O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
IoT texnologiyalari 
Internet buyumlar qator texnologiyalarga asoslanadi: 
53
https://www.osp.ru/os/2015/02/13046278/


162 
Identifikasiya vositalari 
Buyumlar internetida qatnashadigan moddiy dunyoning har bir 
ob’yekti, hatto tarmoqqa ulanmagan boʻlsa ham, baribir oʻziga xos 
identifikatorga 
ega 
boʻlishi 
kerak. 
Ob’yektlarni 
avtomatik 
identifikatsiyalash uchun turli xil mavjud tizimlardan foydalanish mumkin: 
radio chastotali, ulardan foydalanishda har bir ob’yektga radio chastota 
yorligʻi biriktiriladi, optik (shtrixli kodlar, Data Matrix, QR kodlari), 
infraqizil yorliqlar va boshqalar. Ammo har xil turdagi identifikatorlarning 
oʻziga xosligini ta’minlash uchun ularni standartlashtirish boʻyicha ishlarni 
bajarish kerak boʻladi. 
Oʻlchov vositalari 
Oʻlchov vositalarining vazifasi tashqi muhit toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash moslamalariga uzatish uchun mos boʻlgan 
ma’lumotlarga aylanishini ta’minlashdir. Bular alohida harorat, yoritish 
kabilarning datchiklari, shuningdek murakkab oʻlchash tizimlari boʻlishi 
mumkin. 
Oʻlchov vositalarining avtonomligiga erishish uchun 
batareyalarni qayta zaryadlash yoki batareyalarni almashtirish uchun vaqt 
va pulni sarflamaslik uchun sensorlarni alternativ energiya manbalari 
(quyosh panellari va boshqalar) yordamida quvvat bilan ta’minlash 
maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumot uzatish vositalari 
Ma’lumot uzatish uchun mavjud texnologiyalarning ixtiyoriysidan 
foydalanish mumkin. Simsiz tarmoqlardan foydalanganda ma’lumotlarni 
uzatish ishonchliligini oshirishga alohida e’tibor beriladi. Simli 
tarmoqlardan foydalanganda elektr uzatish liniyalari orqali ma’lumot 
uzatish texnologiyasi faol qoʻllaniladi, chunki koʻplab “buyumlar” 
(avtomatlar, bankomatlar va boshqalar) elektr tarmogʻiga ulangan. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari 
2020 yilda internetga ulangan 30 milliard va undan ortiq qurilmalar 
44 milliard terabayt ma’lumotni ishlab chiqaradi. Bu 2010-yillarda global 
miqyosda raqamlashtirilgan ma’lumotlarning sonidan qariyb etti baravar 
koʻpdir. Shu sababli Microsoft kompaniyasi internet buyumlarning asosiy 
qismi sensorlar va ma’lumotlarni uzatish vositalari emas, balki muayyan 
holatlarga tezda javob berishga qodir (masalan, uydan chiqib ketilgandan 
soʻng besh daqiqa davomida hech kim kirmaganligi va old eshik ochiq 


163 
qolganligini koʻrsatuvchi datchiklar) yuqori texnologiyali bulutli tizimlar 
ekanligiga 
ishonadi. 
Ular 
bulutli 
texnologiyalar 
bilan 
raqobatlashmaydigan, ammo ularni samarali ravishda toʻldiradigan 
mavhum hisoblashlarni, shuningdek, ulkan ma’lumot oqimlarini yengishga 
yordam beradi. 
Ijro etuvchi qurilmalar 
Bular axborot tarmoqlaridan keladigan raqamli elektr signallarini 
harakatga oʻtkazishga qodir qurilmalardir. Masalan, uydagi isitish tizimini 
smartfon orqali yoqish uchun u mos keladigan qurilmaga ega boʻlishi 
kerak. Ijro etuvchi qurilmalar aksariyat hollarda sensorlar bilan tizimli 
ravishda birlashtirilgan boʻladi.
 
Buyumlar internetining yorqin istiqbollari 
2020 yilga kelib buyumlar interneti turli sohalarga tatbiq etildi.
Avvalo, bu sanoat, transport (220 million ulangan mashina), aqlli uy
kommunal xizmatlar (milliardlab datchiklar, energiya yoʻqotishlarining 
sezilarli darajada kamayishi), sogʻliqni saqlash (646 million odamlarning 
sogʻligʻi toʻgʻrisida ma’lumot toʻplaydigan qurilmalar), qishloq xoʻjaligi 
(tuproq 
holatini 
kuzatish 
uchun 
75 
million 
datchik) 
sohalari 
qoʻllanilmoqda. Bundan tashqari, buyumlar interneti savdo, logistika, 
umumiy ovqatlanish, mehmonxona, bank ishi, qurilish va qurolli kuchlarda 
(126000 harbiy dronlar va robotlar) foydalaniladi
54

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin