154
asoslangan tizimlar
va qurilmalarni yaratishdir, ular odatda quyidagilarni
oʻz ichiga oladi:
Energiya sathining uzlukliligi (kvantlanishi) (kvant oʻlchovli
effekti, Xoll kvant effekti)
Geyzenberg noaniqlik printsipi
Tizimlar sof holatining kvant superpozitsiyasi
Mumkin boʻlgan toʻsiqlar orqali kvant tunneli
Holatlarning kvantli birikuvi
Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturlarga kvant hisoblash va
kvant kompyuterlari,
kvant kriptografiyasi, kvant teleportatsiyasi, kvant
metrologiyasi, kvantli sensorlar va kvant tasvirlari kiradi.
Yangi ishlab chiqarish texnologiyalari
– turli xil murakkablikdagi
moslashtirilgan (individuallashtirilgan) moddiy ob’yektlar (tovarlar) ning
zamonaviy
texnologik darajadagi, loyihalashtirish va ishlab chiqarish
jarayonlari majmui boʻlib, ularning narxi ommaviy ishlab chiqariladigan
mahsulotlar tannarxi bilan taqqoslanadi.
Oʻz ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
yangi materiallar;
raqamli dizayn va modellashtirish, shu jumladan bionik dizayn;
superkompyuter
muhandisligi;
qoʻshimchalar va gibrid texnologiyalar.
Sanoat Interneti
Sanoat Interneti (buyumlarning sanoat Interneti, sanoat Internet,
Industrial Internet of Things, IIoT) – infokommunikatsion
infratuzilmani
qurish kontseptsiyasi boʻlib, Internetga har qanday maishiy boʻlmagan
qurilmalar, uskunalar, datchiklar, sensorlar, shuningdek texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirilgan
boshqarish
tizimlarini
Internetga
ulanishini anglatadi. Ushbu elementlarning
bir-biri bilan integratsiyasi,
ushbu
tovarlar
va
xizmatlarni
yaratishda,
shuningdek,
ularni
iste’molchilarga
etkazib
berishda
yangi
biznes
modellarining
shakllanishiga olib keladi.
“Sanoat Interneti” kontseptsiyasini amalga oshirishda asosiy drayver
mavjud ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning samaradorligini
oshirish va kapital xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni kamaytirishdir. Shu
155
tarzda kompaniyalarning boʻshatilgan resurslari sanoat Interneti sohasidagi
yechimlarga boʻlgan talabni shakllantiradi.
Bugungi kunda Internet buyumlar tizimi uning ishlashi uchun zarur
boʻlgan barcha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: sensorlar va boshqa
qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar, dasturiy ta’minot, tizim integratorlari va
buyutmachi tashkilotlar (B2B va B2G), aloqa operatorlari.
Sanoat Internetining joriy etilishi alohida
kompaniyalar va umuman
mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi, mehnat unumdorligi va
yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga yordam beradi, ish sharoitlari va
xodimlarning kasbiy oʻsishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Ushbu oʻtish
davrida yaratilgan iqtisodiyotning xizmat koʻrsatish modeli ishlab
chiqarishni va boshqa an’anaviy
tarmoqlarni raqamlashtirishga, ishlab
chiqarish jarayonining turli sub’yektlari oʻrtasida ma’lumot almashishga va
katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: