240
3.19-rasm. Toʻldirilgan reallik misoli: Pokemon GO oʻyini
Virtual
reallikning
rivojlanishi
oʻtgan asrning 50-yillarida
boshlangan. 1961 yilda “Philco corporation” harbiy maqsadda foydalanish
uchun birinchi Headsight-VR shlemini
ishlab chiqdi va bu ushbu
texnologiyaning amaliyotda ilk bor qoʻllanilishi edi. Lekin bugungi
tasnifga asoslanilsa, mazkur tizim koʻproq AR texnologiyalariga toʻgʻri
keladi.
Morton Heylig haqli ravishda virtual
reallikning otasi deb
hisoblanadi. U 1962 yilda dunyodagi birinchi “Sensorama” deb nomlangan
virtual simulyatorni patentladi. Ushbu qurilma tashqi koʻrinishidan 80-
yillardagi oʻyin avtomatlariga oʻxshagan katta qurilma edi va u
tomoshabinga
virtual voqelikka kirishga, masalan, Bruklin koʻchalari
boʻylab mototsikl haydashga imkon berdi. Ammo Xeylig ixtirosi
sarmoyadorlarda ishonchsizlik uygʻotdi va olim ishlanmalarni toʻxtatishga
majbur boʻldi. (3.20-rasm)
Xeyligdan bir necha yil oʻtgach, Garvard professori Ayvan Suzerlend
tomonidan shunga oʻxshash
qurilma taqdim etildi, u talaba Bob Spraul
bilan birgalikda “Damokllar qilichi” nomli - boshga oʻrnatiladigan
displeyga asoslangan birinchi virtual reallik tizimini yaratdi.
Bunda
koʻzoynak shiftga mahkamlangan va rasm kompyuter orqali tarqatilgan.
Bunday noqulay ixtiroligiga qaramay, Markaziy razvedka boshqarmasi va
NASA texnologiyaga qiziqish bildirdi.