101
ulushi (miqdori yoki zichligi massasi), log2Pi esa Pi qiymatining ikkilama
logarifmi.
Son jihatdan ko’p bo’lgan va ko’zga yaqqol tashlanadigan tur ayni
biotsenozda dominant (hukmron)lik qiladi va uni
dominant tur deb
nomlanadi. U bitsenozning yadrosini tashkil etadi. Dominant turlarning
barchasi ham biotsenozga o’z ta’sirini bir xil darajada o’tkazmaydi. Ularni
orasida maxsus muhitni hosil qiluvchi turlar – edifikatorlar ajralib taradi.
Edifikatorlar biotsenozning «quruvchi» lari bo’lib uning xususiyatlarini
belgilab beradi.
Biotsenozdagi har bir turning o’rnini aniqlashda uning mo’lligi e’tiborga
olinadi. Bu ko’rsatkich odatda muayyan hududga nisbatan ifodalanadi.
Masalan, tarqalish darajasini belgilaydi. Tarqalish darajasi biotsenozda
turlarning uchrash chastotasini ifoda etadi. U umumiy namuna maydonchalar
sonini tur uchragan maydonchalar soniga qiyoslash asosida aniqlanadi.
Dominantlik darajasi ma’lum bir tur miqdor zichligining, ushbu guruhdagi
umumiy zichlikka bo’lgan nisbatini bildiradi. Masalan, ma’lum hududda
uchrovchi 2000 ta qushning 80 tasini maynalar tashkil etsa, uning
dominantlik darajasi 40% ni tashkil etadi. Shunday qilib, biotsenozlarning
sifat va miqdor ko’rsatkichlarini tahlil etish asosida uning o’ziga xos
xususiyatlari va barqarorligi haqida ma’lum xulosaga kelish mumkin.
Biotsenozdagi topik aloqalar zamirida konsortsiyalar tashkillanadi.
Dostları ilə paylaş: