O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Virtual reallik buyumlari 
VR buyumlariga virtual olamga shoʻngʻish uchun foydalanadigan 
barcha qurilmalarni kiritish mumkin, shu jumladan: 

Virtual reallik kostyumi 

VR koʻzoynaklar 

Qoʻlqoplar 

VR xonasi 
Virtual reallik kostyumi – odamga virtual reallik dunyosiga kirishga 
imkon beradigan qurilmadir. U tashqi dunyodan butunlay ajratib turadigan 
kostyum, ichida video ekran, koʻp kanalli akustik tizim va terining asab 
tolalariga ta’sir qiluvchi elektron qurilmalar mavjud boʻlib, ular teginish 
illyuziyasini yoki, masalan, esayotgan shamolni keltirib chiqaradi. 
Hozirgi vaqtda bunday kostyumni ishlab chiqarish uning yuqori 
narxi tufayli maqsadga muvofiq emas, shuning uchun odatda virtual 
makonga qisman kirish uchun virtual reallik shlemi va qoʻlqoplari 
ishlatiladi. 
Biroq, Amerikaning NullSpace VR startapi taqdim etgan kostyum 
virtual reallik kostyumi deyish mumkin. Hardlight deb nomlangan ushbu 
qurilma atigi 1,5 kilogramm ogʻirlik bilan tananing yuqori qismiga 
moʻljallangan. Kostyumga turli xil mushak guruhlari uchun mas’ul boʻlgan 
sensorlar va tebranish motorlari biriktirilgan. Hardlight yordamida 
foydalanuvchi virtual voqelikda narsalarga tegina olishni sezishi mumkin. 
Endilikda kompaniyaning veb-saytida qurilmani oldindan buyurtma qilish 
mumkin. 
Yangi texnologiyalar goʻzalligini his qilishning oson va arzon usuli 
bu virtual reallik koʻzoynaklari va shlemlardir. Biror kishi bunday 
moslamani oʻrnatgandan soʻng, uning koʻrgan narsasi virtual olamdir.
Bunda virtual reallik koʻzoynaklari va AR koʻzoynaklari oʻrtasidagi 
asosiy farq koʻrinadi. Virtual reallik koʻzoynaklari naushniklarga 
oʻxshaydi, lekin faqat koʻzlar uchun moʻljallangan. 


248 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin