90
olasichqonlar, qumsichqonlar kolonial holda hayot kechiradi. Sut
emizuvchilar orasida koloniya bo’lib hayot kechirish oilaviy guruhning
kengayishi hisobiga kelib chiqadi va dastlabki oila bilan bog’lanishni saqlab
qoladi.
Hasharotlar (termitlar, chumolilar, arilar) jamoalarida murakkab
munosabatlar kuzatiladi, ularning asosida ham oilalarning kengayib ajralib
chiqishi yotadi. Ularning koloniyalarida ko’payish, himoyalanish, bolalari va
o’zlarini boqish, qurilish ishlari kabi vazifalar bir muncha oson amalga oshadi.
Mehnat taqsimoti ayrim individlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda yoki ularni alohida vazifalarini bajarishga ixtisoslanishi asosida bo’ladi.
Koloniyadagi har bir harakat a’zolari o’rtasidagi mustahkam aloqa asosida
amalgan oshadi.
Chumolilarning koloniyalari bir yoki bir necha uyalarida joylashadi,
uyalar o’rtasida bog’lovchi yo’lakchalar bo’ladi. Chumolilar birgalikda
yashashida turli xildagi signallar tizimidan muntazam foydalanadi.
To’dalar yoki
galalar hayvonlarning mavsumiy yig’inlaridir. Ayrim
guruh hayvonlar biron bir biologik foydali xatti-harakatlarini amalga oshirishi
uchun kunning ma’lum bir vaqtida yoki mavsumning bir davrida galalar hosil
qiladi. To’dalar yoki galalar hayvonlarning dushmandan himoyalanish, o’ljani
ta’qib qilish va ushlash hamda mintaqaviy harakatlarni engillashtiradi. To’da
bo’lib yashash baliqlar, qushlar, sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi.
To’dada sherigiga ta’sir qilish, o’rnak olish va mo’ljal olish ko’p uchraydi.
Harakatlarning muvofiqlashtirilishiga ko’ra to’dalar 2 guruhga
ajratiladi: alohida a’zolari ustunlik qilmaydigan va boshliq (lider)ga ega
bo’lgan to’dalar.
Dostları ilə paylaş: