O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Sun’iy intellekt 
Sun’iy intellekt (SI, ing. Artificial intelligence, AI) – (1) intellektual 
mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fani va 
texnologiyalari; (2) an’anaviy ravishda insonning huquqi deb 


150 
hisoblanadigan 
ijodiy 
funktsiyalarni 
bajarish 
uchun 
intellektual 
tizimlarning hususiyatlaridir. 
Hozirgi kunda SI bir qator algoritmlar va dasturiy tizimlarni nazarda 
tutadi, ularning ajralib turadigan xususiyati shundaki, ular ba’zi 
muammolarni ularning yechimini oʻylayotgan odam kabi hal qilishlari 
mumkin. 
SIning asosiy xususiyatlari – bu tilni tushunish, oʻrganish va fikrlash, 
eng muhimi, harakat qilish qobiliyatidir. 
3.3-rasm. Sun’iy intellekt ekotizimi 
SI sifatli va tezkor rivojlanadigan tegishli texnologiyalar va 
jarayonlar majmui, masalan: 

tabiiy tildagi matnga ishlov berish; 

mashinali oʻqish; 

ekspert tizimlari; 

virtual agentlar; 

tavsiya tizimlari. 
Bular sifat jihatidan yangi mijozlar tajribasini va oʻzaro ta’sir 
oʻtkazish jarayonini yaratishga yordam beradi. 


151 
 
3.4.-rasm. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash sohalari 
SI rivojlanishining ikkita yoʻnalishi mavjud: 
1.
SI 
ixtisoslashgan 
tizimlarining 
inson 
imkoniyatlariga 
yaqinlashishi va ularning inson tomonidan amalga oshiriladigan 
integratsiyasi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish; 
2.
Avvaldan yaratilgan SI tizimlarini insoniyat muammolarini hal 
qilishga qodir yagona tizimga birlashtirishni ifodalovchi sun’iy intellektni 
yaratish. 
 
Blokcheyn 
Blokcheyn texnologiyasi nafaqat moliyaviy sohaga, balki boshqa 
koʻplab sohalarga ham ta’sir etadigan juda jiddiy oqibatlarga olib 
keladigan yutuqdir. 
Blokcheyn (ing.blockchain, bloklar zanjiri) – saqlash qurilmalari 
umumiy serverga ulanmagan taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Ushbu 
ma’lumotlar bazasi bloklar deb nomlanuvchi tartiblangan doimiy ravishda 
oʻsib boruvchi yozuvlarning roʻyxatini saqlaydi. Har bir blokda vaqt 
belgisi va oldingi blokka havola mavjud boʻladi. 
Shifrlashdan foydalanish, foydalanuvchilar blokcheynning faqatgina 
oʻzlari «egalik qiladigan» qismlarini shaxsiy kalitlari orqali boshqarishlari 
va faylga yoza olmaydigan qilib oʻzgartirishlari mumkinligini ta’minlaydi.
biznes-
analitika
robotexnika 
tilni 
tushunish 
koʻrish 
qobiliyati 
boshqa 
murakkab 
vazifalar 


152 
Bundan tashqari, shifrlash taqsimlangan blockcheyn nusxalarini barcha 
foydalanuvchilar uchun sinxronlashtirilishini ta’minlaydi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin