O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

3.20-rasm. Heylig Sensoramasi 
80-yillarda VPL kompaniyasi Research yanada rivojlangan virtual 
reallik uskunalari EyePhone-koʻzoynagi va DataGlove-qoʻlqopini ishlab 
chiqdi. Ushbu kompaniyaga 13 yoshida universitetga kirgan iste’dodli 
ixtirochi Djaron Lane asos solgan. Aynan u “virtual reallik” atamasini 
ishlab chiqqan. 
Toʻldirilgan reallik 1990 yilgacha, ya’ni Tom Kodell ismli olim 
“toʻldirilgan reallik” (AR) atamasini birinchi marta taklif etgungacha 
virtual reallik bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, parallel tushuncha sifatida 
qoʻllanilgan. 1992 yilda Lyuis Rozenberg Amerika Qoʻshma Shtatlari 
Harbiy-havo kuchlari uchun eng dastlabki amal qiladigan toʻldirilgan 
reallik tizimlaridan birini yaratdi. Rosenberg ekzoskeleti harbiylarga 
boshqarish markazidan mashinalarni masofaviy boshqarishga imkon berdi. 
Va 1994 yilda Jyuli Martin “kibermaydondagi raqslar” deb nomlangan 
teatrda birinchi ARni yaratdi, spektaklda akrobatlar virtual makonda 
raqsga tushishdi. 
Shuningdek, 90-yillarda boshqa qiziqarli kashfiyotlar ham yuz berdi, 
masalan, avstraliyalik Jyuli Martin virtual reallikni televideniye bilan 


242 
birlashtirdi. Shu bilan birga, virtual reallik texnologiyalaridan foydalangan 
holda oʻyin platformalarini ishlab chiqish boshlandi. 1993 yilda Sega 
kompaniyasi Genesis konsolini ishlab chiqdi. 
Namoyishlar va dastlabki koʻrish ishlarida barchasi yakuniga etdi. 
Sababi Sega VR oʻyinlari vaqtida bosh ogʻrigʻi va koʻngil aynish holatlari 
kuzatilgan va qurilma umuman sotuvga chiqmagan. Qurilmalarning yuqori 
narxi, zerikarli texnik uskunalar va nojoya ta’sirlar sabab odamlar VR va 
AR texnologiyalarini bir muncha vaqt unutishdi. 
2000 yilda, Quake oʻyinlarida AR texnologiyalarining qoʻshilishi 
tufayli, koʻchalarda haqiqiy mahluqlarni kuzatish mumkin boʻldi. Toʻgʻri, 
faqat datchiklar va kameralar oʻrnatilgan virtual shlem bilan qurollangan 
holda oʻynash mumkin edi, bu esa oʻyinni mashhurligiga olib kelmadi, 
ammo hozirgi Pokemon Goning paydo boʻlishi uchun zarur sharoit yarata 
oldi. 
Ushbu sohada haqiqiy bum faqat 2012 yilda boshlandi. 2012 yil 1 
avgustda, taniqli boʻlmagan Oculus startapi, virtual reallik shlemini ishlab 
chiqarishga mablag‘ toʻplash uchun Kickstarter kampaniyasining 
platformasida ish boshladi. Dasturchilar foydalanuvchilarga har bir koʻz 
uchun 640 x 800 piksel oʻlchamdagi displeylardan foydalanish orqali 
«toʻliq yuklanish samarasi» tajribasini va’da qilishdi. 
Dastlabki toʻrt soat ichida talab qilingan 250,000 $ yigʻildi. Uch 
yarim yil oʻtgach, 2015 yil 6 yanvar kuni birinchi seriyali ishlab 
chiqarilgan iste’molchi VR shlemi Oculus Rift CV1ning ommaviy savdosi 
boshlandi. Sotuv kutilganidan ancha yaxshi natijaga olib keldi. Birinchi 
Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin