlog‘i to‘q
jigar rangdagi dog‘ bilan qoplanadi, zamburug‘ konidiyalari hosil
bo‘ladi.
Mevaning oq chirishi — Sclerotinia Whetzelinia sclerotiorum
(dBy.) Korf.et Dumont zamburug‘i tomonidan keltirib
chiqariladi. Kasallangan mevalar dastlab qo‘ng‘ir rangga kirib,
keyinchalik qora rangdagi zamburug‘ sklerotsiyalari bilan
qoplanadi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun o‘simlikning o‘sish va
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni
qo‘llash, infeksiya manbaini kamaytirish, o‘simliklarning
kasalliklarga chidamligigini oshirish va kasallikka qarshi kimyoviy
kurash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash kerak.
Sitrus o‘simliklarini kasalliklardan himoya qilish tadbirlarini
quyidagi tartibda o‘tkazish kerak: kasallikka chidamli
rayonlashtirilgan navlarni ekish; pitomniklardagi payvantust va
payvanttaglarni sog‘lom o‘simliklardan to‘g‘ri tanlash; kasallangan
o‘simlik qismlarini o‘z vaqtida qirqib olib tashlash; Zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar bilan kasallangan ko‘chatlarni kovlab olib
tashlash; ko‘chat oralariga sifatli ishlov berish; tuproqqa zarur
miqdorda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash; kasallik qo‘zg‘atuvchi
zamburug‘lar va hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kimyoviy usulda
kurashish; meva saqlanadigan omborxonalarni foydalanishdan
oldin yaxshilab dizenfeksiya qilish kerak; region uchun talab
qilingan karantin tadbirlariga amal qilish kerak.

181
 Savollar
Sitrus o‘simliklarining gommoz kasalligining tarqalishi, belgilari,
infeksiya manbayi va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklarining fitoftorioz kasalligi belgilari va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklarining antraknoz kasalligining paydo bo‘lishi, belgilari,
infeksiya manbayi va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklari mevalarining kasalliklari va ularga qarshi kurash
choralari qanday?

182
18-BOB. Anor va anjir kasalliklari
Rak kasalligi. Bu kasallikdan anor o‘simligining asosiy tanasi
va yon novdalar zararlanib, keyinchalik ularning qisman yoki
butunlay qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning dastlabki
belgilari daraxt tanasining po‘stloq yuzasida yoriqli qo‘ng‘ir
rangdagi dog‘larining paydo bo‘lishidan boshlanadi. Hosil bo‘lgan
yaralar kengayib, tananing barcha qismini o‘rab oladi va uning
pastki qismidan yosh novdalar hosil bo‘la boshlaydi. Bu novdalar
sekin rivojlanib, ularda meva hosil qilmaydigan gullar yetiladi.
Kasallik tufayli halqa bilan o‘ralgan novdalar va daraxtlar tanasi
qurib qoladi. Bunday novdalarning epidermisi ostida kasallik
qo‘zg‘atuvchisining qora rangdagi do‘mboqchalari yoki
piknidiyalarini ko‘rish mumkin.
Anorning rak kasalligini Takomillashmagan zamburug‘lar
sinfining vakili Phoma punicae turi keltirib chiqaradi. Nam ob-
havo sharoitida piknidiyalardan rangsiz, cho‘zinchoq shakldagi
sporalarni hosil qiladi. Bu sporalar sog‘lom o‘simliklarga nam
sharoitda mexanik zararlangan to‘qimalar orqali kirib keladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun po‘stloqning mexanik
zararlanishi oldini olish kerak. Zararlangan joylarni tozalab uning
ustini himoya vositalari bilan moylab qo‘yish kerak. Anorni
ko‘paytirish uchun tayyorlangan qalamchalarni mis sulfati
eritmasida ishlov berish kerak. Kasallanib qurigan novdalar va
tanasini qirqib olib tashlash kerak.
Anorning kalmaraz kasalligi. Bu kasallik bilan anorning bargi,
gulbandi, novdalari va pishmagan mevalari zararlanadi. Kasallangan
o‘simlikning bargida mayda, dumaloq, binafsha rangdagi dog‘lar
paydo bo‘ladi. Keyinchalik dog‘lar qotib, to‘q qo‘ng‘ir rangga
kiradi. Bunday barglar buralib, sarg‘ayadi va tushib ketadi. Kasallik
belgilari navdada, gul bandlarida, mevada mayda, dumaloq,
botiq, qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar tariqasida namoyon bo‘ladi.
Keyinchalik dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib, yorilib ketadi va qotadi.

183
Bu yoriq orqali sapratrof zamburug‘lar mevaga kirib kelib, uning
chirishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Sphacaeloma punicae zamburug‘i bo‘lib,
asosan yosh novdalarni kasallantiradi. Nam havo sharoitida
kasallangan o‘simlikning yosh a’zolari yuzasida zamburug‘ning
konidiyalaridan tashkil topgan baxmalsimon nafis dog‘lar paydo
bo‘ladi. Zamburug‘ konidiyasi rangsiz, bir hujayrali, silindrsimon
yoki elli pssimon shaklda   bo‘ladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun kalmaraz bilan kasallangan
o‘simlik a’zolarining qoldiqlarini, novdalarini yig‘ishtirib olib
chiqarib tashlash kerak. Kasallikning tarqalmasligi uchun
anorzorlarga 1% li bordo suyuqligi bilan ishlov berilishi kerak.
Serkosporoz kasalligi. Kasallik belgilari o‘simlik bargi va
mevasida namoyon bo‘ladi. Kasallangan barglarda ko‘p
miqdordagi dumaloq yoki uchburchakli jigar rangdagi 4—5 mm
hajmdagi dog‘lar paydo bo‘ladi.
Dog‘larning atrofi binafsha yaltiroq rangda ko‘rinadi.
Kasallangan barglar sarg‘ayib tushib ketadi. Nam ob-havo
sharoitida dog‘larning ustiga baxmalsimon zamburug‘ konidiyalari
hosil bo‘ladi. Kasallangan mevalarda dastlab to‘q jigar rangdagi
dumaloq dog‘lar paydo bo‘lsa, keyinchalik ular bir-biri bilan
qo‘shilib ketadi.
Kasallikni xaltachali zamburug‘lar sinfining vakili Cosphaerella
lythracearum turi (Cercospora lythracearum — konidiyali bosqichi)
keltirib chiqaradi. Dog‘ ustidagi g‘ubor jigar rangdagi zamburug‘
konidiya bandlaridan  iborat bo‘lib,  ularda i psimon,
to‘g‘nog‘ichsimon, rangsiz konidiyalar hosil qiladi. Tuproqqa
tushgan barglarda erta bahordan boshlab mayda sharsimon qora
rangdagi peritetsiylar va uning ichida yetilgan 8 ta xaltachada sporalar
paydo bo‘ladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun anorzorlarga 1% li bordo
suyuqligi bilan ishlov berish, o‘simlikning kasallangan barg va
mevalarini yig‘ishtirib olib tashlash kerak.
Anjirning rak kasalligi. Kasallik daraxt va uning navdalaridagi
mexanik zararlangan joylarda kuzatiladi. Kasallangan joylarda
dastlab och qo‘ngir rangdagi dog‘lar paydo bo‘lib, vegetatsiya
oxirida aniq xoshiyali to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Kelgusi yilda
shunday hajmdagi dog‘lar ikkinchi joyda hosil bo‘ladi. Uchinchi

184
yilda shunday dog‘lar hosil bo‘lishi davom etib, bu jarayon novdada
halqa hosil bo‘lganga qadar davom etadi. Halqa hosil bo‘lgan joydan
yuqorida turgan novdalar quriy boshlaydi va po‘stlog‘i ko‘chib
tushib ketadi. Po‘stloqning ostidagi lub va yog‘ochlik to‘qimalariga
saprotrof zamburug‘larning kirib kelishi natijasida chiriy boshlaydi.
Chirigan to‘qimalar yuzasida qora rangdagi peknidiyalar  hosil
bo‘ladi.
Kasallikni takomillashmagan zamburug‘lar sinfining vakili
Phomopsis cinerescens zamburug‘i keltirib chiqaradi. Zamburug‘
piknidiyalari kasallagan to‘qimalar ustida hosil bo‘ladi. Nam ob-
havo sharoitida piknidiyalardan sporalar hosil bo‘lib, ular shilimshiq
modda bilan bir-biriga birikib turadi. Zamburug‘ning rivojlanishi
uchun 20 
0
C hararot qulay, 35 
0
C noqulay hisoblanadi.
Yomg‘ir tomchilaridagi sporalar daraxt tanasi bo‘ylab tarqalib
yangi infeksiya manbaini hosil qiladi. Sporalar hasharot va shamol
vositasida ham tarqaladi. Hasharotlardan anjirning po‘stloqxo‘ri
zamburug‘ sporalarini tarqalishida asosiy rol o‘ynaydi. Anjir mevasi
tezda chirib, usti qora rangdagi zamburug‘ piknidiyalari bilan
qoplanadi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun anjir tanasi va novdalarining
mexanik zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kasallik belgisiga ega
bo‘lgan novdalar zararlangan joyidan 10—15 sm pastdan qirqib,
novdalarni yoqib tashlash kerak.
Qirqilgan novdalar 5 % li temir kukuni bilan ishlov berilib,
asfaltlaki bilan moylanishi kerak. Navdadagi eski yaralar yaxshilab
tozalanib, oltingugurt pastasi bilan yopilib, asfaltlakida bo‘yab
qo‘yiladi.
Anjir novdalari bakterial (Bacterium fici Cav.) gommoz bilan
ham kasallanadi. Kasallangan tanalarning eniga va bo‘yiga yo‘nalgan
dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday novdalarda kam barg hosil bo‘ladi,
meva hosil qiluvchi novdalar quriydi. Kasallagan barglarning barg
bandi va barg tomiri nekrozli dog‘lar hosil qiladi. Bargdagi dog‘lar
qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, har xil shaklga ega. Bunday barglar qurib
tushib ketadi.
Anjir bargining dog‘lanish kasalligi. Anjir bargida zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar kasalliklar keltirib chiqaradi.
Serkosporioz. Kasalligini (
Cercospora bolleana) zamburug‘i
keltirib chiqaradi. Kasallangan barg yuzasida har xil shakldagi
jigar rangdagi dog‘lar barg plastinkasini yuzini qoplab oladi.

185
Bu dog‘larning orqa tomonida ko‘kimtir g‘ubor paydo bo‘lib, unda
urchuqsimon, 2—5 to‘siqchali sporalar hosil bo‘ladi. Bunday
barglar quriydi va tushib ketadi.
Un shudirng  kasalligini 
Oidium erysiphoides Pries. zamburug‘i
keltirib chiqaradi. Kasallangan bargning orqa tomonida oq rangdagi
g‘ubor paydo bo‘lib, barg yuzasi sarg‘ish rangga kiradi. Zamburug‘
sporalari zanjirda  yoki bittadan hosil bo‘lib,  rangsiz va   elli ps
shaklda bo‘ladi.
Mozayika
 kasalligi belgilari anjir bargida kichik hajmdagi och
yoki sarg‘ish yashil rangdagi jigar xoshiyali dog‘lar tariqasida
namoyon bo‘ladi. Bu dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib, barg yuzasini
qoplab oladi. Kasallangan barglar rangsizlanib shakli kichiklashadi.
Kasallik belgilari mevada zang tarzida namoyon bo‘ladi. Mevaning
shakli kichrayib, ba’zan tushib ketadi, novdalari yaxshi pishib
yetilmaganligidan tezda sovuq uradi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun infeksiya manbai hisoblangan
barglar va ularning qoldiqlarini yig‘ishtirib olib tashlash kerak.
Kasallik belgilariga ega bo‘lgan o‘simliklarga 1 % li bordo suyuqligi
bilan ishlov beriladi. Ko‘chatlar uchun sog‘lom o‘simliklardan
qalamchalar tayyorlash va viruslarni tarqatuvchi hasharotlarni o‘z
vaqtida yo‘q qilish kerak.
Mevalarning chirishi. Qo‘ng‘ir chirish kasalligini 
Botrytis
cinerea Pars. zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallangan meva
yuzasida hosil bo‘lgan qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar  sekin-asta bir-
biri bilan qo‘shilib, butun mevani qoplab oladi. Zararlangan
to‘qimalar ustida qo‘ng‘ir rangdagi momiqqa o‘xshash
kukunsimon mog‘or hosil bo‘ladi. Kasallangan mevalar shakli
kichrayib, bujmayib, mumlashadi va novdada kelgusi yilga qadar
tushmay turadi.
Mevaning fuzarioz kasalligi. Kasallikni 
Fusarium  turkumiga
mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradi. Zamburug‘ to‘p meva
ichiga gulning changlanish davrida kirib, uning ichini chirita boshlaydi.
Mevaning ichki qismi chirib bo‘lgandan keyin, meva po‘stida suvlik
tomchi paydo bo‘lib, uning shakli kattalashib boradi. Bu
dog‘larning ustini binafsha yoki oq rangdagi zamburug‘ mitseliysi
qoplab oladi. Anjir mevasining chirishida ba’zan saprofit
zamburug‘lardan  Alternaria, Aspersillus, Penicillium, Mucor,
Rhizopus ning ayrim turlari ham qatnashadi.

186
Kasalliklarga qarshi kurashish uchun ekinzorlardagi fitosanitariya
holatini yaxshilash, qurigan novdalar va barg qoldiqlarini yig‘ishtirib
olib yoqib tashlash kerak.
 Savollar
Anor va anjirning rak kasalligi tarqalishi, belgilari, infeksiya manbai va
zarari qanday?
Anorning kalmaraz kasalligi belgilari va zarari hamda unga qarshi kurash
yo‘llarini gapirib bering.
Anjirning serkasporioz kasalligi paydo bo‘lishi, belgilari, infeksiya
manbai va zarari qanday?
Anjir bargining kasalliklari va ularga qarshi qanday kurash choralari
ko‘riladi?

187
19-BOB. Manzarali daraxtlarning kasalliklari
Terak bargining zang kasalligi. Kasallikni 
Melampsora M.
Laric-populin, M.olliipopulin zamburug‘i keltirib chiqaradi.
Kasallangan terak  bargida zamburug‘ning uredo va teleosporalari
hosil bo‘lsa, etsidiosporalar piyoz bargida yetiladi. Kasallik
belgilari iyul-avgust oylarida uredosporalar tarzida namoyon
bo‘ladi. Kasallik keng tarqalgan vaqtda barg yuzasi to‘liq
uredosporalar bilan  qoplanadi. Zamburug‘ teleosporalari barg
epidermisining ostida to‘q qo‘ng‘ir rangdagi yostiqchalar tarzida
ko‘rinadi. Teleosporalar zararlanib tuproqqa tushgan barglarda
qishlaydi. Erta bahorda teleosporalardan bazidiyalar hosil bo‘lib,
keyinchalik bazidosporalarga aylanib oraliq o‘simlikni
kasallantiradi. Zang kasalligi bilan kasallangan terak o‘sish va
rivojlanishdan orqada qoladi. Uning manzaralilik ko‘rkining
o‘zgarishga sabab bo‘ladi.
Kasallikka qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil qilishda ular atrofiga
piyoz, sarimsoqpiyoz ekmaslikka erishish kerak. Tuproqqa tushgan
barg qoldiqlarini yig‘ishtirib olib yoqib tashlash zarur. Erta bahorda,
kurtaklar ochilgunga qadar terak novdalarini bordo suyuqligi
bilan, 40% li Alto fungitsidi bilan 0,15—0,2 kg/ga, Bayleton
fungitsidi bilan 10,12 kundan keyin ishlov berishni 2—3 marta
o‘tkazilishi kerak.
Terak bargining oq dog‘lanishi. Kasallikni 
Septoria populi
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik yoz faslining o‘rtalarida
namoyon bo‘ladi. Dastlabki belgilar barg yuzasida qizg‘ish
qo‘ng‘ir hoshiyali qo‘ng‘ir dog‘lar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu
dog‘larning yuzasida ko‘p miqdorda qora rangdagi piknidiyalar
hosil bo‘ladi. Piknidiyalarda yetilgan konidiyalar undan otilib
chiqib sog‘lom barglarni kasallantiradi. Kasallangan barglar quriy
boshlaydi va keyinchalik tushib ketadi. Kasallangan o‘simliklar
o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, manzaralilik xususiyati
yo‘qoladi.

188
Terak bargining qo‘ng‘ir dog‘lanishi. Kasallikni 
Gloeospo
riumpopuli zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik yozning
o‘rtalarida barg yuzasida qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar tarzida namoyon
bo‘ladi. Bu dog‘larda yetilgan konidiyalar sog‘lom o‘simlikni
kasallantiradi. Kasallik keng tarqalganda butun barg yuzasini dog‘lar
tarzida qoplab oladi. Kasallangan o‘simlik barglari qurib, tushib
ketadi.
Archaning zang kasalligi. Archaning zang kasalligini
Gumnospo rangium turkestanicum Tranr. (etsidial stadiyasi Sorbus
turlarida rivojlanadi ), G. fusisporium Tiche. Mill., (etsidial
stadiyasi Sotntaster turlarida rivojlanadi) va G. confusum Plower
(etsidial stadiyasi Crataegsu turlarida rivojlanadi) zamburug‘lar
qo‘zg‘atadi.
Archaning har xil turlari zang kasalligi bilan bir xilda zarar-
lanmaydi. Masalan, archaning Iuniperus seravschanica turi ko‘proq,
I. semiglobosa turi kamroq, I. turkestanica turi yana ham kamroq
zararlanadi.
Daraxt o‘zagining sariq-oq chirish kasalligi. Daraxt o‘zagining
sariq-oq chirish kasalligini Polyporus hispidus Fr. zamburug‘
qo‘zg‘atadi. Zararlangan yog‘ochlik sariq-oq rangda bo‘lib, to‘q
kulrang hoshiya bilan sog‘lom qismidan ajralib turadi. Zararlanish
natijasida daraxt o‘zagi, ba’zan uning chetki qismi ham buziladi.
Zamburug‘ning tanasi 15 dan 30 sm gacha tana shaklida bo‘ladi,
qalpog‘ining usti to‘q qo‘ng‘ir rangda, qalin mayda tuklar bilan
qoplangan bo‘ladi. Bu zamburug‘ juda ko‘p sporalar hosil qiladi va
ular avgust oyidan boshlab daraxtlarga tarqaladi.
Zamburug‘ asosan yong‘oq daraxtini zararlaydi, ammo olma,
terak va tut daraxtlarida ham uchraydi. Yong‘oq daraxtida o‘zak
chirish kasalligini P. sulphureus Fr. zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Juda
qattiq zararlangan yog‘ochlik qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi, ko‘p yoriladi,
bu yoriqlarda zamburug‘ i pining qalin qatlami to‘planadi.
Zamburug‘ meva tanasining sirti och-sariq, novvot rangda bo‘ladi.
Barg qizarish kasalligi. Barg qizarish kasalligini 
Poly-
stigminarubra Sacc., va  P. ochracenum Sacc. zamburug‘lari
qo‘zg‘atadi. Zararlangan barglarda bo‘rtib chiqqan qizil dog‘lar
paydo bo‘ladi. Bargning zararlangan joyining ostki tomonida
sporalar bilan to‘lgan bo‘rtma paydo bo‘lgan sporalari yordami
bilan tarqaladi.

189
Pista daraxtining un shudring kasalligi. Pista daraxtining un
shudring kasalligini Phylactinia suffulta Sacc., F. pictaciae Jacz.
zamburug‘ qo‘zg‘atadi. Zamburug‘ pista daraxti barglarining ostki
tomonida  oq o‘rgimchak  i plari iyul oyida  hosil qiladi.
Zarang bargining qora dog‘ kasalligi. Zarang bargining qora
dog‘ kasalligini haltali zamburug‘ Rhytisma acerinum Fr. (Melasmia
acerina Lev.) ning takomillashmagan stadiyasi qo‘zg‘atadi.
Zararlangan bargning ustki tomonida sariq jigar rang, so‘ngra
yaltiroq qora dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘larning o‘rtacha
diametri 10 dan 15 mm gacha keladi.
 Savollar:
Manzarali daraxtlarda zang kasalligining tarqalishi, belgilari, infeksiya
manbai va zarari qanday?
Manzarali daraxtlarning dog‘lanish kasalligining belgilari va zarari
qanday?
Manzarali daraxtlarning sariq-oq chirish kasalligining paydo bo‘lishi,
belgilari, infeksiya manbai va zarari qanday?
Pistaning un shudring kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
qanday?
Manzarali daraxtlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari qanday?

190
III QISM
AMALIY MASHG‘ULOTLAR
So‘ruvchi hasharotlarni o‘rganish
Darsning maqsadi: Dala sharoitida o‘simlik so‘ruvchi
zararkunandalari turlarini va zararini aniqlash hamda ularga qarshi
kurash olib borishni o‘rganishdan oldin yuqoridagi “O‘simlik
bitlari”, “Kanalar” va “Qalqondorlar va soxta qalqondorlar”
mavzulari bilan yana bir bor batafsil tanishib chiqish lozim.
Darsga zarur jihozlar: MBS-1 mikroskoplari, binokulyarlar,
qo‘l lupalari, paxtali yostiqchalar, ninalar.
Topshiriqni bajarish tartibi: Bahorning aprel—may oylarida
o‘zingiz o‘qib turgan bilim dargohi  tajriba maydoni  yoki atrofida
mavjud bo‘lgan turli  yong‘oq, o‘rik, shaftoli kabi mevali daraxtlar
va begona o‘tlarda kuzatuv olib boriladi. Mazkur kuzatuvlarda daraxt
barglarida va yovvoyi o‘simliklarda o‘simlik bitlarini uchratish
mumkin. Qo‘l lupasi yordamida kuzatib, ularni sanchib so‘ruvchi
og‘iz apparati bilan o‘simlik shirasini so‘rib turgan holatini
kuzating.
Daraxt novdalaridagi qalqondorlarni topib kuzating va har bir
ko‘rgan zararkunandangizdan namuna oling. Namunalarni
yostiqchalarga joylashtirib, bilim yurtingizga olib keling. Lupa
yordamida olingan namunalarni tekshirib, ularni qaysi turkumga va
turga mansubligini daftaringizga yozib oling.
1. Namunalarni lupa ostida tekshirib, ularni hasharotlar yoki
o‘rgimchaksimonlar sinfiga xos belgilarini aniqlang. Hasharotlar
sinfiga mansub namunalar tanasining uch qismiga: bosh, ko‘krak
va qoringa bo‘linishiga e’tibor bering. Hasharot tanasini bo‘laklarga
bo‘lib o‘rganing. Har bo‘lakni alohida tekshiring. Hasharotlarning
bosh va ko‘krak qismidagi o‘simtalarga va ularning joylanishiga e’tibor
bering. Barcha kuzatuvlarni daftaringizga yozib oling.
2. Dala sharoitida o‘simlik bitlarini bahor va yozda ozuqa yetarli
sharoitda tirik tug‘ib partenogenetik usulda ko‘payishini kuzating.
Shu bilan birga o‘simlik bitlari ozuqa kamayganda erkak va urg‘ochi
qanotli individlarining paydo bo‘lishi va ularning tuxum qo‘yishini

191
kuzatish uchun yong‘oq, o‘rik yoki o‘simlik bitlari mavjud bo‘lgan
boshqa daraxt barglaridan bir necha dona olinib, bir litrli bankalarga
solinadi. Bankalar og‘zi havo almashinadigan mato bilan berkitiladi.
Barglar so‘lib quriy boshlashi bilan o‘simlik bitlari oziqlana olmaydi
va bir necha kun ichida qanotli individlari paydo bo‘ladi. Daladagi
barglar olingan daraxtni shu vaqtda kuzating va shu vaqtda tabiatda
bitlar orasida qanotli individlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Kuzatuv natijalarini daftaringizga  yozib oling.
Kemiruvchi hasharotlarni o‘rganish
Darsning maqsadi: Dala sharoitida o‘simliklarni kemiruvchi
zararkunandalarning turlari va zararini aniqlash hamda ularga qarshi
kurash olib borishni o‘rganish.
Darsga zarur jihozlar: MBS-1 mikroskoplari, binokulyarlar,
qo‘l lupalari, paxtali yostiqchalar, ninalar.
Topshiriqni bajarish tartibi: Aprel—may oylarida o‘zingiz o‘qib
turgan bilim dargohi  tajriba maydoni  yoki atrofida mavjud bo‘lgan
g‘o‘za, poliz ekinlari, yong‘oq, o‘rik, shaftoli kabi mevali
daraxtlar va begona o‘tlarda kuzatuv olib boriladi. Mazkur
kuzatuvlarda daraxt barglarida va yovvoyi o‘simliklarda  turli
kemiruvchi qo‘ng‘izlarini uchratish mumkin. Qo‘l lupasi yordamida
kuzatib, ularni kemiruvchi og‘iz apparati bilan o‘simlik barglarini
kemirib turgan holatini kuzating va namuna oling. Kartoshka
o‘simligida zarar yetkazayotgan kolaroda qo‘ng‘izi va lichinkalarini
topib kuzating va har bir ko‘rgan zararkunandangizdan namuna
oling.
G‘o‘za maydonidan o‘qituvchingiz yordamida agar mavjud
bo‘lsa ko‘sak qurti, karadrina va kuzgi tunlam qurtlarini topib
kuzating va namuna oling. Atrofingizdagi o‘simliklardan
chigirtkalarni topib kuzating va namuna uchun bir necha donasini
tutqich bilan ushlab oling. Namunalarni yostiqchalarga joylashtirib
bilim yurtingizga olib keling. Lupa yordamida olingan namunalarni
tekshirib, ularning qaysi turkumga va turga mansubligini
daftaringizga yozib oling.
Namunalarni lupa ostida tekshirib, ularni hasharotlar sinfiga
xos belgilarini aniqlang. Hasharotlar tanasining uch qismga: bosh,
ko‘krak va qoringa bo‘linishiga e’tibor bering. Har bo‘lakni alohida

192
tekshiring. Hasharotlarning bosh va ko‘krak qismidagi o‘simtalarga
va ularning joylanishiga e’tibor bering.
Namunalardan chigirtka, qo‘ng‘iz va qurtlar og‘iz organining
tuzilishini lupa ostida tekshirib o‘rganing.
Dala sharoitida kemiruvchi zararkunandalarning tuxum qo‘yishi,
rivojlanishi va ko‘payishini kuzating. Zararkunandalar tuxumlarini
o‘simlikning qaysi qismiga qo‘yishini toping va daftaringizga yozib
oling.
Kartoshka o‘simligi  barglaridan   bir necha dona olib,  bir
litrli bankalarga solinadi. Bankalar og‘zi havo almashinadigan
mato bilan berkitiladi. Bir necha dona kolorada qo‘ng‘izi
lichinkalaridan va qo‘ng‘izidan banka ichiga soling.
Zararkunandaning oziqlanishiga e’tibor bering va daftaringizga
yozib oling. Shu tajribani chigirtkalar ustida olib boring va
chigirtkalarning oziqlanishini o‘rganing.
Fitopatologiya fanidan dala amaliyotini o‘tkazish
Darsning maqsadi: Fitopatologiya fanidan dala amaliyotining
asosiy maqsadi talabalarni dala sharoitida o‘rmon o‘simliklarida
zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar va gullik parazitlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarning asosiy ti plari bilan tanishtirib,
ularning tashqi belgilariga qarab bir-biridan farqini, zararini
va ularning oldini olish yo‘llari to‘g‘risida tasavvurlarni hosil
qilish.
Darsga zarur jihozlar: Gerbariy papkasi, 30x42 sm hajmdagi
filtr va gazeta qog‘ozlari, pichoq, qaychi, daftar, qalam hamda
kasallangan o‘simlik namunalari.
Topshiriqni bajarish tartibi: Kollejlarda ta’lim olayotgan talabalar
kasallangan o‘simlik a’zosining tashqi belgilariga qarab ularning
turlarini aniqlashi; zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar keltirib
chiqargan kasalliklarni bir-biridan farqlay bilishi va ularni hisoblash
usullari bilan tanishishi; ko‘chat va urug‘lik materiallarning sifatini
baholay bilishi; kasalliklarga agrotexnik, kimyoviy, biologik usullar
bilan qarshi kurashish yo‘llarini bilishi; o‘simliklarning kasallikarga
chidamliligini baholay bilishi; kasalliklarga qarshi kurashda
ishlatiladigan eritmalarni tayyorlay olishi va unga zarur texnikalarni
bilishi kerak.

193
Fitopatologiyadan dala amaliyoti o‘quv yurtining tajriba
maydonchalarida va bog‘larida olib boriladi. Dala amaliyotidan oldin
o‘qituvchi talabalar bilan maxsus suhbat o‘tkazib, talabalarning
dala amaliyotiga tayyorgarligini nazorat qiladi. Talabalarni 5—6
kishidan iborat guruhchalarga bo‘lib, bu guruhchalarning gerbariy
papkalari, ishchi daftar, namunalarni solish uchun idishlar bilan
ta’minlanganligini tekshiradi.
Talabalar dala sharoitida o‘rmon o‘simliklarida zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar keltirib chiqaradigan quyidagi kasalliklarga
oid materiallarni yig‘ishi lozim:
Terak kasalliklari: zang, qo‘ng‘ir dog‘lanish;
Tut kasalliklari: bakterioz, silindrosporioz;
Olma va nokning parshasi, olmaning un shudringi;
Shaftolining mayda bargliligi, klyasterosporiozi;
Tokning oidiumi, antraknozi, serkasporiozi.
Fitopatologiyadan dala amaliyoti davomida talabalar
o‘simliklarning kasallangan qismlaridan namunalar yig‘ib,
gerbariylar tayyorlaydi va amaliyot oxirida 30 ta turdagi gerbariyni
etiketkalari yozilgan holda o‘qituvchiga topshiradi.
Kasallangan o‘simlik namunalarini yig‘ish va saqlash
Darsning maqsadi: Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning
namunalarini laboratoriya sharoitida ajratib olish uchun kasallangan
o‘simliklar gerbariysini yig‘ish, quritish va ularni saqlash usullari
bilan tanishish.
Darsga zarur jihozlar: Gerbariy papkasi, 30x42 sm hajmdagi
filtr va gazeta qog‘ozlari, pichoq, qaychi, daftar, qalam hamda
kasallangan o‘simlik namunalari.
Topshiriqni bajarish tartibi: Kasallik belgilariga ega bo‘lgan
o‘simlik namunalaridan gerbariy tayyorlab, unga etiketka yozish
malakasiga ega bo‘lish.
Fitopatologik tadqiqotlar uchun kasallik belgilari yaxshi
ifodalangan namunalardan uch donadan yig‘iladi. Tayyorlanadigan
gerbariylar o‘t o‘simliklarida uning ildizi, bargi, poyasi, guli va
mevasi olinadi. Mevali daraxtlarning kasallangan novdasi, bargi,
mevasi olinib, ularning yuzasida zamburug‘ hosil qilgan g‘uborlar,
dog‘lar, yaralar, buralish va barcha qolgan o‘zgarishlar ko‘rinishi

194
lozim. Ildizmevalar, tuganaklar butunligicha, bir litrlik bankalarga
sig‘adigan hajmdagilari olinadi. Kasallangan o‘simlik namunalari
urug‘ unib chiqqandan to vegetatsiyaning oxiriga qadar bo‘lgan
muddatlarda kasallik belgilarining namoyon bo‘lish darajasiga qarab
terib olinadi. Kasallangan o‘simlik namunalari ekinzorlardan va uning
tevarak atrofidan yig‘iladi. Yig‘ilgan gerbariylardagi kasallik
qo‘zg‘atuvchisining birlamchi va ikkilamchi infeksiya manbai mavjud
yoki yo‘qligiga e’tibor berish kerak. Qish faslida  mevali bog‘lar va
omborxonalardan namunalar yig‘iladi.
Yig‘ilgan gerbariylar gerbariy papkalarida saqlanib, quriguncha
filtr qog‘ozini bir necha marta almashtirib turilishi kerak. Tayyor
bo‘lgan gerbariyga etiketka yoziladi. Etiketkani yozishda quyidagi
ma’lumotlar beriladi:
O‘simlik oilasi_____________________________
O‘simlik turi_______________________________
O‘simlik navi_______________________________
Gerbariyning yig‘ilgan vaqti____________________
Gerbariyning yig‘ilgan joyi____________________
Gerbariy kim tamonidan yig‘ilgan______________
O‘simlik kasalligining nomi___________________
Meva, tuganaklar 70 % li spirtda, 5 % li formalinda , spirt,
formalin eritmasida, yoki 8—9 % li osh tuzi eritmasida bankalarga
solingan holda saqlanadi. Bunday a’zolarni uzoq muddatda saqlash
uchun mis sulfatdan (CuSO

 5H
2
0)-180 g, so‘ndirilgan ohak—
180 g va 22,7 l suv aralashmasida saqlanadi. Mis sulfati 2 l suvda
bir kecha-kundiz eritib qo‘yiladi. Ohak 20,7 l suvda so‘ndirilib,
bir kundan keyin dokadan o‘tkazilib foydalaniladi.
Namunalarni muzeyda saqlash uchun 40 % li formalin —25
ml, 95 % li spirt—150 ml va 1 l suv aralashmasidan ham
foydalaniladi. O‘simlik namunalarining yashil rangini saqlash uchun
1 qism uksis kislotasi, 4 qism suvdan iborat eritmada 1—2 daqiqa
qaynatib, keyin 5 % li formalinda saqlanadi.
Mevalarni saqlash uchun Gesler konservatlaridan foydalaniladi.
Buning uchun rux xlorid (50 g), 40 % li formaldagid (25 ml),
glitserin (25 g) va 1 l suvdan foydalaniladi.
Bankalardagi eritmalarning sathi kamaymasligi uchun bankalar
qopqog‘i parafin bilan yoki parafin lentalar bilan yopib qo‘yiladi.

195
Har bir bankaga quyidagi etiketka yopishtiriladi.
O‘simlik a’zosining nomi______________________
Namunaning yig‘ilgan vaqti____________________
Namunaning yig‘ilgan joyi_____________________
Namuna kim tamonidan yig‘ilgan________________
Kasallikning nomi___________________________
Mikroorganizmlarni turli o‘simlik qismlaridan ajratib olish
Darsning maqsadi: Zamburug‘larning morfologik xususiyatlarini
o‘rganish va sistematik o‘rnini aniqlash uchun kasallangan o‘simlik
qismlaridan nam kamera usulida ajratib olish.
Darsga zarur jihozlar: Petri likopchalari, mikroskop, preproval
nina, buyum va qoplag‘ich oynalar, sterilizatsiya qilingan suv,
kasallangan o‘simlik namunalari, skalpel, pinset va plomaster.
Topshiriqni bajarish tartibi: Zamburug‘ini o‘simlik
qismlaridan ajratib olishda maxsus usullarni to‘g‘ri qo‘llash
muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘simlik qismlarini tashqi
mikofloradan tozalash uchun 1:1000 nisbatda eritilgan
sulemadan, shuningdek, 1:300 nisbatda eritilgan formalin
eritmasidan (30 daqiqa davomida), 1% bromli suvdan (bir necha
sekund), 2% li margansovkali kaliy eritmasidan (15 daqiqa
davomida) ham foydalanish mumkin. O‘rganilayotgan o‘simlik
qismi tayyorlangan eritmada ko‘rsatilgan muddat davomida
saqlanib, keyin bir necha marta sterilizatsiya qilingan suvda yuvib
tashlash tavsiya qilinadi. Buta, daraxtlarning novdasi, poyasi,
bargini tashqi infeksiyadan tozalashda ko‘rsatilgan tozalagichlar
yaxshi samara beravermaydi. Shuning uchun o‘simlik qismlarini
sterelizatsiya qilishda denaturat yoki texnik spirtdan foydalanib,
tadqiq  qilinayotgan qismni tashqarisidan alangada kuydirish
usulidan foydalaniladi. Ajratilayotgan zamburug‘larning
b a k t e r i y a l a r d a n   h o l i   b o ‘ l i s h i n i   t a ’ m i n l a s h   m a q s a d i d a
streptomitsin penitsillin antibiotiklaridan  foydalanildi.
O‘simlik a’zolaridan zamburug‘larni ajratib olish maqsadida Petri
likobchalarida tayyorlangan namlangan kameralardan foydalaniladi.
Buning uchun dastlab 1 atm bosim ostida 121 
0
C da sterilizatsiya
qilingan Petri likobchalariga 1 ta filtr qog‘ozidan tayyorlangan
doirachalar qo‘yilib, sterilizatsiya qilingan suvda namlanadi.

196
Tekshirilayotgan o‘simlik qismlari tashqi tomonidan spirt,
formalin yoki spirtovka alangasida sterilizatsiya qilingandan keyin
0,1—0,3 mm kattalikda mayda bo‘lakchalarga qirqilib, Petri
likobchalaridagi namlangan kameralarga joylashtirilib,
eksikatorlarda saqlanadi. Kasallangan o‘simlik qismlarida
o‘sayotgan zamburug‘larning o‘sish va rivojlanishi 2—3 kundan
keyin mikroskopning kichik obyektivida kuzatishdan  boshlandi.
Ajralib chiqayotgan zamburug‘lar mitseliysining ayrim
bo‘laklari, konidiyalari mikrobiologik ilgak vositasida probirkadagi
agarli ozuqa muhitiga ekiladi.
Zamburug‘larni o‘simlik ildizidan ajratib olish uchun
kasallik belgilariga ega bo‘lgan o‘simlik ildizi kovlab olinib,
sterilizatsiya qilingan suvda bir necha marta yuvib tashlanadi.
O‘tkir ustara bilan 0,5—1 sm uzunlikda bo‘lakchalarga bo‘lib,
Petri likobchasidan tayyorlangan nam kameraga qo‘yiladi.
Termostatdagi harorat 27—30 
0
C dan oshmasligi, namlik
miqdori 70—80% bo‘lishi kerak. Ildizdagi zamburug‘ning o‘sishi
va rivojlanishini kuzatish 24—48 soatdan keyin amalga
oshiriladi.
Zararlangan o‘simlik barg, poya va novdasidagi to‘qimalaridan
zamburug‘larni ajratib olish uchun uning zararlangan qismlari
sterilizatsiya qilingandan keyin o‘tkir ustara vositasida qiya qilib
kesiladi. Hosil bo‘lgan yupqa kesmalar nam kameraga yoki
probirkadagi agarli ozuqa muhitiga ekiladi.
O‘simliklarning bargi, poyasi, novdasidagi o‘tkazuvchi
to‘qimalarning, yog‘ochlik yoki floema qismidagi zamburug‘larni
ajratib olish uchun uni tashqi tomonidan sterilizatsiya qilinadi.
O‘tkir ustarada uning qoraygan qismidan mayda bo‘laklarga
qirqilib, nam kameraga joylashtiriladi. O‘simlik urug‘larining
ichida parazitlik qilayotgan zamburug‘larni ajratib olish uchun
asosan nam kameralardan foydalanish eng samarali usul
hisoblanadi.
Buning uchun tashqi tomondan sterilizatsiya qilingan urug‘lar
0,5—1,0 sm masofada nam kamerali Petri likobchasiga
joylashtiriladi.Har bir namunaga olingan urug‘lar guruhidan 50—
100 tagacha urug‘ o‘rganiladi. Urug‘dan unib chiqqan zamburug‘lar
turlarini aniqlash maqsadida ozuqali probirkaga mikrobiologik ilgak
vositasida olib ekiladi.

197
Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish
Darsning maqsadi: Zamburug‘larning morfologik tuzilishi va
jinsiy ko‘payishiga xizmat qiladigan zoosporaniy, gametalar,
oogoniy, anteridiylar bilan tanishish.
Darsga zarur jihozlar: Petri likopchalari, mikroskop, preproval
nina, buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, glitserin va spirtli metil
bo‘yog‘i,  Fusarium, Mucor zamburug‘lari kulturasi.
Topshiriqni bajarish tartibi: O‘simliklarda kasallik keltirib
chiqaradigan zamburug‘larni ajratib olishda, ularning turlarini
aniqlashda, tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganishda MBI-3, MBI-6,
MBI-15 mikroskoplaridan foydalaniladi (Roskin,1967).
O‘rganilayotgan zamburug‘lardan vaqtincha yoki doimiy
preparatlar tayyorlanib, mikrofotografiyasini olishda mikroskopda
oddiy rasmga tushirish usulidan, ayrim preparatlardagi tasvirlar
chizig‘i yaxshi sezilmagan taqdirda RA-4 rusumdagi rasm chizish
apparatidan foydalaniladi. Rasm chizish apparatida zam-
burug‘larning katta, kichik konidiyalari, ularning mitseliysining
shakli, egiluvchanligi, uchki hujayra va oyoqchasining hosil bo‘lishi
aniq chizishda x 3 okulyar, x 10 obyektiv, kichik konidiyalarni
chizishda x 10 yoki 15 okulyar, x 20 yoki 40 lik obyektivdan
foydalaniladi.
O‘rganilayotgan turlar konidiyasining kattaligini o‘lchashda
okulyar mikrometr va obyektiv mikrometrdan foydalaniladi.
Zamburug‘ konidiyalarini bir marta o‘lchash uning haqiqiy o‘lchami
to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaganligidan, bir nechta o‘lchash
ishlari olib borilib, uning o‘rtacha o‘lchami varitsion statistika metodi
asosida hisoblab chiqiladi (Rokitskiy, 1961; Terentyev, Rostova,
1977).
Suyuq ozuqa muhitdagi zamburug‘lar hosil qilgan sporalar
miqdorini aniqlash maqsadida hisoblash kamerasidan foydalanildi.
U Tom va Neybauer kamerasi, Predtechenskiy to‘ridan iborat
bo‘lib,  plastinkada chizilgan maydon 1 mm
2
 ga teng. Shu maydondagi
konidiyalar miqdori — x=a·b:4000 formula yordamida hisoblab
chiqildi. Bunda a—kameraning ma’lum maydonidagi konidiyalar
soni,  b—sanalgan kvadratlar soni. Shunday qilib, 1 sm
3
 dagi
konidiya miqdorini aniqlash uchun x=a·b ni 4000 ga ko‘paytirish
zarur. Har bir kvadratni diagonal bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Olingan

198
ma’lumotlar variatsion statistika usuli bo‘yicha hisoblanadi
(Rokitskiy,1961).
Zamburug‘larni tirik holida o‘rganish va vaqtinchalik
preparatlar tayyorlash maqsadida kasallangan o‘simlik qismlaridan
tayyorlangan preparatlar qo‘shimcha ishlovsiz, quritilgan buyum
oynasiga bir tomchi suv tomizilib, o‘simlikning o‘rganilayotgan
qismidan olingan kichik, yupqa bo‘lakchasi preparatga qo‘yiladi.
U oyna bilan yopilib dastlab mikroskopning kichik obyektivida,
keyin x40 obyektivda kuzatiladi. Kuzatish natijasida o‘simlik
zararlangan to‘qimasida zamburug‘ mitseliysi yoki konidiyalari,
fermentlar ta’sirida hujayraning o‘zgarishi ko‘riladi. Bu usuldan
foydalanish zamburug‘ning patogenlik xususiyatini o‘rganishda,
nekrozning poyaning zararlangan qismida tarqalishini aniqlashda
yaxshi samara beradi. Buning uchun vaqtinchalik va doimiy
preparatlar tayyorlanadi. Vaqtinchalik preparatlarni tayyorlashda
spirt, glitserin va suv (1:1:1) aralashmasidan foydalaniladi
(Maysel, Gutkina, 1953).
Zamburug‘larning morfologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlarda suyuq ozuqa muhiti bilan birga qotirilgan
agarli ozuqa muhitidan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Zamburug‘larining haqiqiy konidiyalar hosil qilish
xususiyatini kuzatish uchun, taraqqiyotini va ontogenezini
o‘rganishda mikrokultura metodidan foydalaniladi (Bilay,
Ellanskaya, 1975). Buning uchun Petri likobchasining ustki
qopqog‘iga 10—15 tomchi Chapek suyuq ozuqa   muhiti  pi petka
yordamida alohida-alohida tomiziladi. Har bir tomchiga
taksonomik o‘rni aniqlanishi lozim bo‘lgan tur  mikrobiologik
ilgak vositasida ekib chiqiladi. Har bir tomchiga ekilgan zamburug‘
mavjud ozuqa muhitini tezda foydalanishi natijasida 24—36 soat
ichida tur uchun xos konidiyalarni hosil qiladi. Bunday ozuqa
muhitida konidiyaning unib chiqishidan boshlab, mitseliy hosil
qilishi va undan yangi konidiyalarning hosil bo‘lishini kuzatish
mumkin.
Mikologik tadqiqotlarda zamburug‘ mitseliysi, konidiyalari,
hujayralar, to‘siqchalar, xlamidasporalarni ko‘rinish
xususiyatlarini yaxshilash maqsadida turli bo‘yoqlardan: ko‘k
metilleviy, binafsha metilleviy, lyugol eritmasi (Frey-
Vissling,1976) dan foydalaniladi.

199
Ko‘k metilin bo‘yog‘ini tayyorlash uchun 100 ml 96% spirtda
3 g metilin kukuni eritiladi. Unga bir hissa suv va bir hissa glitserin
qo‘shib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan eritma uzoq saqlanadi va undan
preparatlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Zamburug‘larining ozuqa muhitida hosil qilgan ranglarini
aniqlashda Bondarsyev (1953) shkalasidan foydalaniladi.
Mikroorganizmlarni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan ozuqa muhiti
va sharoitlari
Darsning maqsadi: Zamburug‘larning o‘sishi uchun zarur oziqa
tayyorlash usullari bilan tanishish.
Darsga zarur jihozlar: Petri likopchalari, probirkalar, 1000
ml kartoshka ekstrakti (1800 g kartoshkaningg 4500 ml suvda
qaynatmasi), saharoza 40 g, agar 40 g; Chapeka oziqa muhitini
tayyorlash uchun zarur tuzlar: magniy sulfat 0,5 g, suvsiz fosfat
kaliy 1,0 g, kaliy xlorid 0,5 g, temir sulfat 0,01 g, natriy nitrat
2,0 g, glukoza 20 g, agar 20 g, suv 1 l.
Topshiriqni bajarish tartibi: Zamburug‘larning o‘sish va
rivojlanishi uchun zarur oziqalar qatoriga: uglerod, azot, vodorod,
noorganik moddalardan: natriy, fosfor, magniy, kalsiy, oltingugurt,
temir, mikroelementlardan: marganes, sink, molibden, kabolt,
mis, bor kabilar kiradi. Ularning rivojlanishida  zarur harorat,
namlik, yorug‘lik va kislorod bilar ta’minlanganlik darajasi muhim
rol o‘ynaydi.
Tadqiqot uchun olingan o‘simlik namunalarida kasallikni
qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini to‘g‘ri aniqlash va kelgusida
o‘stirishni ta’minlash maqsadida sof holdagi turni ajratib olish
(monospora) ham muhim rol o‘ynaydi.
Taksonomik o‘rni aniqlangan (monosporali) turlarning biomassa
va biologik aktiv moddalar hosil qilish xususiyatlarini ta’minlash
maqsadida: 1) har bir turni sof holda ajratib olish; 2) undan
andazali namunalar hosil qilish; 3) sof holdagi turlarning biologik
xususiyatlari  shakllanishini aniqlash uchun zarur bo‘lgan aniq
sharoit hosil qilish; 4) sof holdagi turni o‘stirish uchun ozuqa
tayyorlab, uni sterilizatsiyalash va zarur jihozlarni tayyorlash ishlari
bajariladi.

200
Zamburug‘ining o‘sishi va rivojlanishi uchun havo harorati va
namlik ham muhim ahamiyatga ega. Haroratning 25—27 
0
C, nisbiy
namlikning 60—95% miqdorda bo‘lishi, uning o‘sishi va rivojlanishi
uchun optimal miqdor hisoblanadi. Buning uchun o‘rganilayotgan
zamburug‘ turlari 0

dan 40 
0
C gacha bo‘lgan haroratning ta’sirini
5—7 
0
C intervalda o‘rganildi. O‘rganilayotgan zamburug‘lar Petri
likobchasi ichidagi susloli agarga mikrobiologik ilgak  vositasida ekiladi.
Zamburug‘ ekilgan Petri likobchalari termostatda hosil qilingan
0
0
, 5
0
, 10
0
, 15
0
, 20
0
, 25
0
, 30
0
, 37 
0
C haroratlarda 15 kun davomida
o‘stirildi.Hosil bo‘lgan koloniya o‘lchami  zamburug‘ ekilgan likopcha
markazidan qirrasiga qadar o‘lchanadi.
Zamburug‘larining har xil nisbiy namlikda o‘sish xususiyatini
kuzatish uchun tajribalar quyidagi nisbiy namliklarda
o‘tkaziladi: 15, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 va 95%. Nazoratdagi
namunalar 90% li nisbiy namlikda o‘stiriladi. Tajriba 16 kun
davomida o‘tkazilib, 7—10 kunda o‘sish tezligi, 15 kunda esa
morfologik o‘zgarishlari tekshiriladi. Ko‘rsatilgan namliklar
eksikatorni xlorid kislotaning turli kontsentratsiyasida namlash
bilan hosil qilinadi.
Zamburug‘lar oziqlanadigan moddalar tabiiy yoki sun’iy
tarkibli bo‘lib, ular maxus retsept va miqdor asosida tuzib
chiqiladi. Tabiiy oziqa moddalar sifatida  mayda qirqilgan meva,
sabzavot, daraxt novdalari, barglar, donlar, urug‘lar  va
ulardan tayyorlangan ekstraktlardan foydalaniladi. Bu
ekstraktlar tarkibiga 20 g gacha agar aralashtirib tayyorlangan
oziqa muhitida barcha saprotrof va fitopatogen zamburug‘lar
yaxshi rivojlanadi.
Zamburug‘ini laboratoriya sharoitida uzoq vaqt saqlash maqsadida
tabiiy ozuqa sifatida mayda qirqilib sterilizatsiya qilingan o‘simlik
novdalari, poyasidan tayyorlangan qirindilardan foydalaniladi.
Buning uchun zamburug‘ bilan kasallantirilgan o‘simlik novdalari
0,3—0,4 sm kattalikda maydalab qirqiladi. Ular probirkaga 5 g
miqdorda solinib, uning ustidan ikki hajmda suv solib, 1 atm bosim
bilan 1 soat davomida sterilizatsiya qilinadi. Bunday usulda
tayyorlangan ozuqa muhiti sovitilgandan keyin, turlari aniqlangan
zamburug‘lar mikrobiologik ilgak vositasida unga ekiladi. Ko‘rsatilgan
ozuqa  muhiti rN-4,5-6,0 bo‘lganda zamburug‘lar yaxshi rivojlanadi
(Naumov,1937).

201
Ko‘pgina patogen va saprotrof zamburug‘ turlarini
aniqlashda tabiiy ozuqa muhiti bilan birga, suslo agarli
ozuqadan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Suslo-agar
quyidagicha tayyorlanadi: pivoning suslosiga Balling  areometri
bo‘yicha 7 
0
C gacha suv qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan susloga 1,5—
2%  agar-agar qo‘shib qizdiriladi. Eritma probirkalarga quyilib,
0,5—1,0 atm bosim ostida 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi
(Bilay, 1977).
Suslo-agar ozuqa muhitida bu zamburug‘lar barcha turlari  yaxshi
o‘sib, rivojlanib, o‘ziga xos ranglarni va morfologik belgilarni hosil
qiladi. Konidiyalar hosil qilmaydigan ayrim turlar uchun quyidagi
tarkibli ozuqa muhiti tavsiya qilinadi (Bilay, 1977). KH
2
PO
4
 — 1 g;
KNO
3
 — 2 g; MgSO
4
 — 0,5 g; KCl — 0,5 g; FeSO
4
 — tomchi;
Kraxmal — 0,1 g; Saxaroza — 0,1 g; Glukoza — 0,1 g; Suv — 1 l.
Bunday tarkibli ozuqa muhiti ichiga eni 0,7 sm, uzunligi 5 sm
bo‘lgan filtr qog‘ozi solingan probirkaga 5 ml dan quyib sterilizatsiya
qilinadi.
Suyuq ozuqa muhitida o‘stirilgan zamburug‘lar mitseliysi va
konidiyalarini ajratib olish maqsadida Zeyts bakteriologik filtridan
foydalaniladi (Pimenova va boshq. 1971).
Fitopatogen zamburug‘larni o‘stirish uchun quyidagi tarkibdagi
tabiiy oziqa muhitlaridan foydalaniladi: kartoshkali glukozali agar
(kartoshka 200, glukoza 100, agar 20 g); kartoshkali saxarozali
agar (1000 ml kartoshka ekstrakti (1800 g kartoshka 4500 ml suvda
qaynatiladi), saxaroza 40 g, agar 40 g; kartoshkali destrozali agar
(kartoshka 200 g, dekstroza 20 g, agar 20 g). Ko‘pchilik fitopatogen
zamburug‘lar Chapeka oziqa muhitida yaxshi o‘sadi. Uning tarkibi
quyidagicha: magniy sulfat 0,5 g, suvsiz fosfat kaliy 1,0 g, kaliy
xlorid 0,5 g, temir sulfat 0,01 g, natriy nitrat 2,0 g, glukoza 20g,
agar 20 g, suv 1 l.
Zamburug‘larning biologik va morfologik xususiyatlarini
o‘rganish uchun mo‘ljallangan turlarni ekishda toza (steril) muhit
hosil qilib, o‘stirilayotgan turlar sofligini ta’minlash maqsadida
boksni toza saqlash, uning pol, shift va devorlarini sovunli suvda
yuvib turish, jihozlarni 2 % li xloramin eritmasida artish tavsiya
etiladi. Boks ichidagi havo BUV-15, BUV-30, BUV-60 namunali
bakteriotsid yoritgichlarda 40—60 min davomida sterilizatsiya
qilinadi.

202
Tayyorlangan oziqalar albatta sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiya
muddatlari va miqdori oziqaning tarkibiga bog‘liq. Buning uchun
laboratoriya avtoklavlaridan foydalanib, sterelizatsiya muddatlari
20—30 daqiqadan 1 soatga qadar davom etadi. Tarkibida glukoza
bo‘lgan oziqalar 112 
0C
 haroratda 30 daqiqa  0,5 atmosfera bosimida
sterilizatsiya qilinsa, tabiiy oziqa muhitlari 1 atmosfera bosim ostida
1 soat sterilizatsiya qilinadi.
Sof holdagi turlarni saqlashga mo‘ljallangan ozuqa  muhitlari,
idishlar, sterilizatsiya qilingan bo‘lishi shart. Shisha idishlar
avtoklavlarda 1 atm bosim ostida 1 soat davomida yoki  quritish
shkaflarida 160 
0
C da 2 soat davomida sterilizatsiya qilinadi.

203
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Àôàíàñüåâà À.È., Ãðóçäåâ Ã.Ñ., Äìèòðèåâ Ë.Á. Ïðàêòèêóì ïî
õèìè÷åñêîé çàùèòå ðàñòåíèé. Ìîñêâà. Êîëîñ, 1983.272.
2. Áèëàé Â.È. Ôóçàðèè.Êèåâ: Íàóêîâà äóìêà, 1977.
3. Murodov S.A. “Umumiy entomologiya kursi”. “Mehnat”, T., 1986.
4. Kimsanboyev X.X. va boshq. “Umumiy va qishloq xo‘jalik
entomologiyasi”, “O‘qituvchi”, T., 2002.
5. Ãîëîâèí Ï.Í., Àðñåíüåâà Ì.Â. è äð. Ïðàêòèêóì ïî îáùåé
ôèòîïàòîëîãèè. - Ë.: “Êîëîñ”,  1977.
6. Çàxàðîâà Ò.È. è äð. Ðåêîìåíäàöèè ïî âûÿâëåíèþ áîëåçíåé
ñåëüñêîõîçÿéñòâåííûõ ðàñòåíèé. Ïîä ðåä. À.Å.×óìàêîâà. Ì.,
Ðîññåëüõîçèçäàò, 1967.
7. Ïåðåñûïêèí Â.Ô. Ñåëüñêîõîçÿéñòâåííàÿ ôèòîïàòîëîãèÿ. Ì.:
“Êîëîñ” 1982.
8. Ñóõîâ Ê.Ñ. Îáùàÿ âèðóñîëîãèÿ. Ì., 1965.
9. Ñìèò Ê. Âèðóñíûå áîëåçíè ðàñòåíèé, Ïåðåâîä àíãë. Ì.:1960.
10. Ãîðëåíêî Ì.Â. Áàêòåðèàëüíûå áîëåçíè ðàñòåíèé. Ì. 1966.
11. Äåìåíòüåâà Ì.È. Ôèòîïàòîëîãèÿ.- Ì.,  “Êîëîñ”  1977.
12. Ïåñöîâà Ñ.Ò.Áèîëîãè÷åñêèå îñîáåííîñòè ãðèáîâ ðîäà Fusarium,
âûçûâàþøèõ óâÿäàíèå äûíü â Òàøêåíòñêîé îáëàñòè. Àâòîðåô. êàíä.
äèññ. Òàøêåíò, 1973.
13. Ðàìàçàíîâà Ñ.Ñ. Ñèñòåìàòèêà ãðèáîâ ðîäà  Verticillium. Àâòîðåô.
äîêò. äèññ. Òîøêåíò,1975.
14. Ðîäèãèí Ì.Í. Îáøàÿ ôèòîïàòîëîãèÿ. Ìîñêâà.“Âûñøàÿ øêîëà”,
1978.
15. Ñàôèÿçîâ Æ. Áèîëîãèÿ, öèòîôèçèîëîãèÿ êëåòîê Verticillium è
èõ èçìåí÷èâîñòü. Àâòîðåô. äîêò. äèññ. Òàøêåíò, 1991.
16. Õàëèêîâà Ì.Ì. Ìèêðîìèöåòû Òàøêåíòñêîé îáëàñòè. Àâòîðåô.
êàíä. äèññ. Òîøêåíò,1989.
17. Sheraliyev A. Tutning fuzarioz kasalligi, T.: “Fan”, 1992.
18. Øåðàëèåâ À. Ðîä Fusarium Lk.et Fr. â Óçáåêèñòàíå. Àâòîðåô. äîêò.
äèññ. Òîøêåíò, 2001.
19. Sheraliyev A. Umumiy va qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi, “Talqin”,
Toshkent, 2004.

204
20. Sheraliyev A. Texnik ekinlar kasalliklari, ToshDAU nashriyoti,
Toshkent, 2006.
21. Sheraliyev A., Sattarova R.K., Rahimov U. Qishloq xo‘jalik
fitopatologiyasi, Toshkent, 2007
22. Áåðèì Í.Ã. Õèìè÷åñêàÿ çàùèòà ðàñòåíèé. – 2-å èçä. Ë., 1972.
23. Ãåøåëå Ý.Ý.Îñíîâû ôèòîïàòîëîãè÷åñêîé îöåíêè â ñåëåêöèè.Ì.,
«Êîëîñ», 1964.
24. Õàêèìîâ À. Áèîëîãè÷åñêèå ìåðû áîðáû ñ âèëòîì õëîï÷àòíèêà
(Trihoderma ligronum). Àâòîðåô. äîêò. äèññ. Òàøêåíò, 1983.
25. Hasanov B.O. va boshq. “G‘o‘zani zararkunanda, kasalliklar va begona
o‘tlardan himoya qilish”. Toshkent, 2002.

205
MUNDARIJA
Kirish ...................................................................................... 3
I QISM
1-bob. Entomologiya fanining rivojlanish tarixi ............................. 7
2-bob. Hasharotlar to‘g‘risida ma’lumot ........................................ 9
3-bob. Hasharotlar morfologiyasi va anatomiyasi ........................... 11
3.1. Hasharotlarning tashqi tuzilishi .......................................... 11
3.2. Hasharotlarning ichki tuzilishi .......................................... 15
4-bob. Hasharotlar klassifikatsiyasi ............................................... 20
4.1. Oliy yoki qanotli hasharotlar ............................................. 21
4.2. Teng qanotlilar .................................................................. 21
4.3. To‘g‘ri qanotlilar ............................................................... 22
4.4. Parda qanotlilar .................................................................. 23
4.5. Ikki qanotlilar .................................................................... 23
4.6. Kapalaklar yoki tanga qanotlilar ........................................ 24
4.7.Qattiq qanotlilar yoki qo‘ng‘izlar ...................................... 25
4.8.Yarim qttiq qanotlilar yoki qandalalar .............................. 26
5-bob. Hasharotlarning rivojlanishi ............................................... 30
5.1. Hasharotlarni ekologiyasi ................................................... 33
5.2. Abiotik omillar ................................................................... 34
5.3. Biotik omillar ..................................................................... 35
6-bob. So‘ruvchi hasharotlar ......................................................... 37
6.1. O‘simlik bitlari ................................................................... 37
6.2. Barg bitlari ......................................................................... 40
6.3. Kanalar .............................................................................. 41
6.4. Kanalarga qarshi kurash choralari ....................................... 43
6.5. Qalqondorlar va soxta qalqandorlar ..................................... 44
7-bob. Kemiruvchi hasharotlar ...................................................... 48
7.1. Tunlamlar .......................................................................... 48
7.2. G‘o‘za barg qurti-karadrina ................................................. 52
7.3. Qattiq qanotli hasharotlar-qo‘ng‘izlar ................................. 54
7.4. Yog‘och kemiruvchilar yoki uzun mo‘ylovlilar .................. 54
7.5. Dala ekinlariga zarar yetkazuvchi qo‘ng‘izlar ....................... 56
8-bob. To‘g‘ri qanotlilar turkumi .................................................. 60
8.1. Uzun mo‘ylovlilar .............................................................. 60
8.2. Kalta mo‘ylovlilar ............................................................... 61
9-bob. Foydali hasharotlar ............................................................ 65
9.1. Xonqizilar oilasi ................................................................ 67

206
II QISM
1-bob. Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifasi .......................... 71
1.1. Fitopatologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi .............. 72
1.2. Fitopatologiya fanining vazifalari ......................................... 73
2-bob. Fitopatologiya fanining rivojlanish tarixi ............................. 74
3-bob. O‘simlik kasalliklari to‘g‘risida tushuncha ............................ 80
4-bob. O‘simlik kasalliklarining belgilari ....................................... 83
5-bob. O‘simlik kasalliklarini klassifikatsiya qilish .......................... 89
6-bob. O‘simliklarning yuqumsiz kasalliklari ................................ 92
6.1. O‘simliklarning tuproqda oziq moddalar yetish-
        masligidan kelib chiqadigan kasalliklari ........................... 92
6.2. Tuproq tarkibidagi namlik miqdoridan kelib chiqadigan
       kasalliklar ......................................................................... 95
6.3. Ob-havo sharoitidan kelib chiqadigan kaslliklar ................. 97
6.4. Kimyoviy moddalar ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar ..... 99
7-bob. Fitopatogen viruslar ............................................................ 101
7.1. Fitopatogen viruslarn nomenklaturasi va klassifikatsiyasi ....... 105
7.2. Virus kasalliklarini aniqlash ............................................... 106
7.3. Virus kasalliklariga qarshi kurash choralari .......................... 109
8-bob. Fitopatogen bakteriyalar ..................................................... 111
8.1. Bakteriyalarning ko‘payishi ................................................ 113
8.2. Bakteriyalar sistematikasi ................................................... 114
8.3. Bakteriyalar klassiyaikatsiyasi ............................................. 114
8.4. Bakterial kasalliklarga qarshi kurash choralari ..................... 116
9-bob. Zamburug‘larning umumiy tafsiloti .................................... 118
9.1. Zamburug‘larning tuzilishi ................................................. 119
9.2. Zamburug‘lar protoplastining tuzilishi ............................... 119
9.3. Zamburug‘larning morfologik tuzilishi ................................ 121
9.4. Mitseliyning shakl o‘zgarishi .............................................. 122
9.5. Zamburug‘larning oziqlanishi ............................................. 123
9.6. Zamburug‘larning ko‘payishi .............................................. 123
9.7. Zamburug‘larning hayoti va ixtisoslashuvi ........................... 127
9.8. Zamburug‘larning sistematikasi .......................................... 128
9.9. Xitridiomitsetlar sinfi — Chytridiomucetes ......................... 129
9.10. Oomitsetlar sinfi —
 
Oomycetes ........................................ 129
9.11. Zigomitsetlar sinfi — Zygomycetes ................................... 131
9.12. Xaltachali zamburug‘lar - Askomitsetlar sinfi —
         Ascomycetes .................................................................... 131
9.13. Bazidiomitsetlar sinfi — Basidromyctes ............................ 133
9.14. Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar
        sinfi — Dueteromycetes .................................................... 136

207
10-bob. O‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchilar orasidagi o‘zaro
             munosabatlar ................................................................. 139
11-bob. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi .......... 145
12-bob. O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini yetishtirish
             usullari ........................................................................... 149
13-bob. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini baholash ........ 152
14-bob. Qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan himoya qilish
             usullari .......................................................................... 159
14.1. Agrotexnik kurash choralari .............................................. 159
14.2.Kimyoviy kurash choralari ............................................... 162
14.3.Biologik kurash choralri .................................................... 163
15-bob. Fungitsidlar to‘g‘risida tushuncha ..................................... 166
16-bob. Mevali daraxtlarning kasalliklari ..................................... 169
17-bob. Sitrus o‘simliklarining kasalliklari ................................... 178
18-BOB. Anor va anjir kasalliklari ............................................... 182
19-BOB. Manzarali daraxtlarning kasalliklari ................................ 187
III QISM
Amaliy mashg‘ulotlar
So‘ruvchi hasharotlarni o‘rganish ............................................. 190
Kemiruvchi hasharotlarni o‘rganish ........................................ 191
Fitopatologiya fanidan dala amaliyotini o‘tkazish ..................... 192
Kasallangan o‘simlik namunalarini yig‘ish va saqlash .............. 193
Mikroorganizmlarni turli o‘simlik qismlaridan ajratib olish ...... 195
Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish ............... 197
Mikroorganizmlarni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan ozuqa
muhiti va sharoitilari ................................................................. 199
Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................... 203

208
A.Sh. Sheraliyev, B.E. Murodov
ENTOMOLOGIYA VA FITOPATOLOGIYA
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Toshkent—“Yangi nashr”—2008
Muharrir  M. To‘ychiyev
Texnik muharrir  T. Smirnova
Musahhih  F. Komilova
Bosishga ruxsat etildi 30.01.2008-y. Bichimi 60x90 
1
/
16
.
Kegli 11. Tayms garniturasi. Bosma tobog‘i 13,0.
Adadi 500 nusxa. Buyurtma ¹
Bahosi shartnoma asosida.
“Yangi nashr” MChJ nashriyoti, Toshkent, Jar-ariq, 15/108.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin