109
Trofik zanjirlar avtotroflardan boshlansa, sarflanish zanjiri deyiladi.
Agar ozuqa zanjiri o’simlik qodiqlari, hayvonlar jasadi va
chiqindilaridan boshlansa, parchalanish (detrit) zanjiri deb ataladi.
Ikkilamchi mahsuldorlik yangi biomassa hosil bo’lish jarayoni tezligini
ifodalaydi. O’simliklardan farqliroq, hayvonlar oddiy molekulalardan
murakkab mikromolekulalarni sintezlay olish imkoniyatiga ega emas. Ular
uchun energiya manbai o’simliklar yoki boshqa geterotroflar hisoblanadi.
Birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik o’rtasida bog’liqlik bo’lishi bilan birga,
ma’lum mutanosiblik zarur. Masalan, ko’l zooplanktonlarning biomassasi
fitoplanktonlar biomassasiga bog’liq, cho’l hayvonlarining mahsuldorligi o’t-
o’lanlar mahsuldorligi bilan belgilanadi.
Trofik tuzilmada produtsentlar biomassasi konsumentlarnikidan doimo
yuqori bo’ladi. Mahsuldorlik piramidalar shaklida ifodalanganda, keng asosni
produtsentlar va keyingi darajalarni konsumentlar va redutsentlar tashkil
etadi. Shunday qilib tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi.
Ekologik piramida ilk marta Ch.Elton (1927) tomonidan tuzilib sonlar
piramidasi deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: