246
Shu
sababli,
sohani
rivojlantirishning
bir
necha
asosiy
yoʻnalishlarini, ularning mazmuni va qoʻllanilish doirasiga qarab ajratib
koʻrsatish mumkin. Shu jumladan, oʻyinlar; kino;
sport dasturlari va
koʻrsatuvlari; ijtimoiy tarmoqlar; marketing; ta’lim;
tibbiyot; savdo va
koʻchmas mulk; sanoat va harbiy-sanoat kompleksi kabilarni misol
keltirish mumkin. Quyida turli xil sohalarda VR va AR texnologiyalarining
qanday qoʻllanilishi haqida soʻz boradi.
Virtual reallik tarixidan ma’lumki,
ushbu texnologiyalarning
rivojlanishi asosan harbiy maqsadlarda foydalanishdan boshlangan.
Oʻtmishdan beri VR ishlanmalari takomillashdi va endi ular nafaqat harbiy
ishlarda, balki boshqa sohalarda ham qoʻllanila boshlandi. Jumladan, ruhiy
kasalliklarni davolashda yaxshi samara berdi. Garvard universiteti
mutaxassislari ruhiy kasalliklarni, ayniqsa – ogʻir nevrozlar va fobiyalarni
davolashda zamonaviy VR usullarining samaradorligini oʻrganilgan
maqola chop etishdi. Va Buyuk Britaniya va Ispaniyadan kelgan bir guruh
olimlar virtual reallikdan foydalanib depressiyani davolash usulini ishlab
chiqdilar va uning samaradorligini namoyish etdilar.
Eng foydali VR ishlanmalari tibbiyotda qilinyotgani toʻgʻridir.
Tibbiyot muassasalari talabalari endi jasadlar ustida oʻz
mahoratini
oshirishi shart emas, ularning oʻrniga ta’sirli virtual trenajyorlar paydo
boʻldi.
Marketingda ham virtual va toʻldirilgan
reallikka oid qiziqarli
yechimlar mavjud. Agar marketing va reklama shunchaki vaqt hamda
pulni isrof etish deb faraz qilinsa, Bill Klintonning qambagʻallikka
qarshi
“Inside Impact” Jamgʻarmasi loyihasi buning aksini isbotlaydi. Sharqiy
Afrika mamlakatlarining rivojlanishi uchun mablag‘ toʻplash uchun
jamgʻarma tomonidan 360 graduslik kamera bilan film suratga olingan.
Namoyish paytida tomoshabinlar o‘zlarini
Bill Klinton va uning qizi
Chelsi
bilan
Keniyada
koʻrishadi.
Unda
OITV/OITS,
bezgak,
tugʻruqxonalarning yetishmasligi va quyosh energiyasidan foydalanish
istiqbollari mavzularini koʻtarilar ekan, tomoshabinlarni koʻcha-koʻyda,
maktablarda va boshqa muassasalarda qoʻllaridan tutgan holda empatiyaga
undaydi va jalb qiladi.
247
Agar VR texnologiyalari juda ham oʻziga xos va har qanday biznes
uchun mos boʻlmasa, AR texnologiyalarini deyarli har bir sohada qoʻllash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: