Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

S
2
 q ∑ (x-m)
2
 
n-1 
Agar individlar bir tekis tarqalgan bo’lsa, taqsimlanish disspersiyasi – S
2 
nolga, tasodifiy tarqalganda o’rtacha qiymat – m ga teng bo’ladi. Individlar 
to’da-to’da bo’lib, guruhli tarqalgan o’rtacha qiymat ko’rsatkichi taqsimlanish 
disspersiyasi qiymatidan yuqori bo’ladi. Bu farq qanchalik kattalasha borsa, 
hayvonlarning guruhlar hosil qilib tarqalishga moyilligi yuqori bo’ladi. 
Hayvonlarning bir tekis tarqalishi tabiatda kam uchraydi. Suv bo’yida 
yashovchi yirik koloniyali ayrim qushlarning individlari, yirtqich baliqlar 
yashash joylari bo’ylab bir tekisda joylashgan. 
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada, tartibsiz 
joylashadi. Shiralar ozuqa o’simligida dastlab tartibsiz joylashadi. 
Hasharotlarning tuxumdan chiqayotgan lichinkalari tasodifiy tarqaladi. 
Tabiatda guruhli tarqalish ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil 
qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi. Individlar to’da ichida bir tekis 
yoki joy egallashi mumkin. 


86 
13-rasm. Individlarning fazoda tarqalishining asosiy ko’rinishlari (tasodifiy taqsimlanish 
qonuni) 
Umurtqali hayvonlarning populyatsiyalar ichidagi taqsimlanishi 
instinktlar majmui yordamida boshqariladi. Ular uchun fe’l-atvor reaktsiyalari 
xos. Hududiy tarqalish sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, 
baliqlar va ayrim amfibiyalarda kuzatiladi. Umurtqasizlardan o’rgimchaklar 
va osminoglarda ham hududiy tarqalish xususiyatlari qayd etilgan. 
Hududiy kenglikni ishg’ol qilish va undan foydalanish nuqtai nazardan 
hayvonlar 2 ta ekologik guruhga bo’linadi: doimiy – muqim yashovchi va 
ko’chmanchi hayvonlar.
Muqim yashovchi hayvonlar butun hayoti davomida yoki hayotining 
ma’lum bir davrida o’troq hayot kechiradi. Bu guruhga mansub organizmlar 
yashash joylariga o’ta bog’langan bo’ladi. Ushbu holat ekologiyada «xoming» 
(inglizcha “home” – “uy” so’zidan olingan) nomini olgan. Keyinchalik turlar 
uzoq muddatdan so’ng ham yashash joylariga qaytadi. Bu o’rinda qushlarning 
safar uchishlari misol bo’ladi. Kaptarlar uzoq masofa bo’ylab mo’ljalni to’g’ri 
oladi va uyini topib keladi. 
Muqim yashash osonlik bilan, erkin mo’ljal oladi, ozuqa oson va tez 
topadi, qisqa muddatda yashirina oladi. Ular uya va inlar quradi, uyalarini 
bog’lovchi qo’shimcha yo’llarni ochadi. Olmaxonlar asosiy uyasida ko’payadi, 


87 
qo’shimcha uyalarida ozuqa to’playdi, dushmanlaridan va noqulay ob-
havodan saqlanadi. 
O’z hududidan chetga chiqqan hayvonlar qo’rqoq, bo’shashgan va 
himoyasiz bo’ladi. O’troq yashash biologik ustunlikka ega bo’lsa-da, 
populyatsiya zichligining jadal ortishi natijasida ozuqa resurslari chegaralanib 
qolishi mumkin. Muqim yashovchi hayvonlar individlari va guruhlari o’rtasida 
yashash joylari bo’ylab ma’lum masofa saqlanadi. Bu holat ozuqa resurslari va 
yashash joylaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, 
ular o’rtasidagi mustahkam aloqa saqlanib turadi. 
Hayvonlarning hududiy fe’l-atvor reaktsiyalari har individning 
yashashini ta’minlash, ozuqa izlash, uya qurish, himoyalanishga sharoit 
yaratish, shuningdek, boshqa sheriklari bilan bo’ladigan aloqani o’rnatib 
turish (joyni qo’riqlash, signallar berish, belgilar qo’yish va boshqalar) uchun 
xizmat qiladi. Har bir individning yashash joyi etarli ozuqa resursiga ega va 
hududiy munosabatlar ta’minlangan bo’lishi zarur. 
Hayvonlar o’z hududlarini to’g’ridan-to’g’ri agressiv yo’l bilan, 
qo’rqitish, kuchli ovoz chiqarish, maxsus signallar berish va turli belgilar 
qo’yish orqali qo’riqlaydi. O’z hududini qo’riqlayotgan hayvonlar ovozlar 
berish, turli belgilar qo’yish orqali qo’riqlaydi.
O’z hududini qo’riqlayotgan hayvonlar ovozlar berish, turli hatti- 
harakatlar orqali ogohlantiradi, to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshilikka juda 
kamdan-kam chiqadi. Joyning egasi uchun himoya fe’l-atvori “begona” individ 
uchun tezroq uzoqlashish xususiyatiga xos. 
Hayvonlar yashash joylarini turli belgilar qo’yish orqali chegaralab 
oladi. Qushlar sayrab joy egallanganligidan ogoh etadi. Sut emizuvchilar o’z 
hududi chegarasiga ekskrementlarini yoki maxsus bezlardan ajralayotgan 
hidli suyuqlikni qo’yib chiqadi. Maxsus bezlar sobollarning oyog’i tagida, kiyik 
echkilar shoxlarning orqa tomonida, antilopalarda esa ko’zining oldingi 
burchagida bo’ladi. Itsimonlar, mushuksimonlar va lemurlar siydigi 
yordamida belgi qo’yadi. Ayiqlar, zubrlar va yovvoyi mushuklar daraxtlarning 
tanasini chuqur o’yib iz qoldiradi. 
Hayvonlarning hududiy fe’l-atvor harakatlari ko’payish davrlarida 
kuchayadi.
Ko’chmanchi qushlardagi hududiy harakatlar qishlash joylarida 


88 
ifodalanadi. Yirtqich va mayda kemiruvchilar butun hayoti davomida 
muyayan joy bilan bog’langan bo’ladi. Barqaror oilaviy guruhlardagi hududiy 
munosabatlar bir muncha murakkab bo’ladi. Yo’lbarslar oilasida bir erkagi, 2-
3 ta urg’ochi va bolalaridan tashkil topadi. Ularning oilaviy hududi o’ljaning 
ko’p ozligi bilan belgilanadi. 1000 gektarga 14-15 tadan tuyoqli hayvonlar 
to’g’ri kelgan taqdirda yo’lbarslarning oilaviy hududi 50000 gektarni tashkil 
etadi.
Ko’chmanchi hayvonlar doimiy harakatda bo’ladi, ular uchun ozuqa 
zahiralarini kamayishi muammosi bo’lmaydi. Ular podalar va galalar holida 
harakatlanadi. Yonma-yon harakatlanayotgan hayvonlar o’rtasida aniq masofa 
saqlanadi. Bu holat baliqlar va qushlarda aniq ifodalangan, ular o’rtasidagi 
aero va gidrodinamik sharoit to’liq saqlanadi. Ko’chmanchi hayvonlarning 
harakat yo’nalishi bo’ylab joylashgan dam olish joylari bo’ladi, ayrim hollarda 
ular qisqa muddat davomida o’troq hayot kechirishga o’tishi mumkin. 
Ko’chmanchi hayvonlarning harakat kengligi sharoitga bog’liq. Masalan, 
zebralar qurg’oqchilik mavsumida 400-600 km

kenglikda harakatlansa, 
namlik etarli sharoitda 300-400 km

kenglikda ko’chib yurishi mumkin.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin