O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Simsiz ulanish 
Simsiz aloqa (ma’lumotlarni simsiz uzatish) – simlarni yoki boshqa 
moddiy uzatish vositalarni chetlab oʻtadigan aloqadir. Masalan, Bluetooth 
simsiz uzatish protokoli qisqa masofada «havo orqali» ishlaydi. Wi-Fi – 
ma’lumotni (internet) efir orqali uzatishning yana bir usulidir. Uyali aloqa 
ham simsiz deb ataladi. Simsiz protokollar yildan-yilga yaxshilanayotgan 
boʻlsa-da, asosiy koʻrsatkichlari va uzatish tezligi jihatidan ular simli 
aloqani hali ham chetlab oʻtmagan. LTE tarmogʻi va uning soʻnggi 
iteratsiyalari ushbu sohada katta umidlarni namoyish etmoqda. 


157 
Virtual voqelik 
Virtual voqelik (VR, inglizcha virtual reality, sun’iy voqelik) – 
texnik vositalar bilan yaratilgan, insonga uning sezgilari: koʻrish, eshitish, 
hidlash, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan olam (ob’yektlar va 
sub’yektlar) hisoblanadi. Virtual voqelik oʻzaro ta’sir va unga javoblarni 
imitatsiya qiladi. Haqiqat sezgilarining ishonarli majmuasini yaratish 
uchun real vaqt birligida virtual voqelik xususiyatlari va reaktsiyalarining 
kompyuter sintezi amalga oshiriladi. 
Virtual voqelik ob’yektlari odatda moddiy voqelikdagi oʻxshash 
ob’yektlarning xatti-harakatlariga yaqin boʻladi. Foydalanuvchi ushbu 
ob’yektlarda fizik qonuniyatlarga (tortishish kuchi, suv xususiyatlari
ob’yektlar bilan toʻqnashuv, aks etish va boshqalar)muvofiq harakat qilishi 
mumkin. Biroq, koʻpincha koʻngilochar maqsadlar uchun virtual 
dunyodan foydalanuvchilarga haqiqiy hayotda mumkin boʻlmaganidan 
koʻproq harakatga ruxsat beriladi (masalan: uchish, har qanday ob’yekt 
yaratish va boshqalar). 
“Virtual voqelik” tizimlari odatiy kompyuter tizimlariga qaraganda
insonning barcha beshta sezgilariga ta’sir koʻrsatib, virtual muhit bilan 
oʻzaro munosabatni immitatsiya qiladigan qurilmalar deb nomlanadi. 
Qoʻllanish sohalari: kompyuter oʻyinlari, mashgʻulotlar, video. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin