113
gulpar o’simligida hayot kechiradigan shiralarning 4 turi misolida ham ko’rish
mumkin.
Unda ifodalanishicha, eng katta o’lchamli tur o’simlikning tomir
bo’g’izida, unga nisbatan kichikroq o’lchamdagi tur barg qo’ltig’ida yashaydi.
Keyingi ikki tur esa gul bandlari va savatchalarida hayot kechiradi. Yuqori
yarusda eng mayda shiralar hayot kechiradi. Tomir bo’g’izidagi shiralar 3-4 ta
bo’lib yashasa, eng yuqori yarusdagi shiralar xartumchasining uzunligi
bo’yicha tomir bo’g’iz shirasi alohida ajralib turadi, yuqori yarusdagi
shiralarning xartumchasining uzunligi bir muncha kalta bo’ladi. Gulpar
shiralaribir gildiyaga mansub bo’lib, bir o’simlikdan ozuqa manbasi sifatida
foydalanishga ixtisoslashgan. Agar turlararo raqobat mavjud bo’lsa, yoki
dastlab bo’lgan bo’lsa, u holda raqobat aynan gildiyalar ichida sodir bo’ladi.
Tabiatda bir gildiyaga mansub turlar bir taksonomik guruhga yoki bir necha
taksonomik guruhga mansub bo’lishi mumkin.
Jamoalarda ekologik tokchalarning ajralishi va tarlararo raqobatning
mo’’tadillashishi hayvonlarni ozuqa resurslaridan unumli foydalanishga
imkoniyat yaratadi.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: