15-rasm. Shimol bug’ulari
Podaning biologik ahamiyati shundan iboratki, poda boshining tajribasi,
tadbirkorligi va quvvati guruh hayotida etakchi ahamiyatga ega bo’ladi. Ular
podani dushmandan himoya qiladi, uni etaklaydi, ovqatlanish va dam olishni
ta’minlaydi, bolalarni tartibga soladi, janjallarni bartaraf etadi.
Populyatsiyalar sur’ati
Tabiatdagi barcha populyatsiyalar yirik omillari cheklanmagan taqdirda
cheksiz ko’payishi mumkin va bu holat turning biotik potentsialiga bog’liq.
Biotik potentsial tushunchasi ekologiyaga R.Cheplin tomonidan 1928 yilda
kiritilgan. Bu ko’rsatkich urg’ochi organizmning hayot davomida yoki
muayyan vaqt birligida nasl bera olish imkoniyatidir. Barcha turlarning biotik
potentsiali bir xil darajada emas. Masalan, ayrim hayvonlar yillik hayoti
davomida 10-15 marta bola berish mumkin. Asalarining biotik potentsiali 40-
50 mingga etadi. Ayrim hayvonlarning biotik potentsiali aslida bundan ham
yuqori, lekin ularning nasli embrional taraqqiyoti dastlabki bosqichlaridayoq
ko’proq nobud bo’ladi. Populyatsiya miqdor zichligining o’zgarishi qator
93
omillarga bog’liq. Jumladan, populyatsiya sur’atini tug’ilish, o’lim,
emmigratsiya va immigratsiya kabilar belgilaydi. Populyatsiyadagi tug’ilish
darajasidagi muayyan vaqt davomida dunyoga kelgan individlar soni bilan
ifodalanadi. Tug’ilish darajasi populyatsiyadagi jinsiy etuk individlar soni va
jinslar nisbati birinchi navbatda ta’sir etadi. Shuningdek, u turning nasl berish
tezligiga bog’liq. Hasharotlarda yil davomida berayotgan avlodlar soniga
muvofiq mono va polivolt turlar farqlanadi. Monovolt hasharotlar mavsum
davomida bir marta avlod beradi (masalan, may qo’ng’izi). Polivoltlar esa shu
muddatda bir necha marta ko’payadi. Masalan, yashil olma shirasi bahorda
kech kuzga qadar 13-15 avlod berishi mumkin. G’o’za tunlami avlodlari soni
3-4 taga etadi. Hayvonlar hayoti davomida bir marta yoki ko’p marta
ko’payishi mumkin. Shunga muvofiq mono va politiklik turlar farqlanadi.
Monotiklik hayvonlarning jinsiy voyaga etgan davri juda qisqa bo’ladi.
Bahorilar, kunliklar, etuklik davrida 2-3 soatdan bir necha kunga qadar
yashaydi, uchib suvga tuxum qo’ygach, nobud bo’ladi. Politsiklik turlar hayoti
davomida bir necha bor ko’payadi. Umurtqalilar, umurtqasizlardan
qisqichbaqasimonlar politsiklik hayvonlardir. Hindiston fillari 8-12 yoshida
jinsiy voyaga etadi va 60-70 yillik umrining har 4 yilida bir yoki ikki marta
bola beradi. Hatto, shu holatda ham bu hayvonlarning populyatsiya zichligi bir
me’yorida saqlanadi.
Tug’ilish darajasiga organizmlarning umri davomida nasl bera olish
davri sezilarli ta’sir etadi. Masalan, meva pashshalarining nasl berish davri
umrining 65% ni tashkil etadi. Ayrim chigirtkalar hayotining 15%, kunliklar
0,5-1% davrida avlod beradi.
Tug’ilish darajasini ifodalashda turning serpushtligi ham alohida o’rin
tutadi. Surpushtlik darajasi har bir turning mavjudligini ta’minlovchi tarixiy
evolyutsion moslanishdir. Muhit omillarining o’zgarishiga chidamsiz bo’lgan
turlarning serpushtligi doimo yuqori bo’ladi, ular qisqa muddatli qulay
sharoitda ko’plab nasl qoldirishga ulguradi, lekin qoldirgan avlodning
ko’pchiligi rivojlanish davrining dastlabki bosqichlaridayoq qirilib ketadi.
Foydali hasharotlarga nisbatan fitofaglarning serpushtlilik darajasi doimo
yuqori bo’ladi. Masalan, kuzgi tunlam kapalagi 2000 dan ortiq, etti nuqtali
xonqizi qo’ng’izi esa 700 ga yaqin tuxum qo’yishi aniqlangan. Qulay ekologik
sharoitda yashaydigan turlarning serpushtliligi ancha past bo’ladi. Tropik
94
turlarga qaraganda, mo’’tadil mintaqalarda urg’ochi hayvonlarning
serpushtliligi shu asosda izohlanadi.
Populyatsiyadagi o’lim muayyan vaqt birligida nobud bo’lgan individlar
soni bilan belgilanadi. Muhitning noqulay sharoitlari, yirtqichlar, parazitlar,
kasallik va boshqa omillar individlar o’limiga sabab bo’ladi. Bir avlodga
mansub individlarning to’liq yoshini yashagandan so’ng qisqa vaqt davomida
nobud bo’lishi ekologiyada ideal holat sifatida qabul qilingan. Ushbu holatni
egri chiziq sifatida ifodalanganda, u dastlab gorizontal o’qqa nisbatan parallel
ketib, keyin pastga tomon keskin egiladi. Uni kuchli qabariq hayotchanlik
chizig’i deyiladi. Tabiatda bunday hayotchanlik kam uchraydi, faqatgina ayrim
qo’ng’izlarda, bolalarning yashovchanligi juda yuqori bo’lgan sut
emizuvchilarda kuzatilishi mumkin. Laboratoriya sharoitida saqlanadigan
meva pashshalarining hayotchanligi ancha yuqori va shu holatga yaqin
bo’ladi.
Tabiatda ayrim hayvonlar hayotining dastlabki davrida ko’plab nobud
bo’ladi. Ular uchun hayotchanlik egri chizig’i xos. Ushbu holatda
hayotchanlikning egri chizig’i rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq
gorizontal o’q bo’yicha pasayib, so’ng vertikal yo’nalishda davom etadi.
Baliqlarning uvildiriqlari nihoyatda mo’l bo’lib, ayrim hollarda suv yuzasini
butunlay qoplab oladi. Uvildiriqlarning ko’pchiligi yirtqichlarga em bo’ladi
yoki rivojlanmaydi. Tirik qolgan uvildiriqlardan voyaga etgan chavaqlarning
taqdiri ham deyarli shunday kechadi. Oxir oqibatda, juda oz sondagi
baliqlargina yashab qoladi. Ko’pchilik umurtqasizlar, amfibiyalar, qushlar va
mayda kemiruvchilarning hayotchanligida shu holat kuzatiladi. Qadimgi
odamlar – arxontroplar qoldiq suyaklarining deyarli yarmini 5 yoshdan 18
yoshgacha bo’lganlari tashkil etadi. Tabiatda hayotchanlikning uchinchi
ko’rinishi, ya’ni oraliq hayotchanlik egri chizig’i ham uchraydi. Bunda
organizmlarning miqdori, ularning hayoti davomida bir tekisda pasayib
boradi. Bu holat akvariumda saqlanayotgan gidralarda qayd etilgan.
|