Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

16-rasm. Hayotchanlik egri chiziqlarining har xil tiplari 
Populyatsiyadagi individlarning bir qismini boshqa populyatsiyaga kelib 
qo’shilish ham miqdor zichlikka katta ta’sir etadi. Emmigratsiya natijasida 
populyatsiyalar o’rtasida individlarning almashinishi ro’y beradi. Organizmlar 
hayotining muayyan bir davrida o’z yashash joylarini o’zgartiradi. 
Emmigratsiya ko’pincha populyatsiyadagi yosh individlarning ulg’ayishi va 
tarqalishida ro’y beradi. Populyatsiyadagi o’lim va tug’ilish o’rtasidagi 
mutanosiblik uzilgan taqdirda faol siljishlar sodir bo’ladi. Natijada bir 
populyatsiyadagi ortiqcha individlar miqdor zichligi past bo’lgan 
populyatsiyalarga o’tib uni to’ldiradi. Bu holat populyatsiyadagi disspersiya 
deb nomlanadi. Tug’ilish, o’lim va emmigratsiyalar populyatsiyada turli 
darajadagi mavsumiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Populyatsiya miqdor 
zichligiga ta’sir etuvchi omillar faoliyatini yashil olma shirasi misolida ko’rish 
mumkin. 
17-rasm. Yashil olma shirasining hayotiy tsikli 
Rasmda ifodalangan yo’nalish konturining qalinligi omilning ta’sir 


96 
kuchini ham belgilaydi. Populyatsiya miqdor zichligiga ta’sir etuvchi asosiy 
omillar – tug’ilish, o’lim va migratsiya darajasidir. Yashil olma shirasining 
serpushtliligi ovqat resurslariga bog’liq. Jumladan, bahor va dastlabki yoz 
oylarida daraxtlardagi yosh, sersuv barglarning bo’lishi ko’payish darajasining 
yuqori bo’lishiga sharoit yaratadi. Populyatsiyada miqdor zichlikning ortishi 
ozuqa resurslarining nisbiy kamayishiga mutanosib ravishda bog’liq bo’ladi. 
Muhitning abiotik omillari populyatsiya zichligiga ozuqa orqali va to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir etadi. Jumladan, yoz oylarida haroratning ko’tarilishi va nisbiy 
namlikning kamayishi bilan olma barglari qalinlashib, dag’allashadi va 
shiralar
oziqlanishi uchun noqulaylik tug’diradi. Natijada shiralar namlik 
nisbatan yuqoriroq bo’lgan joylar, yoki o’sayotgan olma daraxtlarining 
bachkilariga uchib o’tadi va hayotni davom ettiradi. Shiralarning qishlovchi 
tuxumlariga abiotik omillar to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etishi mumkin. Masalan, 
qish iliq kelgan yillari yashil olma shirasi tuxumlaridan 90-95 % sirkalar 
chiqishligi kuzatilgan, aksincha, qish fasli noqulay kelganda, ushbu ko’rsatkich 
65-70% dan ortmaganligi qayd etilgan. Yashil olma shirasining mavsumiy 
ko’payishi kuzatilsa, aprel oyining o’rtalarida uning populyatsiya miqdor 
zichligi eng yuqori darajaga etadi. Bu davrda tur ichidagi munosabatlar 
etakchi ahamiyatga ega bo’ladi va boshqaruvchi omil sifatida populyatsiyada 
nimfa va qanotli shiralarning voyaga etishini tezlashtiradi. 
Populyatsiya zichligini boshqarishda ozuqa resurslari cheklangan holda 
ro’y beradi. Shiralardan boshqa ayrim turlarda populyatsiya zichligining 
ortishini chegaralovchi mexanizmlardan biri o’zaro kimyoviy ta’sir etishdir. 
Rivojlanayotgan itbaliqlar miqdor zichligi yuqorilay borishi jarayonida 
yirik itbaliqlar ajratgan maxsus modda mayda individlar rivojlanishini 
to’xtatib qo’yadi. Bitta etuk itbaliq 75 l suvda oziqlanayotgan barcha 
itbaliqlarning o’sishini cheklab qo’yishi mumkin. Yirik itbaliqlar voyaga etib, 
quruqlikka chiqib ketgach, suvda ular ajratgan kimyoviy moddaning ta’sir 
kuchi susayadi, shundan so’ng mayda itbaliqlar o’sishi davom etadi. Buning 
ekologik mohiyati shundan iboratki, suv havzasidagi barcha itbaliqlar bir 
muddatda voyaga etmaydi, ularda ketma-ket rivojlanish ro’y beradi. Dastlab 
etuk itbaliqlar oziq resurslarini jadal o’zlashtirish hisobiga metamorfozni tez 
tugallaydi. Ulardan so’ng mayda itbaliqlar uchun qulay sharoit yaratiladi. 
Ozuqa zahirasining kamayish xavfi tug’ilganda, hayvonlarda o’z bolasini 


97 
tutib eyish (kannibalizm hodisasi) kuzatiladi. Masalan, noqulay sharoitda 
olabug’a balig’i chavaqlarini eb hayot kechiradi. Davomli ocharchilik davrida 
yirik sut emizuvchilarda ham shunga o’xshash holat yuz beradi. 
Yashil olma shirasi koloniyalarida qanotlilar ko’plab uchragan davrda 
nimfa va qanotlilar populyatsiyaning deyarli 2G’3 qismini tashkil etadi. Shu 
muddatda qanotli shiralarning migratsiyasi ro’y beradi va populyatsiya 
miqdor zichligi sekin-asta pasayib boradi. Populyatsiyada nobud bo’lgan 
individlar ham kuzatiladi.
Ma’lumki, yuqori miqdor zichlikdagi populyatsiyalarda turli kasalliklar 
tez tarqaladi. Foydali hasharotlar shiralar koloniyalariga aprel oxirlaridagina 
uchib o’tadi. Dastlab parazit parda qanotlilar – afidiidlar faol bo’lsa, 
keyinchalik shiralar miqdor zichligining boshqarilishida turli entomofaglar 
(xonqizi qo’ng’izi, oltinko’z, ularning qurtlari va boshqalar) faoliyati samarali 
bo’ladi. Entomofaglar yoz davomida shiralar sonini kamaytirib boshqarib 
turishda muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilar asosida shuni izohlash 
mumkin, ya’ni boshqaruvchi omillarning faollik darajasi populyatsiya miqdor 
zichligiga bog’liq. Populyatsiya zichligi eng yuqori darajaga etganda tur 
ichidagi munosabatlar asosiy ahamiyatga ega bo’lsa, faollikning quyi darajasi 
parazit va yirqich hasharotlarga bog’liq bo’ladi. Entomofaglar tabiiy tenglikni 
uzoq vaqt davomida bir me’yorda ushlab turishi mumkin bo’lgan 
boshqaruvchi omillardir. 
Tabiatda bu omillar boshqa turlar populyatsiya zichligining 
boshqarilishida ham yashil olma shirasiniki kabi ketma-ket, bosqichma-
bosqich namoyon bo’ladi. 


98 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin